kechiradi va u gidrogeologik omillar yer osti suvlarini qo`shimcha ozuqalanishi
va aeratsiya zonasini jinslarining nomlanishi. Texnogen ozuqalanish
manbalariga quyidagilar kiradi: suv eltuvchi kommunikatsiyalardan oqovani
oqishi: aylanma suv ta`minotidan suvni yo`qotilishi; shahar hududidagi va
shahar atrofidagi sug`orishga berilgan suvni infiltratsiyasini; shahar hududi
daryo tarmoqlaridan, shahar havzalarida, kanallardan, suv omborlaridan suvni
infiltratsiyasi. Tajribalar shuni ko`rsatadiki, yer osti suvlariga bo`ladigan
texnogen ozuqalanish bir tomondan yer osti suvlari sathini ko`taradi va buning
ta`sirida inshoot fundamenlarini suv bosadi va ayrim hollarda qurilishni
yuzasini, ikkinchi tomondan aeratsiya zonasi jinslarida osma sizot suvlari
shakllanadi va bu bilan inshootlarni suv bosadi va oxirida haddan ziyod
ortiqcha namalanishi gruntlarni namlanishi va bularning oqibatida inshootni
mustahkamligi pasayadi.
Bu gidrogeologik omillar birgalikda texnogen jarayonlarni shakllanishiga
inshootlarni yer osti qismini zax bosishga va yer yuzasini suv bosishiga olib
keladi, nihoyatda gruntlarni defarmatsion va mustahkamligini pasayishiga olib
keladi, fundamentlarni cho`kishiga sabab bo`ladi va salbiy hodisalarga sabab
bo`ladi.
Shunday qilib, shahar hududida sodir bo`ladigan texnogen jarayonlar, o`z
tabiati va injenerlik inshootiga ta`siri bo`yicha kompleksdir, ayrimlari mustaqil
yo`nalishga ega. Masalan, qo`shimcha ozuqalanish natijasida yer osti suvlarini
faqat injenerlik inshootini zax bosishiga va shahar hududini suv bosishiga olib
keladi. Xuddi shu sharoitda O`zbekistonning 153 ta shahrini zax bosgan va
bunga sabab sug`orish maydonlarini yaqinligi.
Lekin, inshoot fundamentlarini zax bosishi natijasida shakllanadigan
texnogen jarayonlarning shakllanishi, umuman quyidagilar:
a)
Quriladigan rayonlarning tabiiy sharoiti yetarli hisobga olmaslik;
b)
Geologic muhitga juda murakkab texnogen yukni hisobga olmaslik
c)
Qurilish ishlarini mukammal bo`lmagan tashkil qilish.
Shunday qilib texnogen jarayonlar-yer osti suvlarini tabiiy rejimini, suv
balansini va tog` jinslarini fizik-mexaik xususiyatlarini katta miqdorda
texnogen buzilishidir.
Bu jarayonlar gidrogeologik va injener geologic sharoit texnogen
o`zgarishlarni yoritadi.
Zax bosish texnogen jarayonlar umuman uch bosqichda
rivojlanadi(E.S.Dzektser).
Birinchi zax bosishning boshlang`ich bosqichi. Asosan obyektning qurilish
vaqtida rivojlanadi.
Shu davrda qurilish maydonchasida yomg`ir suvlarining infiltratsion
yo`qotilishi, sizot suvlari ustida ozuqa olish do`ngliklari paydo bo`ladi.
aeratsiya zonasida texnogen osma sizot suvlari yoki gruntlarning mahalliy
namlanishi (haddan ziyod namlanishi).
Ikkinchi bosqich qurilgan obyektning ekspluatatsiyasining bosh davrida
rivojlanadi. Gruntni namlanishi suv eltuvchi inshootlardan suvni yo`qotishi
hisobiga . suvga to`yingan zonada sizot suvlari sathi ustida hosil bo`lgan
filtratsion do`nglikni oqib ketishi kuzatiladi, va aeratsiya zonasida tuproq
suvlarining texnogen gorizonti paydo bo`ladi.
Uchinchi bosqich. Inshootlar ekspluatatsiyasi davom etadi va yer osti suvlarini
texnogen ozuqalanishi davom etadi. Avval hosil bo`lgan ayrim dongliklarni
sizot suvlari sathida bir – biriga qo`shilishi boshlanadi, sath ko`tariladi natijada
injenerlik inshootini zax bosishi va shahar hududini bir qismini suv bosadi
Do'stlaringiz bilan baham: