13
Qo'llanilish ko'rsatkichi uni qoMlash sohasi shartlarini beruvchi va u mo‘ljallanganini bajarish uchun asosiy vazifasini aniqlovchi mahsu-lotning xossasini tavsiflaydi. Mashinasozlik, elektrotexnika va boshqa mahsulotlar uchun qo'llanish ko'rsatkichi mahsulotni foydali ishi, mahsulot bilan bajarishni tavsiflaydi. Masalan, konveyerlar uchun qo'llanish ko'rsatkichi ishlab chiqaruvchanligi, uzunligi va tashish balandligi bo'lib hisoblanadi.
Resurs tejamkorligiко'rsatkichi (xomashyo, materiallar, yonilg'i va energiyadan tejab foydalanish) mahsulotning darajasi bo'yicha texnik takomilligi yoki xomashyo, materiallar, yonilg'i va eneriya iste'mol qilish darajasi xossalarini tavsiflaydi. Bunday ko'rsatkichlarga mahsu-lotni tayyorlash va ekspluatatsiya qilishdagi quyidagi holatlar kiradi:
mahsulotning solishtirma og'irligi (sifat ko'rsatkichining asosiy
birligida);
moddiy resurslardan foydalanish koeffltsiyenti;
bir dona mahsulotni ishlab chiqarishga foydali xarajatlar muno-
sabati;
foydali ish koeffltsiyenti va h.k.
Ishonchlilik ko'rsatkichL Ishonchlilik mahsulotning asosiy xossa-laridan biri boiib hisoblanadi. Mahsulotning vazifaviy javobgarligi yuqori bo'lsa, shunchalik ishonchlilikka talablar yuqori bo'lishi lozim. Mahsulotning ishonchliligi yetishmasa, ekspluatatsiya qilishda uning ishchanligini saqlab turish va ta'mirlash uchun katta xarajat qilishga olib keladi. Mahsulotning ishonchliligi ko'proq ekspluatatsiya sharoitlariga bogMiq bo'lib, bular namlik, mexanik yuklama, harorat, bosim va boshqalardir.
Ishonchlilik - bu qoMIash sharoitlarida va belgilangan tartiblarda talab etilgan vazifani bajarish imkoniyatini tavsiflovchi, texnik xizmat ko'rsatish, ta'mirlash, saqlash va tashish hamda barcha parametrlaming belgilangan qiymatlarida vaqt bo'yicha mahsulot (obyekt)ning saqla-nadigan xossasi. Mahsulotning ishonchliligi uni qo'llash sharoitlariga bogMiq holda buzilmasdan ishlashi, uzoq muddatga chidamliligi, ta'mirlanuvchanligi, saqlanuvchanlikni qamrab oladi.
Ishonchlilik ko'rsatkichlarining nomenklaturasi, ulami hisoblash va eksperimentlar yo'li bilan aniqlashning asosiy usullari tegishli standart-lar bilan tartibga solingan.
Buzilmasdan ishlashi — buyum (mashina, agregat va h.k.) ni ishla-tishning muayyan sharoitlari va rejimlarida uning o'z ishlatish ko'rsat-kichlarini talab etiladigan vaqt oralig'i yoki ishlash muddatlari mobay-
14
nida belgilangan chegaralarda saqlab qolgan holda belgilangan fimk-siyalami bajarish xossasi.
Quyidagilar buzilmasdan ishlash ko'rsatkichlari hisoblanadi: buzil-masdan ishlash ehtimoli, birinchi buzilishgacha o'rtacha ishlash mud-dati, buzilguncha ishlashi, buzilishlar jadalligi, kafolatli ishlash muddati.
LJzoq vaqtga chidamlilik - uning jismoniy va ma'naviy eskirishini hisobga olgan holda birinchi kapital ta'mirlash, zamonaviylashtirish va ro'yxatdan chiqarishgacha bo'lgan xizmat muddatini tavsiflaydi.
Uzoq vaqtga chidamlilikning asosiy ko'rsatkichlariga quyidagilar kiradi: resursi, o'rtacha xizmat muddati, birinchi kapital ta'mirlashgacha xizmat muddati, ta'mirlashlar orasidagi xizmat muddati, ro'yxatdan chiqarilgunga qadar xizmat muddati, birinchi kapital ta'mirlashgacha resursi.
Ta'mirlanuvchanlik - mahsulotning texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash vaqtida buyum buzilishl^rining oldini olish, aniqlash va bartaraf etishga moslashganligidan iborat bo'lgan xossasi.
Ta'mirlanuvchanlik ko'rsatkichlariga quyidagilar kiradi: belgilangan vaqtda qayta tiklanish ehtimoli, qayta tiklashning o'rtacha vaqti, texnik xizmat ko'rsatishning o'rtacha va solishtirma sermehnatligi, ta'mirlash-laming o'rtacha sermehnatligi,-texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash-larning o'rtacha va nisbiy qiymatlari ko'rsatkichlari.
Saqlanuvchanlik - mahsulotning shartli ishlatish ko'rsatkichlarini texnik hujjatlarda belgilangan saqlash va tashish muddatlari davomida va undan keyin ham saqlab qolish xossasi.
Saqlanuvchanlikning ko'rsatkichlari quyidagilardan iborat: saqlanish muddati, saqlanuvchanligining o'rtacha muddati.
Yuqorida ko'rib chiqilgan ko'rsatkichlardan tashqari sozlik, nosoz-lik, ish qobiliyati, buzilish, qayta tiklanuvchanlik kabi tushunchalar mahsulot ishonchliligi bilan uzviy bog'liq tushunchalardir.
Mahsulotning ko'pgina ta'mirlanadigan turlari uchun ushbu mahsulot turlari bilan bajariladigan ish birligiga almashtiriladigan qismlar sarfi ishlatish ishonchliligining muhim ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |