Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasi va ekspert kengashining huquq va majburiyatlari


VII. Komissiya majlisiga materiallarni tayyorlash tartibi



Download 27,59 Kb.
bet5/6
Sana22.07.2022
Hajmi27,59 Kb.
#838881
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
EKSPERT KOMISIYASI

VII. Komissiya majlisiga materiallarni tayyorlash tartibi
21. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari texnik reglamentlar loyihalarini vakolatli organlarga ularning vakolatiga muvofiq ekspertizadan o‘tkazish uchun quyidagicha to‘plamda kiritadilar:
a) ilova qilingan xat;
b) kitobcha holiga keltirilgan davlat va rus tillaridagi 2 nusxa texnik reglament loyihasi;
v) texnik reglament loyihasi ishlab chiqilganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma nusxasi;
g) texnik reglament ishlab chiqilishi va joriy etilishining texnik-iqtisodiy asoslanishi;
d) qabul qilinishi texnik reglament talablariga rioya etilishini ta’minlaydigan standartlashtirish bo‘yicha xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy (Yevropa) standartlar yoki boshqa normativ hujjatlar ro‘yxatidan iborat bo‘lgan ilova;
e) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining texnik reglament loyihasi to‘g‘risidagi mulohazalari haqidagi ma’lumotnoma;
j) tushuntirish xati;
z) texnik reglament loyihasi bo‘yicha kelishmovchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (kelishmovchiliklar mavjud bo‘lganda);
i) ishlab chiquvchi tashkilot va texnik reglamentni joriy etadigan davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi tomonidan tasdiqlangan texnik reglamentni joriy etish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejasi.
k) mahsulotlar va xizmatlarning texnik reglamentlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash uchun zarur bo‘lgan namunalar olish, mahsulotlarni sinash va o‘lchash metodlarini belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ro‘yxatlarini tasdiqlaydi.
Sanab o‘tilgan barcha hujjatlar, ilova qilingan xatdan tashqari, elektron shaklda ham (kelishilgan formatda) taqdim etiladi.
22. Komissiya texnik reglament loyihalarini ko‘rib chiqish jarayonida qo‘shimcha materiallarni, masalan, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo‘yicha hisobotlarni, ishlab chiqarishni texnologik jihatdan tayyorlash natijalarini, sinash bo‘linmalari akkreditatsiyasi, ishlab chiqarish laboratoriyalari attestatsiyasi, xodimlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rashga haqlidir.
23. Texnik reglamentlar loyihalari Komissiyaga tushgandan keyin ekspertizaning quyidagi turlari amalga oshiriladi:
a) texnik ekspertiza — texnik reglament nomining texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturiga, shuningdek texnik topshiriqqa (u mavjud bo‘lganda) muvofiqligini aniqlaydi, shuningdek standartlashtirish bo‘yicha tasdiqlangan normativ hujjatlarga muvofiq texnik reglamentlar bayoni va mazmunining to‘g‘riligi tekshiriladi;
b) iqtisodiy ekspertiza — texnik reglament joriy etilishining texnik-iqtisodiy samaradorligi hisob-kitobi, shuningdek tushuntirish xatida ko‘rsatilgan tasdiqlovchi hujjatlarning to‘g‘riligini tekshiradi;
v) ekologik ekspertiza — texnik reglamentlar mazmunining ekologik normalar va talablarga muvofiqligini tekshiradi;
g) sanitariya-gigiyena va epidemiologik ekspertiza — texnik reglamentlar mazmunining sanitariya-gigiyena hamda epidemiologik normalar va talablarga muvofiqligini tekshiradi;
d) metrologik ekspertiza — O‘zbekiston Respublikasining o‘lchovlari bir xilligini ta’minlash tizimining normativ hujjatlari talablariga muvofiq o‘tkaziladi;
e) terminologik ekspertiza — hujjatning davlat tilida va rus tilida ekanligini, texnik reglamentda belgilangan ilmiy-texnik atamalar qo‘llanilishi to‘g‘riligini, davlat va tarmoq terminologik standartlariga rioya qilinishini tekshirish bosqichi hisoblanadi;
j) huquqiy ekspertiza — texnik reglamentlar mazmunining qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini belgilangan tartibda tekshiradi.
24. Komissiya kotibi Komissiyaning har bir a’zosini, o‘z vakolatlari doirasida ekspertizadan o‘tkazish uchun, ushbu Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘plami bilan ta’minlaydi.
25. Komissiyaning har bir a’zosi ushbu Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan zarur hujjatlar olingan paytdan boshlab ekspertiza natijalari bo‘yicha o‘z mulohaza va takliflarini Komissiya kotibiyatiga 15 kalendar kundan ortiq bo‘lmagan muddatda yuboradi.
26. Taqdim etilgan materiallar ishchi organ tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ishchi organ ushbu materiallarni Komissiya majlisida ko‘rib chiqish uchun rasmiylashtiradi, Komissiya majlisi kun tartibini tayyorlaydi va hujjatlar to‘plamini Komissiya kotibiga taqdim etadi.
27. Komissiya kotibi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq umumiy yoki maxsus texnik reglament loyihasini ekspertizadan o‘tkazish natijalari, texnik reglamentlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek amal qilish muddati tugagan texnik reglamentlarni bekor qilish to‘g‘risidagi takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar bo‘yicha Komissiya a’zolarining fikr-mulohazalari to‘g‘risidagi ma’lumotnomani tayyorlaydi. Taqdim etilgan materiallarni Komissiya majlisida ko‘rib chiqish ishlab chiquvchi tashkilotlarning vakillari jalb etilgan holda amalga oshiriladi.
28. Komissiya majlisining kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha hujjatlar turkumida qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan materiallar (ekspert xulosalari, tahliliy ma’lumotlar, jadvallar va hokazolar) va Komissiya qarori loyihasi bo‘lishi kerak.
29. Komissiya kotibi taqdim etilgan materiallar to‘g‘risida Komissiya raisiga axborot beradi. Komissiya raisi kun tartibi va taqdim etilgan materiallar ma’qullangan taqdirda Komissiya majlisi o‘tkaziladigan vaqt va sanani, shuningdek Komissiya majlisiga taklif etiladigan shaxslar ro‘yxatini belgilaydi.
30. Komissiya kotibi ishchi organ bilan birgalikda majlis materiallarining protokol loyihasi bilan birgalikda Komissiya a’zolariga, zaruriyat bo‘lganda esa — majlisga taklif etilgan boshqa shaxslarga yuborilishini ta’minlaydi.

Download 27,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish