Tizimni yaratishdan kutilayotgan umumiy iqtisodiy unumdorlik ko’rsatkichlari.
TATU
TATU
Korparativ
Korparativ
Sifatli
Sifatli
AKTni ARMda yaratishda ishlab chiqarish, ho’jalik va texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadliligi va muhimligi bo’yicha xulosalar.
-O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-2015 yillarda axborot kommunikasion texnologiyalari asosida axborot-kutubxona va axborot resurslar bilan xizmat ko’rsatishni takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi Qarorida belgilanganidek endilikda axborot kutubxona muassasalari o’z faoliyatlarini yangi texnika va texnologiyalarni qo’llagan holda doimiy takomillashtirib borishlari zarur. Ushbu tizimni yaratish belgilangan me’yoriy talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
-AKT yaratishdagi asosiy yechimlar bu ARM fondlarining yangi turdagi resurslar bilan boyishi va bu orqali ta’lim olish jarayoni va sifatining yangi bosqichiga o’tish.
AKTni yaratish bo’yicha takliflar.
AKTni ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatini takomillashtirish bo’yicha qoshimcha moddiy texnik baza yaratish.
-Boshqaruv tizimining funksional-tashkiliy tuzulmalari bo’yicha mavjud shtat taqsimotini qayta ko’rib chiqish, boshqaruv usullarini takomillashtirish hamda AKT ta’minotlarini rivojlantirish bo’yicha multimedia resurslarini jalb qilish.
-Yaratilayotgan AKTni funksional va tashkiliy tuzulmalari bo’yicha lokal va korporativ tizim ishini to’g’ri yo’lga qo’yish.
-Yaratilayotgan AKTning boshqa AT va mavjud boshqaruv tizimining avtomatlashtirilgan qismlari bilan muvofiqlik bo’yicha multimedia Eksi ARMda mavjud AKT (ARMAT)ning EK bilan bog’lanishi.
-AKTning tizimostilari tarkibi va xususiyatlari hamda ta’minot turlari bo’yicha axborot ta’minotiga alohida e’tibor berish.
-Mavjud hisoblash texnika vositalari va yangilarni sotib olish bo’yicha tizim uchun qo’shimcha texnika sotib olish.
-AKTni yaratishga jalb etish lozim bo’lgan ishlab chiqarish tashkilotlar tarkibi bo’yicha ARM filiallarini jalb etish.
-AKTni yaratish va tadbiq qilishni oqilona tashkil etish bo’yicha ishchi guruh tuzish.
-AKTni yaratishni asosiy va qo’shimcha ichki va tashqi moliyalashtirish manbalari va moddiy ta’minot turlari bo’yicha homiylarni jalb etish.
-AKTni yaratish bo’yicha ishlab chiqarish, ergonomik va boshqa sharoitlari bo’yicha AKT yaratishga alohida e’tibor berish, ARM multimedia Eksi yaratuvchilari uchun qulay alohida kompyuter xonasi ajratish, uni zamon talabi bo’yicha jixozlash.
-Multimedia Eksiga malakali kadrlarni tanlab olish.
-AKTni yaratishda va uning ishini nazorat qilishda qatnashuvchi hodimlarni doimiy rag’batlantirib turish.