- Qazilma-karyer landshaftlarining yosh tuproqlaridagi gumus shakllanishi va tо‘planishini yetakchi jarayon deb bilish kerak, u organo- akkumulyativ gorizont hosil bо‘lishi bilan ifodalanadi. Gumus hosil bо‘lishi ustki qatlam elyuviylar shakllanish bilan bir vaqtda boshlanadi, ammo biotlar tarkibi murakkablashib, mahsuldorligi ortgan sari tezlashib boradi. Gidrotermik sharoit qulay joylarda maksimal darajaga yetadi. Bunda oliy о‘simliklar singenetik suksessiyalarining dastlabki bosqichida murakkab yopiq fitotsenozlar shakllanguncha gumus hosil bо‘lishi о‘simlik konsorsiyasi va sinuziyasi fitoplan zonalarida eng faol kechadi.
- "Rizosfer akkumulyatsiya gumusi tarkibi fulfat-gumatli, unda "erkin" gumin kislotasi kо‘p bо‘lishi (88 foizgacha) qayd etilgan. Gumus yuzaki shakllangan akkumulyatsiyasida kalsiy bilan bog‘liq gumin kislotasi kо‘p bо‘ladi (88 foizgacha), ammo "erkin" gumin kislotasi kam (12 foizdan oshmaydi).
Do'stlaringiz bilan baham: |