Texnik iqtisodiy asoslash Mavzu: TATU ARMlarida multimedia elektron kutubxonasi tizimi 601-14g. Axmedova N. dolzarbligi - . Ma’lumki, inson ma’umotning deyarli 80% ini ko’rish va taxminan 15% ini eshitish organlari orqali qabul qiladi. Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga yordam beradi. Dinamik visual ketma- ketlikni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlarning e’tiborini ko’proq jalb qiladi.Shundan kelib chiqib, multimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi.
- Hozirgi kunda jahonning oliy o’quv yurtlari kutubxonalarida axborot kommunikatsiya texnologiyalarining yangi bosqichlari o’z aksini topmoqda. Jumladan, aynan multimedia texnika va texnologiyalarini oladigan bo’lsak, kutubxonalar tarkibida nafaqat multimedia resurslari, balki multimedia markazlari, multimedia o’quv zallari, shuningdek, multimediali treninglar o’tkazadigan elektron trenajyorlar shakllantirilgan.
TATU ARMida multimedia elektron kutubxonasi tizimini yaratishdan ko’zlangan - Asosiy maqsad: TATU ARMida multimedia elektron kutubxonasi tizimini yaratishdan ko’zlangan asosiy maqsad bu talabalarni ta’lim olish faoliyatini sifat jixatdan yangi darajaga ko’tarish. ARM faoliyatini jahon andozasi darajasiga ko’tarish orqali universitet reytingini oshirish. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshirilishi kerak:
- TATU ARM fondini, moddiy-texnik bazasini va kadrlar ta’minotini tahlil qilish,
- TATU ARMi multimedia elektron kutubxonasi tizimini yaratish algoritmini ishlab chiqish,
- Multimedia EK tizimining axborot, dasturiy, tashkiliy va boshqa ta’minotlari masalalarini ishlab chiqish,
- Multimedia EK tizimining TATU filiallari o’rtasida korporativ tarmoqda ishlash masalalarini ko’rib chiqish.
ARMni boshqarishda va ishlarni tashkil qilishdagi kamchiliklar ro’yxati va xarakteristikasi - ARMda mavjud asosiy kamchiliklardan biri bu fond tarkibining faqat matn ko’rinishidagi resurslar bilan ta’minlanganligi. Ya’ni unda audio va video materiallarning deyarli yo’qligi.
- Kadrlarning shtat tarkibi noto’g’ri taqsimlanganligi. Xususan, “Axborot texnologiyalari” bo’limida kadrlar soni ish hajmiga nisbatan kamligi.
- Elektron o’quv zalda ochiq taqdim etilishi zarur bo’lgan SPRINGER, OXFORD UNIVERSITY PRESS bazalarining taqdim etilishida muammolar.
- TATU filiallari bilan korporativ EKdan foydalanish imkoniyatini mavjud emasligi. Buning sababi filiallarda online aloqani yaxshi ishlamasligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |