САПР klassifikasiyasi ilovalari, maqsadi, ko’lami, ALT yadrosi baza tizimostining
xarakteri kabi bir qator belgilari orqali amalga oshiriladi. Quyida ilovalari bo’yicha
ko’proq ishonchli va keng qo’llaniluvchi ALT guruhlari keltirilgan:
1. Mashinasozlik sohasida qo’llaniladigan ALT. Uni ko’pincha ALT mashinasozlik
bo’yicha yoki MCAD (Mechanical CAD) tizimi deb ataladi.
2. Radioelektronika uchun ALT. Uning nomlari — ECAD (Electronic CAD) yoki EDA
(Electronic Design Automation) tizimlar.
3. Arxitektura va qurulish sohalaridagi ALT.
Belgilangan maqsad bo’yicha loyihalashni turli jihatlarini ta’minlovchi ALT yoki
ALT tizimostlari ajratiladi. Shunday qilib MCAD tarkibida CAE/CAD/CAM tizimlar
paydo bo’ladi:
1) Funksional loyihalovchi ALT, boshqacha aytganda ALT-F yoki САЕ (Computer
Aided Engineering) tizimlari;
2) Umumiy mashinasozlikning konstruktorlik SAR — ALT-К, u ko’pincha СAD-
tizim deb ataladi;
3) Umumiy mashinasozlikning texnologik САПРi — САПР, boshqacha qilib
aytganda ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni avtomatlashtirilgan tizimlari yoki
САМ (Computer Aided Manufacturing) tizimlari.
Qo’llanilish ko’lami bo’yicha ALTning alohida dasturiy-uslubiy komplekslari
mavjud. Masalan, so’nggi elementlar usuli bilan mos ravishda mexanik buyumlarning
chidamlilik tahlili kompleksi yoki elektron sxemalar tahlili kompleksi, dasturiy(software)
va texnik(hardware) ta’minotning noyob arxitektura tizimlari kompleksi.
Baza tizimosti xarakteri bo’yicha ALTning quyidagi ko’rinishlari mavjud:
1. Mashina grafikasi va geometrik modellashtirish подсистемыsi bazasidagi ALT.
Bu ALT konstruktorlash loyihalashning asosiy prosedurasi hisoblangan ilovalarga
yo’naltirilgandir. Konstruktorlash jarayoni bu fazoviy forma va ob’tektlarni o’zaro
joylanishini aniqlashdir. Shuning uchun bu guruhga mashinasozlik sohasidagi ALTning
ko’pgina grafik yadrolari kiradi.
2. MMBT bazasidagi ALT. Ular qiyin bo’lmagan matamatik hisoblashlar orqali ko’p
miqdordagi kattaliklarni qayta ishlovchi ilovalarga mo’ljallangan. Bunday ALT iqtisodiy-
texnik ilovalarda ko’proq uchraydi. Masalan, biznes –rejalarni loyihalashda. Umuman
bular mustaqil ishlatiluvchi dasturi-uslibiy komplekslardir. Bularga masalan, ishlab
chiqarish jarayonini imitasion modellashtirish, oxirgi elementlar usuli bilan chidamlilikni
hisoblash, avtomatlashtirilgan bosgqaruv tizimini sintez va analiz qilish komplekslari
kiradi. Ko’pincha bunday ALT CAE tizimiga kiradi. Unga VHDL bazasida yaratilgan
mantiqiy loyihalash dasturlari, MathCAD matematik paketi misol bo’ladi.
3. Kompleks (integrallashgan) ALT-avvalgi turdagi подсистемlarni birlashmasidan
tashki topgan. Kompleks ALTga mashibasozlikdagi CAE/CAD/CAM-tizimlari yoki ALT
BIS kiradi. ALT BIS MBBT va prinsipial, mantiqiy va funksional sxemalar, kristallar
topologiyasi, mahsulotni yaroqliligini tekshirish testlari komponentalarini loyihalash
tizimostlaridan tashkil topgan. Bunday murakkab tisimlarni boshqarish uchun
ixtisoslashtirilgan tizimli muhitlar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: