Neft bazalarida mexanika ustaxonasiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari Metallga uni kesish orqali ishlov beriladigan mexanika ustaxonasi binolarida moylovchi-sovutuvchi suyuqliklarni havo atmosferasiga tozalab chiqarib tashlaydigan, zararsizlantirish o‘tkazmasi yoki panalagichiga ega bo‘lgan mahalliy so‘ruvchi moslamalar o‘rnatilishi kerak.Mexanika ustaxonasining poli tekis, sirpanmaydigan, bo‘sag‘asiz bo‘lishi lozim.Mexanika ustaxonasidagi o‘tish, yurish joylari va quduqlar lyuklari materiallar, yarim tayyor detallar, chiqindi va idishlar bilan to‘sib qo‘yilmasligi, bo‘sh turishi ta’minlanishi zarur.Dastgohlarni quduq lyuklari ustiga o‘rnatish taqiqlanadi.Alohida mexanizmlar va mexanizmlar bilan dastgohlar oralig‘i kamida 1 m, xodimlar o‘tadigan joylarning eni kamida 0,75 m bo‘lishi kerak.Mexanika ustaxonasida sozlagichlar, materiallar, yarim fabrikatlar, tayyor detallar va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash javonlari, idishlari, stollari va boshqa uskunalarining joylashtirilishi uchun maydonchalar bo‘lishi zarur.Har bir ish joyida dastgoh yonida ish joyining poli bo‘ylab, dastgohlardan kamida 0,6 m nariga yog‘och to‘shama o‘rnatilishi kerak. Elektr qurilmalari va elektr uskunalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari Elektrtexnik qurilmalar va ishlab chiqarish uskunalari sifatida foydalaniladigan qurilmalar QMQ 3.05.06-97 “Elektr texnik qurilma” va GOST 12.2.007.0-75 “Elektr texnik mahsulotlar. Xavfsizlikka doir umumiy talablar” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.Binolar va inshootlar yoki ularning ayrim qismlari vazifasi, mazkur hududdagi momaqaldiroqning jadalligi hamda yil davomida yashin urishini ehtimoliy miqdorini inobatga olib, yashindan himoyalovchi qurilmalar toifasi va himoya hududining turi bo‘yicha muhofazalangan bo‘lishi kerak.Uskunalardan neft, gazkondensat va neft mahsulotlaridan hamda inson tanasidan xavfli uchqunli ryazryadlar chiqishining oldini olish maqsadida paydo bo‘ladigan elektr statik zaryadlarining oqib chiqib ketishini ta’minlovchi tadbirlarni qo‘llash lozim. Yakuniy qoida Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi bilan kelishilgan. Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV 2014-yil 16-aprel;Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV 2014-yil 16-aprel;Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV 2014-yil 16-aprel;Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV 2014-yil 16-aprel;“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi raisi B. ZOKIROV 2014-yil 16-aprel;Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi B. ABDUSAMATOV 2014-yil 16-aprel;“O‘zstandart” agentligi bosh direktori A. KURBANOV 2014-yil 16-aprel; “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining boshlig‘i R. IKRAMOV 2014-yil 16-aprel; “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i A. NIMATULLAYEV 2014-yil 16-aprel; O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA 2014-yil 16-aprel;“O‘zbekneftegaz” MXK boshqaruv raisi Sh. FAYZULLAYEV 2014-yil 16-aprel;(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 20-son, 236-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son);
Do'stlaringiz bilan baham: |