Texnik nivelirlash jurnalini qayta ishlash



Download 128,13 Kb.
Sana17.06.2021
Hajmi128,13 Kb.
#68550
Bog'liq
3-4. LABOROTORYA MASHG‘ULOTI


1-2. LABOROTORYA MASHGULOTI


TEXNIK NIVELIRLASH JURNALINI QAYTA ISHLASH.
Temir, avtomobil yo‘llarini, kanal, tonnel, elektr tarmoqlarini va suv o‘tkazish quvurlarini loyihalashda texnik nivelirlash bajariladi.
Joyda trassani tanlash va mahkamlash.
Chiziqli inshootlarining loyiha o‘qini karta yoki planga loyihalash trassalash deyiladi. Dala ishlaridan oldin trassa loyihasi kartaga tushiriladi. Undan keyin rekognostsirovka va joyda trassaning yo‘nalishi tanlanadi.

Butun trassa boshlanishidan oxirigacha 100 m bo‘laklarga bo‘lib chiqiladi. Har bir bo‘lakning oxiriga qoziqning boshi 1-2 sm qoldirib qoqiladi. Bu nuqtalar piketlar deyiladi. Qoziqning yoniga qorovul qoziq qoqib piket nomeri yozib qo‘yiladi. Trassaning boshlanishi o nomerli piketdan boshlanadi.

Shunday qilib piketning har bir nomeri trassa boshidan shu piketgacha piket nomerini 100 m ko‘paytirilgan ekanligi ko‘rsatadi. Joyning egri qismida piketlar orasiga oraliq nuqtalar belgilanib qoziq qoqiladi va orqangi piketdan necha metr ekanligi yozib qo‘yiladi masalan, nuqtada PK735 deb yozib qo‘yilgan bo‘lsa, u nuqta 7 va 8 piket orasida joylashgan bo‘lib 7 piketdan 35 m masofada ekanligini

8.1- shakl bildiradi.
Piketajlarni rejalash va trassani planga olish bilan birga qattiq muqovali daftarga piketaj daftarchasi olib boriladi (8.1-shakl). Piketaj daftariga joyni planga olish natijasi, trassani kesib o‘tuvchi yo‘l, daryo va boshqa konturlar tushiriladi. Trassaning qayrilish burchagi, burchak uchi strelka bilan ko‘rsatiladi.

Nivelirlash jarayoni. Nivelirlash trassani davlat balandlik to‘ri reperli yoki markasiga bog‘lashdan boshlanadi ishonchli tekshirishini amalga oshirish uchun trassaning oxirgi nuqtasini birorta tayanch nuqtaga bog‘lash kerak. Trassani faqat bitta tomonini bog‘lash imkoniyati bo‘lsa nivelirlash ishlari to‘g‘ri va teskari yo‘nalishda bajarilishi kerak.


Joyda inshoot trassani nivelirlash jarayonini batafsil ko‘rib o‘tamiz (8.2.shakl). Jadvalda trassani nivelirlash jurnalining namunasi berilgan. Bog‘lovchi nuqta R10 va 0 piketning o‘rtasiga nivelir o‘rnatiladi. Asbob ish holatiga keltirilib, orqangi reyka qaratiladi va reykaning qora tomonidan 0615 (1) sanoq olinadi, truba oldingi reyka qaratilib reykaning qora tomonidan 1645 (2) sanoq olinadi.
8.2. shakl
Olingan sanoqlar jurnalga yoziladi. Reykaning qizil tomoni aylantirilgandan keyin 6333 (3) sanoq olinadi va trubani orqaga qaratilib orqangi reykaning qizil tomonidan 5304 (4) sanoq olinadi. Qora sanoqlarning farqi 0615-16451030 (5) va qizil sanoqlarning farqi 5304-63331029 (6)  4 mm dan olmasligi kerak. 7 ustunga nisbiy balandliklar farqining o‘rtachasi 1 mm aniqlikda yaxlitlanib – 1030 mm yoziladi. Keyin kuzatuvchi asbob bilan 2 kuzatish joyga o‘tadi. Orqangi reykaga №1 piket nuqtasiga reyka qo‘yadi. Bu vaziyatda 0 piketda reyka orqa reyka 1 piketdagi reyka oldingi reyka bo‘lib qoladi. Asbob ish holatiga keltirilgandan keyin reykalarning qora tomonidan orqadan 0481 (7) va oldidan 3451 (8) sanoqlar olinadi. Reykalar qizil tomoni bilan kuzatuvchiga qaratiladi, oldindan 8138 (9) va orqadan 5169 (10) sanoqlar olinadi. Keyin qora tomoni bo‘yicha 481-34512970, qizil tomoni bo‘yicha 5169-8138  2969 nisbiy balandliklar hisoblanadi.

Nisbiy balandliklar farqi  4 mm dan oshmasa o‘rtachasi 2970 hisoblanib 7 ustunga yoziladi. PK0 piketda turgan reykachi oraliq nuqta 20 o‘tadi va unga reyka o‘ratilib, qora tomonini nivelirga qaratiladi va kuzatuvchi undan 681 (11) sanog‘ini oladi.

Oraliq nuqta 20 da turgan reykachi 2 piketga, kuzatuvchi nivelir bilan 3 kuzatuv joyiga o‘tishadi. PK1 piketda turgan reykachi kuzatuvchiga reykaning qora tomonini qaratadi.

Kuzatish jarayoni xuddi yuqoridagidek davom ettiriladi.

Ish har bir kuzatish joyida nisbiy balandliklarni hisoblash va uni 7 ustunga yozish bilan tugatiladi. Sanoqlar va hisoblashlar to‘g‘riligiga ishonch hosil qilingandan keyingina kuzatuvchi keyingi kuzatish joyiga o‘tadi.

Hisoblash ishlari. Nivelirlash ishlari natijalarini hisoblash dala jurnalidagi hamma yozuvlarni va betma-bet tekshirishlarni diqqat bilan qarab chiqishdan boshlanadi. Bu ikki qo‘lda, yahni ikki ishi ko‘rib chiqadi.

Betma-bet tekshirishi quyidagi ishlarni o‘z ichiga oladi: har bir betda 3, 4 ustun sanoqlarining yig‘indisi va 6, 7 ustunning algebraik yig‘indisi hisoblanadi. Chunki 3-4 yarim farqining yig‘indisi 6 ning yarim yig‘indisiga va bir vaqtda 7 algebraik yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak:

(3-4)/ 2 =6/2 = 7 (8.1.1.)

Betma-bet tekshirishini bajargandan keyin yo‘lning bog‘lanmaslik xatosini topishga kirishiladi. Agar nivelir yo‘li absolyut otmetkasi mahlum bo‘lgan ikkita reper orasida o‘tkazilgan bo‘lsa, nivelirlash natijasida olingan nisbiy balandliklar yig‘indisi h oxirgi Roxir va boshlang‘ich Rbosh reperlar absolyut balandliklari farqiga teng bo‘lishi kerak.


Texnikaviy nivelirlash jurnali

10-jadval




hnaz  NOxir- NBoshl. (8.1.2.)

Bunda bog‘lanmaslik xatosi:

h  h amal –(NOxir- NBoshl.)  h amal -hnaz (8.1.3.)

Yopiq nivelir yo‘lida nisbiy balandliklar yig‘indisi nolga (h0) teng bo‘ladi va bog‘lanmaslik xatosi:

h  h0 (8.1.4.)

Dala ishlari tugagandan keyin bog‘lanmaslik xatoligi nning chekdan oshgan, oshmaganligini tekshirib ko‘riladi. Agar chekdan oshgan bo‘lsa ish qaytadan bajariladi.

Texnik nivelirlashda yo‘l qo‘yiladigan xatolik quyidagidan oshmasligi kerak:

h  mm (8.1.5.)



bu yerda L –yo‘l uzunligi, km da.
Download 128,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish