- Yosh tuproqlarni alohida "predpochv-kriptosol" sinfiga kiritish uchun ham asoslar yetarli emas. Olingan materiallar texnogen elyuviyllar mineral substrati qalinligi nafaqat morfologik belgilar, balki granulometrik va moddalar tarkibi bо‘yicha ham juda tez, aniq tabaqalanishini yaqqol isbotlaydi. Qalinlikning bunday tabaqalanishi biogen jarayonlar va atmosfera yog‘inlari (lessivaj, kolmitatsiya) kamayishi tufayli dispers qismlari (avvalo loy) ning vertikal kо‘chishi katijasida yuz beradi. Ma’lum miqdorda bu kriogen saralanish va qiyalik oqibatida ham sodir bо‘lishi mumkin. Shu tariqa texnogen ekotizim yosh tuproqlarida organo-akkumulyativ va “embrional” illyuvial (loy) gorizont shakllanadi. Jumladan, illyuvial (kolmatirlashgan) gorizontning vertikal quvvati neorelyef tizimdagi initsial tuproq holati, shuningdek, texnogen elyuviylar granulometrik, litologik va mineral tarkibi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |