Texnika keramikasi mahsulotlarining ishlatilish sohalari.
Yuqorida keltirilgan 6-jadvalda texnika keramikasini qo‘llanuvchi
asosiy oblastlar keltirilgan. Alyuminiy oksidli keramika olovbar-dosh materiali, vakuumli texnika detali, kimyoviy turg‘un va elektro-izolyasiya mahsuloti sifatida ishlatiladi. Sirkoniy oksidli keramika-dan olovbardosh material va konstruksion keramika buyumi sifatida foydalaniladi. Berilliy, toriy va uran oksidli keramika yadro energetikasining asosini tashkil etadi. Karbid, nitrid, borid va silitsidlar asosida esa elektrqizdirgichlar yasaladi va konstruksion detallar olinadi.
Texnika keramikasi mahsulotlari instrumental materiallar sifati-da ham keng qo‘llaniladi. Sintetik olmos poroshogi va bor nitridining zich modifikatsiyalarini yuqori bosim ostida kuydirish yo‘li bilan yuqo-ri qattiqlikka ega bo‘lgan polikristall materiallari olinadi. Bunday materiallar kesuvchi instrument sifatida ishlatiladi. Si-Al-O-N siste-masidagi massalarni Al, Mg, Be, Y, Ti, Zr elementlari bilan modifitsirovkalash orqali esa yuqoridagilardan ham afzalroq kesish uchun xizmat kiluvchi instrumentlar yasalmoqda va ishlatilmoqda.
6-jadval
Kuydirilgan BeO oksididan turli usullarda tayyorlangan buyumlarning xossalari
Shakllash usuli
|
Kuydirish VeO zichligi
|
|
g/sm3
|
%
|
Suvli shlikerdan kuyish
|
2,7-2,85
|
90
|
Chuzish
|
2,85-2,9
|
95
|
Kuruq usulda presslash
|
2,9-2,95
|
97
|
Bosim ostida kuyish
|
2,9-2,95
|
97-98
|
Issiq usulda presslash
|
3-3,01
|
99
|
7-jadval
Sintetik mullitning pishish haroratiga baʼzi qo‘shimchalarning taʼsiri
Qo‘shimcha
|
Og‘irlik bo‘yicha qo‘-shimcha miqdori,%
|
Pishish xarorati, oS
|
Pishish oraligi, grad.
|
Pishish xaroratini pasayishi, grad.
|
Qo‘shimchasiz
|
-
|
1590
|
100-150
|
-
|
MgO
|
1
2
|
1510
1450
|
110
70
|
80
140
|
CaO
|
1
2
|
1520
1470
|
110
70
|
70
120
|
MgO+CaO
|
2
|
1410
|
70
|
180
|
MnO
|
1
2
|
1520
1470
|
110
100
|
70
120
|
Texnika keramikasi mahsulotlarini texnikada qo‘llash Yaponiya, AQSH, Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya kabi davlatlarda jadal surʼatlarda amalga oshirilmoqda. Jumladan 2010 yilga kelib Yaponiyada issiqlik dvigatellarining 40% keramikaga almashtiriladi. AQSH da bu raqam 25% ni, Germaniyada 10% ni tashkil etadi. Umuman olganda AQSH da konstruksion keramika mahsulotlarining 35-38% ni, Yaponiyada esa elektronika uchun mo‘ljallangan keramikaning 48% tini dunyo bozoriga yetkazib berish mo‘ljallangan. Yuqorida nomi ko‘rsatilgan mamlakatlarda yangi keramika mahsulotlarining yillik xajmiy o‘sishi 14-27% ni tashkil qilishi rejalashtirilgan. Yana bu mamlakatlarda texnika keramikasi mahsulotlarining yangi funksional vazifalari ham aniqlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |