Avtoquyish estakadalaridagi quyish-to‘kish ishlarini bajarishga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari Avtoquyish estakadasidagi neft mahsulotini quyish-to‘kish ishlarini avtotsisternaning dvigatelini to‘xtatib qo‘ygan holda bajarish lozim.Tez alangalanadigan mahsulotlarni tashishga mo‘ljallangan avtotsisternalar avtoquyish estakadasining erga tutashtiruvchi konturiga ulanadigan ertutashtirgich qurilmasi bilan jihozlanishi zarur.Avtotsisternalarning glushitellari uchqun so‘ndirgich to‘ri bilan jihozlangan bo‘lishi hamda ular avtotsisternaning old tomoniga, dvigatel yoki radiatorning ostiga chiqarilgan bo‘lishi kerak.Avtotsisternani quyish maydonchadagi ertutashtirgich qurilmasiga ulamaguncha unga mahsulot quyish taqiqlanadi.Avtotsisternaga neft mahsulotining quyilishini transport vositasi haydovchisi va quyish bo‘yicha operator nazorat qilishi zarur.Avtotsisternaga neft mahsulotini quyishda neft mahsuloti to‘kilgan bo‘lsa, uning dvigatelini o‘t oldirish taqiqlanadi. Mazkur holatda avtotsisterna tros yoki shtanga yordamida shatakka olib xavfsiz masofagacha tortib borilishi kerak.Neft mahsulotini quyish tugatilgandan so‘ng, quyish shlangidagi neft mahsuloti to‘liq to‘kilgandan keyingina shlangni avtotsisterna og‘zidan chiqarib olinishi kerak.Avtotsisternaning qopqog‘i ehtiyotkorlik bilan zarbalarga yo‘l qo‘ymay berkitilishi kerak.Avtotsisternaga neft mahsulotini quyish avtomatik tarzda amalga oshirilganda, haydovchi mazkur tizimni ishlatish yo‘riqnomasiga amal qilgan holda bajarishi zarur.
Avtoyoqilg‘i quyish shoxobchalaridan foydalanishga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari Avtoyoqilg‘i quyish shoxobchalaridan (bundan buyon matnda AYQSh deb yuritiladi) ularning texnik pasportlari va foydalanishga oid yo‘riqnomalari asosida foydalanilishi lozim.AYQSh rezervuariga neft mahsulotini oqib tushadigan qilib quyish mumkin emas.AYQSh rezervuarlariga neft mahsulotini quyish paytida avtotsisterna atrofidagi 3 m radiusda boshqa transport vositalarining harakatiga yo‘l qo‘yilmaydi.Avtotsisternadan AYQSh rezervuariga neft mahsulotini quyish jarayoni avtotsisterna haydovchisi va AYQSh operatorining nazorati ostida amalga oshirilishi lozim. Avtotsisterna haydovchisi va AYQSh operatori quyish qurilmasining germetikligini va neft mahsuloti quyilishini nazorat qilishlari, oqib (sizib) chiqish holatlari sezilganda neft mahsuloti quyishni darhol to‘xtatishlari zarur.AYQSh rezervuariga neft mahsuloti quyayotgan avtotsisterna unda hosil bo‘ladigan statik elektr tokini yo‘q qiluvchi qurilmaga ega bo‘lishi lozim.Neft mahsulotini to‘kayotgan avtotsisterna ertutashtirgich qurilmasiga ulanishi zarur.Yerga tutashtiruvchi simni avval avtotsisterna korpusiga, so‘ngra ertutashtirgich qurilmasiga ulash lozim. Yerga tutashtiruvchi simlarni avtotsisternaning bo‘yalgan, iflos metall qismlariga ulash mumkin emas. Har bir avtotsisterna to‘liq bo‘shatilgunga qadar erga alohida tutashtirilishi shart. AYQShda transport vositasiga avtoyoqilg‘i quyishda quyidagi talablarga rioya qilish shart:mototsikllar, motorollerlar, mopedlar avtoyoqilg‘i tarqatish ustuniga 15 m qolganda dvigateli o‘chirilib, qo‘lda yurgizib olib kelinishi, avtoyoqilg‘i quyilgandan keyin esa ustundan 15 m uzoqlashgandan keyingina, ularning dvigatellari ishga tushirilishi lozim;avtotransport vositalariga avtoyoqilg‘i quyish uchun dvigateli o‘chirilgan holda va haydovchining ishtirokida amalga oshirilishi zarur;