2.2. 0'zbekistonda standartlashtirish
0'zbekistonda o'lchashlar sohasida standartlashtirish ishlarini tashkillashtirish 1923-yilda Toshkentda Turkiston Markaziy oMchovlar va tarozilar idorasini tuzish bilan boshlandi, keyinchalik bu idora 0‘lchovlar va tarozilar palatasiga aylantirildi.
Toshkent shaharida Sirdaryo (Toshkent shahriga, uyezdiga, Sirdaryo viloyatiga xizmat ko'rsatadi);
Samarqand shaharida Samarqand (Samarqand va Amudaryo viloyat-lariga xizmat ko'rsatadi);
Qo'qon shahrida Farg'ona (Farg'ona viloyatiga xizmat ko'rsatadi);
Poltaratsk shahrida Turkmaniston (Turkmaniston viloyatiga xizmat ko'rsatadi); Poltaratsk - Ashxobod shahrining eski nomi;
30
Olma-otada Yettisuy (Yettisuy viloyatiga xizmat ko'rsatadi) qiyos-laah palatalari tashkil etildi. Bu qiyoslash palatalari keyinchalik lltndartlashtirish va metrologiya davlat xizmatlarini - davlat tekshiruv Uborttoriyalari (DTL) ni yaratish uchun asos bo'ldi.
1926-yil iyunda 0'zbekiston Ishchi-dehqon Inspeksiyasi Xalq Komissarligi qoshida standartlashtirish bo'yicha idora yaratildi. Bu Idorining asosiy vazifasi standartlashtirishni boshqarish bo'yicha apublika idorasini tuzish taklifini tayyorlash boMdi.
1930-yil mart oyida Xalq Komissarlari Soveti (XKS) 0'zbekiston SSR XKS huzurida Standartlashtirish qo'mitasini tashkil qildi.
Standartlashtirish bo'yicha 0'zbekiston Qo'mitasi standartlami lahlab chiqish va joriy etish, mahsulot sifatini yaxshilash, o'lchov va tekshirish asboblarining ishonchliligini, birxilliligini va mintaqa vaqtining to'g'ri qoMlanilishini nazorat qilishga rahbarlik qilgan. Qo'mita huzurida Mahsulot sifati bo'yicha davlat ekspertiza idorasi faoliyat ko'rsatgan. 1933-yilda bu idoraning vazifalari Mahsulot sifati bo'yicha inspeksiyaga topshirildi.
Respublikada standartlashtirish bo'yicha ishlar tarmoqlaming taklif-lari bo'yicha tuzilgan va Standartlashtirish bo'yicha Qo'mita tomonidan tasdiqlangan yillik rejalar asosida olib borilgan. Reja tarkibida quyidagi bo'limlarboMgan:
standartlami ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Butunittifoq stan-
dartlashtirish bo'yicha qo'mitaga taqdim etish;
standartlami ishlab chiqarishga joriy etish;
standartlami joriy etish va ularga rioya qilish ustidan nazorat o'r-
natish.
Standartlashtirish bo'yicha Qo'mita idoralari standartlaming joriy etilishini va ularga rioya qilinishini, meva tozalash, yog' ishlab chiqa-rish, paxta tozalash, konserva va non zavodlarida, pillakashlik, tikuv-chilik va poyabzal fabrikalarida, don omborlari, elevatorlar, qushxona-lar, g'isht zavodlarida mahsulot sifatini muttasil tekshirib borgan. Qo'-mita, shuningdek, respublika uchun xos mahsulotga respublika standart-lari (0'z REST)ni ham tasdiqlagan.
Qo'mita standartlashtirish bo'yicha ishlarga rahbarlik qilgan, ishlar rejasini tasdiqlagan, standartlashtirish va mahsulot sifatini yaxshilash bo'yicha ishlami moliyaviy ta'minlanganligini aniqlash maqsadida smeta va sanoat moliya rejalarini kelishilgan.
Tekshiruv-ekspertiza kameralarini, texnik tekshiruv idoralarini, shuningdek, mahsulot sifatini yaxshilash va standartlaming talablariga
31
rioya qilinishini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar rejalarini tashkil-lashtirishda Qo'mita qarorlari respublikaning barcha xalq komissariatlari va mahkamalari uchun majburiy bo‘lgan.
Standartlashtirish bo'yicha Qo'mita vazifalari va huquqlari kengaya bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |