193 1-yil mart oyida 0'zbekiston OMchovlar va tarozilar palatasi bekor qilindi, uning vazifalari esa Qo'mitaga topshirildi. Mahalliy qiyoslash palatalari Standartlashtirish bo'yicha mahalliy idoralarga aylantirildi.
1964-yilda Toshkent DTL asosida Respublika standartlashtirish va metrologiya bo'yicha metodik markaz - 0'zbekiston Respublikasi stan-dartlar va o'lchash vositalari ustidan davlat nazorati laboratoriyasi (0'z RDNL) tashkil etildi. Keyinchalik 0'z RDNL 0'zbekiston standartlash-tirish va metrologiya markazi (0'z SMM) deb nomlandi.
Qoraqalpoq poytaxtida, barcha viloyatlar markazida va Qo'qon ham-da Chirchiq shaharlarida Davlat tekshiruv laboratoriyalari tashkil etildi, keyinchalik esa Standartlashtirish va metrologiya markazlari (SMM) tuzildi.
1973-yilda Ministrlar Soveti huzuridagi standartlar Qo'mitasi Vakili-ning apparati SSSR Davstandart 0'zbekiston Respublikasi boshqarmasi (Olzdavstandart)ga aylantirildi.
0'zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgandan keyin qisqa vaqt ichida bozor iqtisodiyoti talablarini qondiradigan va o'tish davrini hisobga oladigan standartlashtirish davlat tizimini yaratish zarurati paydo bo'ldi. Buning uchun, birinchi navbatda, tashkiliy masalalami hal qilish talab etildi.
Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi 1992-yilda "0'zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo'yicha ishlarni tashkil etish to'g'ri-sida" Qaror qabul qildi.
Sobiq SSSR Davstandartining respublika hududida joylashgan idoralarini birlashtirish asosida Vazirlar Mahkamasi huzurida 0'zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish davlat markazi (0'zdavstandart) tashkil etildi. Bu markazga standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish masalalari bo'yicha respublika milliy idorasining vazifalari yuklatildi va 0'zdavstandart SSSR Davstan-dartning 0'zbekistondagi huquqiy merosi deb belgilandi.
1993-1997-yillarda 0'zbekistonda standartlashtirish va mahsulot si-fati sohasida qonunlar shakllantiri1di: "Standartlashtirish to'g'risida", "Mahsulot va xizmatlami sertifikatlashtirish to'g'risida", "Metrologiya
32
to'g'risida", "Iste'molchilaming huquqlarini himoya qilish to'g'risida", "Oziq-ovqat mahsuloti sifati va xavfsizligi to'g'risida", "Fuqarolaming sog'lig'ini saqlash to'g'risida", "Ta'lim to'g'risida" qonunlar qabul qi-lindi. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida qo-nunlami mukammallashtirish maqsadida 2000 va 2003-yillarda 0'zbe-kiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan "Standartlashtirish to'g'risi-da", "Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to'g'risida", "Metrolo-giya to'g'risida"gi qonunlarga o'zgartirishlar kiritildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |