Texnikumdagi ishchi xodimlarning ahilligi bir jamoa ekanligi kelajakda men ham shu yerda ishlash orzusini tug`dirdi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar



Download 236,26 Kb.
bet4/8
Sana20.07.2022
Hajmi236,26 Kb.
#828022
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
hisobot

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4725-son Farmonining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«8. Belgilansinki:

  • tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat boji sifatida olinadigan barcha mablagʻlar hamda Davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlanadigan davlat bojlari, yigʻimlar va barcha turdagi toʻlovlar summasining 20 foizi miqdoridagi mablagʻlar;

  • ariza beruvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda yoʻnaltirilgan murojaatlariga asosan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlanadigan davlat bojlari, yigʻimlar va barcha turdagi toʻlovlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi».

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2750-son qarorining 11-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3245-son qarorining13-bandida:
a) toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3430-son qarorida:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«2. Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni kuyidagi miqdorlarda belgilansin:

  • Agentlikning markaziy apparati 58 birlik;

  • Agentlikning hududiy boshqarmalari 216 birlik.

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda:

  • Agentlik markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;

  • Agentlik, adliya organlari va muassasalarining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, Markazlar, FHDYO arxivlari va filiallar uchun qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish;

  • mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, tor doiradagi mutaxassislarni shartnoma asosida Agentlikda ishga jalb etish huquqi berilsin.

  • Agentlik direktori maqomi va mehnatga haq toʻlash shart-sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosariga, Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlari tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari xodimlariga tenglashtirilsin»;

b) 4-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:

  • «tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat boji sifatida olinadigan barcha mablagʻlar hamda Markazlar va ularning filiallari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlanadigan davlat bojlari, yigʻimlar va barcha turdagi toʻlovlar summasining 20 foizi miqdoridagi mablagʻlar;

  • ariza beruvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda yoʻnaltirilgan murojaatlariga asosan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlanadigan davlat bojlari, yigʻimlar va barcha turdagi toʻlovlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablagʻlar»;

  • toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;

v) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:


Download 236,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish