1. MUShTUMChАLI MEXАNIZMLАRNING DINАMIK
SINTEZI
Tarkibida mushtumcha bo’lgan mexanizm mushtumchali mexanizm deb ataladi. Mushtumchali mexanizmlar texnikada keng ko’llaniladi va ular yordamida chiquvchi bo’g’inni talab qilingan harakat qonunlariga erishish, ishchi jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish mumkin. Mushtumchali mexanizmlar turli mashinalar va asboblarda qo’llaniladi. Masalan, mushtumchali mexanizmlar ichki yonish dvigatelining tsilindrlaridagi klapanlarni harakatga keltiradi, trikotaj mashinalarida mushtumcha orqali xalqa hosil qiluvchi qism harakatlantiriladi. Bunday misollarni juda ko’p keltirish mumkin.
K.V.Tir, L.N.Reshetov, G.А..Rotbart, N.I.Levitskiy va boshqa olimlar mushtumchali mexanizmlar nazariyasi rivojiga katta hissa qo’shdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |