Texnika falsafasi


Texnika taraqqiyotining jamiyat taraqqiyotiga ta’siri, uning negativ oqibatlari



Download 36,73 Kb.
bet3/4
Sana13.03.2023
Hajmi36,73 Kb.
#918727
1   2   3   4
Bog'liq
7-Mavzu ma\'ruza matni

Texnika taraqqiyotining jamiyat taraqqiyotiga ta’siri, uning negativ oqibatlari. Zamonaviy texnika taraqqiyoti va uning muvaffaqiyatlari ikki xil sotsial oqibatni tug‘dirmoqda. Bir tomondan, texnikasiz insoniyat taraqqiyotini tasavvur qilish qiyin bo‘lsa, ikkinchi tomondan, texnika qudratli kuch sifatida salbiy oqibatlarga, dunyoni buzishga, fojiali oqibatga olib kelmoqda. Texnikani o‘ylamasdan rivojlantirish murakkab sotsial muammolarni tug‘dirmoqda. Aslida inson og‘irini yengil qilishga qaratilgan texnika ishsizlikni tug‘dirmoqda, ish bilan ta’minlashni qiyinlashtirmoqda. Xususiy transportlarning ko‘payishi, bir tomondan yaxshi, ikkinchi tomondan, shaharning ekologik holatiga salbiy ta’sir etmoqda. Shovqin – suronlar inson asabiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. XXI asrda insoniyat oldida texnikaga oid juda katta muammolarni hal qilish masalasi turibdi.
Atrof- muhitning sanoat chiqindilari bilan ixloslanishi, tabiat resurslarining tugab borishi, demografik muvozanatning buzilishi, radioaktiv fojianing o‘ta xavfli ekanligi kabi masalalarni xal qilmasdan turib, insoniyat kelajagini tasavvur qilish qiyin. Bularning barchasi texnikani qanday va nima maqsadlarda ishlatish kerakligi to‘g‘risida chuqur va atroflicha fikr yuritishni taqozo etadi. XX asrning 60 – yillarida texnikaning boshqarishsiz o‘sishi jamiyatni buxronga olib kelayotganni haqida yangi fikrlar, mulohazalar paydo bo‘la boshladi. Bu davrda texnikaning yangilanish jarayoni yuz berayotgan edi. Ilmiy – texnika inqilob oldida hayron qolish, kerak bo‘lsa sajda qilish hollarda paydo bo‘ldi. “Jamiyat – texnika tabiat” munosabatlaridan yangi muammolarning vujudga kelishi odamlarni tashvishga sola boshladi. Ommaviy chiqishlar, munozaralar «yaxshillar”harakati kuchayib ketdi. 1972 yilda Rim klubining birinchi ma’ruzasi e’lon qilindi. Bu juda katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Bugungi kunda Rim klubi dunyoga mashhur xalqaro tashkilotlarga aylangan. Rim klubining ma’ruzasi dunyodagi yirik olimlarning ilmiy izlanishlariga suyangan va ayniqsa, Massachuset (AQSh) texnalogik institutida D.Medouz rahbarligi ostida yaratilgan “Insoniyatning murakkab xolati” (Slojnoe polojenie chelovechestva) loyihaga asoslangan edi. Bu ma’ruzada insoniyat kelajagi haqidagi masala an’anaviy fikrlardan voz kechgan hamda masalani yangicha qo‘yganlar.
D. Medouz va uning safdoshlari bundan chorak asrdan oldinroq “insoniyat fojia tomon ketmoqda, uni xal qilish chorasini topish kerak” deb aytganlar. Ularning fikricha, ishlab chiqarishni ma’lum miqdorda chegaralash kerak, aks xolda kelgusi avlodga “obod va ozod Vatan” qolmaydi. Fransuz sotsiologi J.Ellyul “Boshqa inqilob” degan asarida texnikani inson aqliy faoliyati doirasiga kiritar ekan, bunda u dunyoni umumiy ratsionallashtirish bilan bog‘laydi. Demak, inson aqliy faoliyati texnikani yaratibgina qolmay, uning ustidan nazorat qilish qudratiga ham ega. Texnika insonni o‘rab olgan muhitga aylanib bormoqda, tabiatni yaroqsiz, ikkinchi darajali qilib qo‘ydi. Texnikaning cheksiz o‘sishi insoniyat olida katta muammolar tug‘dirdi, dunyoviy fojialarni vujudga keltirdi. Badiiy adabiyotda ham, falsafiy adabiyotlarda ham texnik xukumronlik, texnik totalitarizm davlatini tanqid qilina boshladi. Inson erkinligini va qadr – qiymatini texnikaviylashish asosida cheklash yuz bermoqda. Inson hayotining barcha sohalariga kirib borishi bilan texnika o‘z xukumronligini o‘tkazish, insonning barcha faoliyatiga “bosqinchilik” qilishga o‘xshagan xodisalar ham yuz bermoqda Sodir bo‘layotgan kompyuter inqilobi ham bir qancha ijtimoiy va insoniy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Kompyuter inqilobi ijtimoiy strukturani ham o‘zgarishga olib kelmoqda. Hozir rivojlangan mamlakatlarda 70-75 foiz mehnatkashlar axborot va xizmat ko‘rsatish sohasida banddirlar. Jismoniy mehnat bilan shug‘ullanadigan ishchilar tobora kamayib bormoqda. Tadqiqotlarni ko‘rsatishicha kompyuter bilan ko‘p ishlaydigan o‘quvchi va talabalarni psixologiyasi keskin o‘zgaradi. Bularda hayot va o‘lim odamlar va hayvonlar xususida, odamlar va kompyuterlarni intellekti haqida boshqacha tasavvurlar hosil bo‘ladi, informatsiya massivini “xazm” qilish bir qancha barobar ortib ketadi. Xulosa qilganda, texnik ravnaq, falsafiy nuqtai nazardan, atrof muhitni halokatli oqibatga olib kelishi bilan birga, inson bunday borliqni qanday qabul qilishi, idrok eta bilishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi

Download 36,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish