3. Mazkur Qoidalar, sanoat xavfsizligi doirasida faoliyat yuritayotgan va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi nazoratidagi, tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha tashkilotlar qo‘llashi uchun mo‘ljallangan. 4. Qoidalardan quyidagi jarayonlarda foydalanish belgilab qo‘yilgan: a) xavfli ishlab chiqarish obyektlari uchun texnologik quvuro‘tkazgichlarni loyihalash, yasash, montaj qilish, ishlatish, zamonaviylashtirish, ta’mirlash va konservatsiyalashda; b) texnologik quvuro‘tkazgichlarning sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazishda. 5. Mazkur Qoidalar gazsimon, bug‘simon va suyuq muhitlarni transportirovka qilishga mo‘ljallangan, qoldiq bosimi (vakuumi) 0,001 MRa (0,01 kgf/cm2) dan shartli 320 (3200 kgf/cm2) bosimgacha sharoitda ishlaydigan, texnologik po‘lat quvuro‘tkazgichlarni loyihalash, yangidan yasash va zamonaviylashtirish jarayonlari uchun taalluqlidir. Quvuro‘tkazgichlar quvurlari va detallari (devorlarining qalinligi), ishlatilayotgan quvurlarning xiliga mos keladigan, me’yoriy-texnik hujjatlar bo‘yicha parametrlari, korrozion va errozion xossalarini inobatga olib mustahkamlikka dosh berishiga doir hisob-kitoblar asosida belgilanishi kerak. Quvuro‘tkazgichlarning quvurlari va detallari devorlarining qalinligini tanlashda ularni tayyorlash (ishlab chiqarilishi)dagi texnologik jarayonlarga doir xususiyatlarni (egilish, yig‘ish, payvandlash)ni e’tiborga olish lozim.Quvuro‘tkazgich uchun zarur bosim quyidagilarni inobatga olib hisoblanadi: a) quvuro‘tkazgich ulangan apparat uchun mo‘ljallangan bosimni; b) damlovchi quvuro‘tkazgichlar (nasoslar, kompressorlar, gazpuflagichlardan keyin)ning puflash tomonidagi zulfin berkligida markazdan qochma nasos hosil qilgan maksimal bosimni, porshenli mashina uchun esa, bosim beruvchi manbaga o‘rnatilgan saqlagich klapanlar ishlab ketishidagi bosimni; v) saqlagich klapan o‘rnatilgan quvuro‘tkazgichlar uchun — saqlagich klapanni sozlash paytida o‘rnatilgan bosimni. Apparat bilan birga mustahkamlik va zichlikka sinaladigan quvuro‘tkazgichlar apparatni sinash uchun zarur bo‘lgan bosimga dosh beradigan bo‘lishi zarur. -Quvuro‘tkazgichlar devorlari qalinligini belgilashda, quvuro‘tkazgichning ishlash muddati va korroziya tezligini e’tiborga olib, qalinlikning korroziya tufayli eyilishini hisobga olish lozim.Metallda ro‘y beradigan korroziya tezligiga qarab, muhitlar quyidagi turlarga bo‘linadi: a) korroziya tezligi yiliga 0,1 mm gacha bo‘lgan tajovuzkor bo‘lmagan va kam tajovuzkor muhitlar (chidamli po‘latlar); b) o‘rtacha tajovuzkor muhitlar-korroziya tezligi yiliga 0,1-0,5 mm; v) o‘ta tajovuzkor muhitlar-korroziya tezligi yiliga 0,5 mm dan ziyod. Korroziya tezligi yiliga 0,1-0,5 mm va undan ziyod bo‘lgan po‘latlar past chidamli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |