III. Komissiya a’zolarining majburiyatlari va javobgarligi 6. Komissiya a’zolari quyidagilarga majbur:
a) Komissiya ishida qatnashish;
b) Komissiya tomonidan qarorlar qabul qilinishida ovoz berishda qatnashish;
v) ko‘rib chiqish uchun kiritilayotgan texnik reglamentlar loyihalari bo‘yicha tegishli xulosalarni o‘z vaqtida taqdim etish;
g) ushbu Nizom talablariga rioya qilish.
7. Komissiya a’zolari ishlab chiqilgan texnik reglamentlar loyihalari, texnik reglamentlarga o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar yuzasidan o‘tkazilgan ekspertizaning to‘liqligi va xolisligi, shuningdek amal qilish muddati tugagan texnik reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar tayyorlanishi va taqdim etilishi uchun javob beradilar.
IV. Komissiyani shakllantirish 8. Komissiya Komissiyaning raisi, rais o‘rinbosarlari va a’zolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi. Ish yuritishni tashkil etish uchun Komissiya a’zosi bo‘lmagan Komissiya kotibi tayinlanadi.
Komissiya a’zolari soni toq va Komissiya raisini o‘z ichiga olgan holda kamida 5 kishidan iborat bo‘lishi kerak.
9. Vakolatli organning rahbari yoki rahbarning o‘rinbosari Komissiya raisi hisoblanadi.
10. Komissiya tarkibiga:
a) texnik reglamentlar talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradigan vakolatli organlar va davlat boshqaruvi organlari;
b) kasaba uyushmasi organlari (mehnatni muhofaza qilish yuzasidan);
g) loyihalash, ilmiy-texnik va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari vakillari kiritiladi.
11. Texnik jihatdan tartibga solish obyektining tarmoq mansubligiga qarab (aniq texnik reglament) texnik reglament ko‘rib chiqilishidan manfaatdor bo‘lgan:
a) texnik reglamentni joriy etadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining;
b) qayta ko‘rib chiqilishi, o‘zgartirishlar kiritilishi yoki texnik reglamentlar qabul qilinishi munosabati bilan bekor qilinishi kerak bo‘lgan mahsulotga, jarayonlarga, ishlar va xizmatlarga o‘zaro bog‘liq normativ hujjatlarni tasdiqlagan (qo‘llaydigan) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar va bazaviy tashkilotlarning;
v) tarmoq, ilmiy va loyihalash tashkilotlarining;
g) texnik reglamentlarni ishlab chiquvchi tashkilotlarning yetakchi olimlari va mutaxassislari Komissiya a’zolari bo‘lishi mumkin.
12. Komissiya tarkibi ushbu Nizomning 10-11-bandlarida ko‘rsatilgan tashkilotlarning taqdimnomasi bo‘yicha vakolatli organning farmoyishi (buyrug‘i) bilan tasdiqlanadi.