Texnikaviy bilimlarning taraqqiyoti qonunlari.
Insonniyat tarixi texnikaning takomillashib borish tarixi bilan uzviy bog‘langan. Texnika o‘zining bugungi holatiga kelgunga qadar ko‘p vaqt o‘tdi. Industrial jamiyatgacha texnika xunarmandchilik shaklida namoyon bo‘ldi. Texnika hunarmandchiligi ustadan shogirtga, ustaxona ko‘rinishida yoki yakka tartibda otadan bolaga, avloddan avlodga o‘tib keldi. Bu alohida kishilar tomonidan, tor doirada, amalga oshirildi. Natijada yuksak ijtimoiy baho berish darajasiga yetib bormadi. Bunday holat ishlab chiqarishni ham, ijtimoiy hayotni ham tubdan o‘zgartirishga qodir emas edi. XVII-XVIII asrlarga kelib tubdan o‘zgardi. Yevropada manifaktura (qo‘l mehnati) o‘rniga mashina davri boshlandi. Jamiyatning ancha qismi qo‘l mehnatini o‘z faoliyati imkoniyatlarini ko‘proq ochishga qarata bordi. Ustalar o‘rnini bilimdon, texnika sirlarini anglab yetgan shaxslar INJENER(MUHANDIS)lar egalladilar.Texnikaning rivojlanishi uchun XVII-XVIII asarlarda ilmiy zamin yaratildi, mashina davri boshlandi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida ilmiy – texnik inqilob industrial jamiyatning rivojlanishi uchun asos bo‘ldi. Texnika taraqqiyoti texnalogik jarayonlarni izohlashi talab qilindi. Texnika jarayoni sifatida amalga oshishini ham ko‘rsatib borish kerak. Ana shundagina texnika samaradorligi ortib boradi. Birinchi bosqichda texnika qo‘l mehnatiga asoslandi, keyinchalik texnika inson tabiiy a’zolarining davomi sifatida jismoniy qudratni oshirdi. Biroq, mashina davrida texnika mustaqil kuch sifatida mexanizatsiyalashdi. Texnika odamdan ajraldi, lekin hamma vaqt u bilan yonma – yon mavjud bo‘ldi. Texnikaning rivojlanishi tabiiy fanning taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq. Bugungi kun texnikasi tabiat fanining darajasi bilan belgilanadi. Tabiat fanlari yutuqlari texnikaning yangi bosqichga ko‘tarishga sharoit yaratdi, ilmiy nazariy asos vujudga keltirildi.
Yangi texnikani yaratishda elektrni va kimyoni qo‘llash juda ham katta yangi texnik reallikni vujudga keltirdi. Bugungi elektronika va informatika davrida dunyo ulkan o‘zgarishlar arafasida turibdi. Bu haq gap.
Texnika madaniyat, ma’naviyat va ma’rifatning yangilanishi bilan belgilanadi.
Texnika imkoniyatlari ko‘lamining kengligi bilan xarakterlidir. Bu imkoniyatlarning ro‘yobga chiqishi sotsial hayotning hamma tomonlariga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Mehnatning xarakteri, uning mazmuni, unimdorligini esa o‘nlab, yuzlab marta o‘zgartiradi.
Hozirgi vaqtda ilmiy–texnik taraqqiyotini yuksalishi sodir bo‘lmoqda. Yangi sanoat tarmoqlar, yangi texnologik tizimlar, yuqori darajadagi aniq mexanizmlar barpo qilinmoqda. Bularning zaminida to‘htovsiz sodir bo‘layotgan texnik yangilanishlar yotadi. O‘z navbatida texnik yangilanishlar asosida ilmiy bilimlarni geometrik progressiyada o‘sishi, ko‘payishi yotadi. Ya’ni ilmiy axborotni ikki barobar ortishini vaqt oralig‘i (intervali) qisqarib bormoqda
Bir necha asrlar oldin ilmiy axborotni ikki barobar ortishi har 15 yilda sodir bo‘lar edi. Hozirgi paytda ikki yilda ilmiy axborot massivi ikki barobar ko‘paymoqda. Yangi bilimlarni paydo bo‘lishi va ularni hajmini qisqa vaqtda ko‘payishi – texnik taraqqiyotni bosh manbaidir.
Hozirgi texnik taraqqiyot ilmiy bilishlarni amaliy tatbig‘i sifatida amalga oshmoqda. Oldingilari stixiyali kashfiyot sifatida sodir bo‘lardi, texnik taraqqiyot ayrim texnik tuzilmalarni yaratish va undan foydalanishda namoyon bo‘lar edi.
Texnalogiya deganda texnik qurilmalar bilan ishlashni ketma – ketligi ta’minlash oraliq va yakuniy maqsadlarni amalga oshiruvchi faollik tizimi prinsiplarini yaratish tushunilar edi. Hozirgi texnalogiyalar murakkab operatsion struktura va tizimlarni o‘z ichiga olib, ularni faoliyati, vosita va boshqarish mexanizmlari, intellektual – axborot tizimi bilan ta’minlangan, ularni iqtisodiy ijtimoiy, ekologik oqibatlari oldindan belgilanadi. Hozirgi texnalogiyalar ko‘p bosqichli jarayon va nihoyatda ko‘p parametrli tizim bo‘lib, ularni boshqarish uchun insonni yordamchisi bo‘lgan intelektual mexanizmlar kerak. Fanga asoslangan murakkab texnalogiyalar hozirgi zamon fan – texnik taraqqiyotni bosh tarkibiy qismi bo‘lmoqda. Alohida – alohida texnik qurilmalar emas, balki ijtimoiy madaniy, intelektual va texnik parametrlarni o‘zida mujassamlashtirgan texnalogiyalar fan – texnik taraqqiyotni bosh oqimini belgilab bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |