Isle'mo4chi
Q oniqish
► Qiyraat qo'shuvchi faoliyat
♦ Axborotlar oqimi
1.3-rasnu Jarayonliyondashuvga asoslangan sifat menejmenti tizimi modeli (ISO 9000:2005).
ekspluatatsiya (iste'mol qilish);
utillashtirish.
Alohida bosqichlar etaplarga va jarayonlarga boMinishi mumkin.
Marketing bosqichida mahsulot buyurtmachisining talablari o'rgani-ladi. Loyihalash bosqichida iste'molchining barcha talablariga javob beruvchi mahsulotning loyihasi ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish bosqichida loyihada qo'yilgan sifat darajasi ta'minlanadi. Muomala qilishdn tashish, saqlash,' sotishga tayyorlash, realizatsiya qilish davrida shakllantirilgan sifat saqlanib qolinishi lozim. Ekspluatatsiya bosqichida sifatni boshqarishga bevosita mahsulotning iste'molchisi qo'shiladi.
23
Undan mahsulotdan foydalanishga u qanchalik savodliligiga, xususan, xizmat qilish muddati sifatga bogMiq boMadi. Utillashtirish bosqichida atrofdagi tabiiy muhitga mahsulotdan foydalanishdagi zararli ta'sirlarini ogohlantirish zarur. Korxona faoliyati utillashtirish bosqichi bilan yakunlanmaydi. Bunday muddatga korxona amalda hali faraz qilingan ehtiyojlami o'rganishni boshlashdan oldin, joriy ehtiyojlami va marke-ting faoliyatidan keyin yangi mahsulotni loyihalashtirishga o'tadi. De-mak, sifat sohadagi faoliyatning marketingdan boshlanib, to utillashti-rishgacha boMgan yangi halqasi yuzaga keladi. Mahsulot hayotiy sik-lining bosqichlari va etaplarining ajralmasligi, mahsulot hayotiy sik-lining alohida bosqichlarini tashkil etuvchi uzluksiz zanjir ko'rinishida sifatni ta'minlash modeli tadqiqotchilarga sifat muammolarini ko'rsatib turadi (1.4-rasmgaqarang).
Bu model oldin sifat halqasi (sifat spirali) deb nomlanib, ISO 9000:2005 oxirgi versiyasida "mahsulot hayotiy siklining jarayonlari" deb atalgan. Tizimning quyidagi tamoyillari fundamental boMib hisob-lanadi: sifatni boshqarish mahsulotni hayotiy siklining barcha bosqich-lari va etaplarini qamrab oladi.
SMT zaruriy elementlari tashkiliy tuzilma, usullar, resurs va jarayon-lar boMib hisoblanadi.
SMT tashkiliy tuzilmasi korxona boMinmalari va xodimlarning vazifasi va majburiyatlari, huquqlarini taqsimlanishini va tashkiliy tuzil-ma diorasida korxona boshqaruvini o'zida namoyon qiladi.
Usullar - faoliyatni amalga oshirishning o'matilgan yoMlaridir.
Resurslar. xodim, xizmat ko'rsatish vositalari, qurilmalar, texno-logiya va axborotlar.
Jarayon (ISO 9000ga muvofiq) - kirishlami chiqishlarga o'zgar-tiruvchi o'zaro bogMangan va o'zaro harakat qiluvchi faoliyat turlarining majmui.
SMT mavjudligi, uning o'matilgan talablarga muvofiqligini, agarda u hujjatlashtirilgan ko'rinishda namoyon qilingan boMsa, isbotlash mumkin. Hujjatlashtirish ishlab chiqaruvchilar, foydalanuvchilar va nazorat organlari uchun tizimning "ko'rinadigan" elementi boMib hisoblanadi.
Shunday qilib, mahsulot sifat tizimi - sifatga umumiy rahbarlikni amalga oshirish uchun zarur boMgan tashkiliy tuzilma, usullar, jarayon-lar va resurslarning majmuidir.
Shuni ta'kidlash kerakki, zamonaviy sifat tizimi ikkita yondashishga asoslanadi:
texnikaviy (muhandisiik);
ma'muriy (boshqaruvchilik).
24
Boshqaruvchilik yondashish ISO 9000 talablariga, tamoyillariga va sifat menejmenti usullariga asoslanadi.
Bundan ko'rinib turibdiki, mahsulot sifati va sifat menejmenti tizimini shakllantirishda standart asosiy, muhim ahamiyatni kasb etadi. Faoliyat turlarini esa standart shakllantiradi va bu hujjatni olish uchun o'z-o'zidan zaruriy vosita standartlashtirish bo'lib hisoblanadi. Bunda standartlashtirish texnikaviy faoliyat sifatida iste'molchining talablari kirish, chiqishida esa standart bilan mustahkamlangan sifat ko'rsatkichi - mahsulotning texnikaviy tavsifi bo'lgan jarayon ko'rinishida bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |