Akm va arm va kutubxonalarning xujjatlar fondini xisobga olish vazifalari turlari va shakllari



Download 21,71 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi21,71 Kb.
#259593
Bog'liq
AKM VA ARM VA K-WPS Office


AKM VA ARM VA KUTUBXONALARNING XUJJATLAR FONDINI XISOBGA OLISH VAZIFALARI TURLARI VA SHAKLLARI

Kutubxonachilik sohasida axborot texnologiyalarini tatbiq qilishning muhimligi Respublika Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorida o‘z ifodasini topgan [O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida». Ma’rifat, 2006 y. 21 iyun № 49 (7866)]. Qarorga muvofiq, viloyatlardagi ilmiy-universal kutubxonalar negizida axborot-kutubxona markazlari (AKM) hamda tuman, shahar va qishloqlardagi ommaviy kutubxonalar negizida axborot-resurs markazlari (ARM) tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Mazkur AKM va ARM lar zimmasiga aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish, kitobxonlarning ilmiy, ta’lim, axborot, madaniyat va biznes sohasidagi qiziqishlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tezkorlik bilan qondirish; kitobxonlarga an’anaviy kutubxona xizmati ko‘rsatishdan o‘z axborot resurslarini yaratish va jahon ilmiy-ta’lim axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini berish yo‘li bilan axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishga o‘tishni ta’minlash; yig‘ma elektron katalog yordamida axborot resurslarini birlashtiruvchi elektron kutubxonalar va ma’lumot bazalarini yaratish kabi bir qator vazifalar yuklatilgan. Albatta, bunday vazifalarni bajarish uchun AKM va AKM lar texnik, dasturiy, axborot, lingvistik, tashkiliy-texnologik hamda kadrlar ta’minotiga ega bo‘lishi kerak [Umarov A.A. Mamlakat kutubxonachiligi islohotlar yo‘lida: muammolar va yechimlar// Fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida internet va kutubxona-axborot resurslaridan foydalanish. To‘rtinchi xalqaro konferensiya materiallari. — T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi.-2006.- 10-15 b.]. An’anaviy kutubxonalar uchun kompyuter va boshqa bir qator texnika vositalarini sotib olish, kutubxonada lokal tarmoq barpo qilish hamda internet tarmog‘iga ulanish bilangina cheklanib, AKM va ARM yaratdek deb o‘ylash xatodir, zero zamonaviy talablarga javob beruvchi AKM va ARM larini barpo qilish o‘ta murakkab va ancha mablag‘ hamda vaqt talab qilinadigan ishlardandir. AKM va ARM lar barpo qilishdagi muammolarni tushunmaslik oqibatida noto‘g‘ri qarorlar qabul qilish, Qarorda ko‘zda tutilgan vazifalarni bajarishga to‘sqinlik qiladi. Bugungi kunda kutubxonalar uchun faqat texnika vositalarini sotib olish, o‘rnatish, kutubxonada lokal tarmoq yaratish, Internet tarmog‘iga ulash bilan cheklanib, AKM va ARM yaratdik deb o‘ylash mutlaqo noto‘g‘ridir. Matbuotda, radioda va televidenie orqali O‘zbekistonda AKM va ARM yaratildi deb bong urayotganlar qo‘yilgan masalaning mohiyatiga tushunganmikanlar? Kutubxonaga texnika vositalarini sotib olish bilangina AKM va ARM lar barpo bo‘lmaydiku. Zamon talabiga javob beruvchi AKM va ARM yaratish uchun dastlab qanday ishlarni bajarish zarur? Kutubxona texnologiyalarini avtomatlashtirishda qanday texnika va texnologiyalar hamda dasturiy vositalardan foydalanish talab qilinadi? Maqolamizda ana shunday dolzarb savollarga javob berishga harakat qilamiz.

Kutubxona texnologiyalarini avtomatlashtirishda dasturiy ta’minotning o‘rni beqiyosdir. Kutubxona texnologiyalarini avtomatlashtiruvchi tizimlar bozorining tahlili [4.Karimov U. Elektron bibliografik resurslar yaratish texnologiyasi va manbalari. T.: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «Fan» nashriyoti, 2006 . — 194 b.] da batafsil keltirilgan. Bizga ma’lumki, avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimi (AKAT) o‘zaro yagona ma’lumotlar bazasi orqali bog‘langan bir necha (dasturiy, texnik, axborot, lingvistik, tashkiliy-texnologik va kadrlar) ta’minotlardan iborat. Ana’naviy kutubxonada ushbu ta’minotlar tizimini yaratmasdan turib, AKM va ARM yaratish hech qanday samara bermaydi. AKM va ARM lar barpo qilinishi va ular to‘laqonli faoliyat yuritishlari uchun kutubxonadagi quyidagi asosiy jarayonlar avtomatlashtirilishi zarur:

• kutubxonaga qabul qilinayotgan yangi hujjatlarga avtomatik tarzda (texnik va ilmiy) ishlov berish;

• kartotekalarni, nashrlar ro‘yxatini, buyurtmalarni, xatlarni, hisobot hujjatlarini tayyorlash;

• qabul qilinayotgan hujjatlarning ma’lumotlar bazasini yaratish;

• turli mavzudagi adabiyotlar arxivini yaratish va undan nusxa olish bo‘yicha operatsiyalarni bajarish;

• kitobxonlar so‘roviga mos holda bibliografik tasvirning barcha elementlari bo‘yicha qidiruvni bajarish;

• kutubxonaning axborot va davriy nashrlarining ma’lumotlar bazalari orqali xizmat ko‘rsatish;

• jurnal maqolalarining bibliografik tavsiflari massivini yuritish;

• elektron ma’lumotnomalar yaratish;

• berilgan adabiyotlarni nazorat qilish;

• kitobxonlar va ularning formulyarlarini hisobga olish;

• berilgan adabiyotlarni kitobxonning formulyariga avtomatik tarzda yozib qo‘yish;

• kitoblarni o‘z vaqtida qaytarib berilishini nazorat qilish;

• kutubxona elektron katalogini shakllantirish, yuritish.

Yuqorida ko‘rsatilgan kutubxonadagi asosiy jarayonlar avtomatlashtirilgach AKM va ARM larida quyidagi imkoniyatlar paydo bo‘ladi:

• axborot qidiruvi tezligi oshadi;

• ma’lumotlarni bir marotaba kiritish va ulardan hujjatlarni ko‘p maqsadli qidirishda foydalanish, tanlangan axborotlarni bosib chiqarish, ma’lumotlar massivlarini boshqa foydalanuvchilarga uzatish, nashrlarni tayyorlash va boshqalar;

• turli belgilariga ko‘ra va ularning kombinatsiyalari yordamida qo‘shimcha kartoteka va ko‘rsatkichlardan foydalanmay ko‘p aspektli qidiruvni bajarish;

• o‘z kutubxonasidagi kompyuterdan foydalanib, tarmoq va kommunikatsiya vositalari yordamida boshqa kutubxona kataloglaridan va yig‘ma katalogda qidiruvni bajarish. Katta hajimdagi ma’lumotlar bazalari joylashgan optik disklarda qidiruvni bajarish va kerakli ma’lumotlarni olish;

• kutubxona fondini butlashda nashriyotlar va kitob savdosi tashkilotlarining ma’lumotlar bazalari asosida buyurtmalarni avtomatik ravishda shakllantirish va ularni bajarilishini tashkil qilish;

• kutubxonadagi barcha jarayonlarni, jumladan, kitobxonalarga xizmat ko‘rsatishni ham, hisobga olish va kutubxona statistikasini yuritish;

• kutubxona kataloglarini bir necha nusxada ishonchli saqlash;

• kutubxonaga qabul qilinayotgan hujjatlar oqimiga ishlov berish va fondni butlash xarajatlarini qisqartirish;

• yangi axborot manbalari jalb qilish hisobiga iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish doirasini kengaytirish.

Kutubxonadagi barcha asosiy jarayonlar (axborotlarni yig‘ish, ishlov berish, saqlash, qidirish, uzatish) avtomatlashtirilgach elektron kutubxona yaratish uchun zamin hozirlangan bo‘ladi va barcha asosiy kutubxona texnologiyalarini avtomatlashtirgan kutubxona Internet yoki Intranet orqali Elektron kutubxona xizmatini yo‘lga qo‘ya oladi. Eng asosiysi, kutubxonalarni avtomatlashtirish, kitobxonlarini Vatan va jahon axborotlar fazosiga chiqishini ta’minlaydi. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, kutubxonalarni avtomatlashtirish jamiyatni axborotlashtirishning muhim bir bosqichi ekan.

Bugungi kunda kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan bir qator kutubxonalarni avtomatlashtiruvchi tazimlar mavjudki, ularda quyidagi funksional bo‘limlar mavjud:

• kataloglashtirish, elektron katalog (EK), ma’lumot-bibliografik xizmat;

• optik disklardagi yoki boshqa kutubxonalardagi EK larning ma’lumotlar bazalaridan foydalangan holda, bibliografik xizmat ko‘rsatish;

• kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish (kitobxonlarni ro‘yxatga olish, kitob berish, qaytarib olish va boshqalar);

• kitob almashishni ham o‘z ichiga oluvchi fondni butlash;

• davriy nashrlarni ro‘yxatga olish va unga mos EK ni yuritish;

• kutubxonalararo abonement;

• avtomatlashtirilgan tarzda bibliografik nashrlarni tayyorlash (katalog kartochkalarini ham tayyorlash);

• kutubxonani boshqaruv (hisobga olish, statistika, kadrlar, buxgalteriya va boshqalar).

Kutubxonadagi asosiy axborot jarayonlarni avtomatlashtirish AKM va ARM barpo qilishda muhim bosqich hisoblanadi, odatda dastlab, kutubxona fondini o‘zida aks ettiruvchi elektron katalog bazasini shakllantirish bilan ish boshlanadi.

Shunday qilib, biz AKM va ARM barpo qilishda dastlab avtomatlashtirilishi kerak bo‘lgan asosiy kutubxona texnologiyalarini ko‘rib chiqdik va bu jarayonlar avtomatlashtirilmasdan AKM va ARM yaratish mumkin emasligiga ishonch hosil qildik. Ammo kutubxonada biz yuqorida ko‘rib o‘tgan jarayonlardan tashqari ham bir qator jarayonlar borki, ularni ham avtomatlashtirmay turib, kutubxonani to‘liq avtomatlashtirishga erishish mumkin emas. Keyingi yillarda RFID (radio to‘lqinli identifikatsiya) texnologiyasini kutubxonalarda tatbiq qilish to‘g‘risida ko‘plab axborotlar e’lon qilinmoqda, jumladan, Qrimda va Moskva viloyatining Zvenegorod shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyalarda, RFID texnologiyasini kutubxonalarda tatbiq qilish bo‘yicha bir qator taqdimotlar ilmiy ma’ruzalar qilindi.

RFID texnologiyasi nima ekanligini shtrix kod texnologiyasi misolida tushuntirishga harakat qilamiz. RFID texnologiyasi mohiyati bo‘yicha bir oz shtrix kod texnologiyasiga uxshab ketadi, ammo RFID ning bir qator afzalliklari bor. Qanday? Bularni aniqlashga harakat qilamiz. Rivojlangan mamlakatlar kutubxonalarida ishlatilayotgan shtrix kod texnologiyasi o‘z vaqtida kutubxonachilarga beminnat yordam ko‘rsatib kelgan, shtrix kod texnologiyasi yordamida kitob berish va qaytarib olish jarayonlari tezlashgan, xatolar soni sezilarli darajada kamaygan. Bularning barchasi, kitobxonlarga berilayotgan va qaytarib olinayotgan har bir kitob to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qo‘lda yozish zaruratini cheklash va ayni paytda bu operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga avtomatik ravishda kiritish mikoniyatini berar edi. Bu jarayonlarni avtomatlashtirishda shtrix kod texnologiyalaridan unumli foydalanilgan. Mazkur texnologiya yordamida kutubxona texnologiyalarini avtomatlashtirishda muhim bir muammo hal qilindi, ya’ni kitob berish va qaytarib olish jarayonlari, har bir kitobga biriktirilgan shtrix kod shaklidagi axborotlarni skaner qurilmasi yordamida o‘qish orqali, avtomatlashtirildi.



Dastlab, shtrix kod texnologiyalarini kutubxona jarayonlariga tatbiq qilish, kutubxonadagi barcha jarayonlarni avtomatlashtirgandek tuyuldi. Ammo, kutubxonalarda avtomatlashtirilmagan yana ikki jiddiy muammo bor ediki bulardan birinchisi kutubxonalarda o‘tkaziladigan inventarizatsiya jarayoni, ikkinchisi esa KBK, UDK yoki boshqa biror bir klassifikatsiyalash tizimi asosida joylashtirilgan fonddagi o‘z joyiga qo‘yilmagan kitoblarni qidirish va o‘z joyiga qo‘yish muammosi edi. Kutubxonachilarga ma’lumki kutubxona fondidagi har bir kitob o‘z (adresiga) o‘rniga ega, o‘z o‘rniga qo‘yilmagan kitob odatda kitobxonlar uchun yo‘qotilgan hisoblanadi va u navbatdagi inventarizatsiya paytida topiladi va o‘z joyiga qo‘yiladi. Bundan tashqari, keyingi paytda ko‘plab kutubxonalar «ochiq fond» tartibida ishlamoqdalar. Bunday holda fondlardan kitoblarning yo‘qolishi ko‘payyadi, ya’ni kitoblarni «kitob o‘g‘rilaridan» himoya qilish ehtiyoji tug‘iladi. Bunday muammolarni shtrix kod texnologiyasi hal qila olmas edi.

Fondda, bevosita har bir kitobga kontaktsiz, ma’lum bir masofadan turib identifikatsiyalash orqali inventarizatsiya o‘tkazish, inventarizatsiya jarayonini tezlashtirishning yagona usuli hisoblanadi. Kutubxona fondini inventarizatsiya qilish bu kutubxonada eng uzoq davom etadigan jarayondir. Bunda tokchadagi har bir kitob qo‘lga olinib u identifikatsiya qilinadi va o‘z joyiga qo‘yiladi. Demak, kutubxonadagi har bir kitob qo‘l bilan ushlanib, tegishli ma’lumotlar taqqoslanib so‘ngra kitob o‘z urniga qo‘ilishi kerak. Kutubxona fondida 10 000 — 15 000 kitob bo‘lganda bu shni bajarish unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ammo, fonddagi kitoblar soni 100 000 — 1 000 000 bo‘lgandachi? Bunday holda inventarizatsiya bir necha oyga cho‘zilishi mumkin. Inventarizatsiya uchun qancha vaqt ketadi? O‘z joyiga qo‘yilmagan kitoblar odatda, kitobxonlar uchun yo‘qotilgan hisoblanadi, chunki so‘rovni bajarayotgan kutubxonachi kitobni maxsus shifr bo‘yicha izlaydi, kitobni o‘z o‘rnidan topmagach, kitobxon so‘roviga rad javobini beradi. Bunday hol katta fondga ega va «ochiq fond» tartibida ishlayotgan kutubxonalarda ko‘p uchraydi. Chunki «ochiq fond» tartibida ishlayotgan kutubxonalardan foydalanayotgan kitobxonlarning kitobni o‘z o‘rniga qo‘ymaslik ehtimoli katta bo‘ladi. Masalan, Vatikan kutubxonasining «nodir kitoblar» bo‘limi fondida 2 000 000 saqlash birligi hajmida kitob saqlanadi. Bu yerda o‘z o‘rniga qo‘yilmagan kitoblarni izlash muammosi juda oson hal qilingan, ya’ni o‘z o‘rniga qo‘yilmagan kitob faqat navbatdagi invertarizatsiya paytida topilib, o‘z joyiga qo‘yilgan. Kutubxonaning «ochiq fond» tartibida ishlashining afzalliklari bilan bir qatorda kamchiliklari ham bor. Bunday tartibda ishlaydigan kutubxonalar fond xavfsizligini to‘liq ta’minlashlari lozim. Buning uchun shtrix kod texnologiyasidan tashqari, har bir kitobga o‘g‘rilanishga qarshi metka o‘rnatilishi va kitob berish kafedrasida bu metkalar faolsizlantirilishi kerak. Bunday holda kitobxonlarga mustaqil ravishda xizmat ko‘rsatish stansiyalaridan foydalanish imkoniyatlari cheklangan bo‘ladi. Shu sababli ham bu sohadagi barcha tajribalar muvofaqiyatga olib kelmadi. Shunday qilib, kutubxona texnologiyalarini avtomatlashtirishda shtrix kod texnologiyalaridan foydalanish ham o‘z imkoniyatlari chegarasiga yetdi. Mazkur texnologiya bugungi kunda zamonaviy kutubxonalar oldida turgan muammolarni hal qila olmay qoldi. RFID texnologiyasi shtrix kod texnologiyalaridagi barcha yutuqlarni o‘zlashtirgan holda, ular yecha olmagan muammolarni hal qilishga kirishdi. RFID texnologiyasi quyidagi prinsipda ishlaydi: har bir kitobga radiochastotali metka yopishtiriladi, bu metkada unikal identifikasion kod saqlanadi va kutubxonaning AKAT dagi aniq bir kitobga biriktiriladi. Maxsus qurilma yordamida metkalar identifikatsiyalanganda o‘qish qurilmasi kitob to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatik ravishda kompyuterga uzatadi. RFID texnologiyasidagi afzalliklardan biri shundaki, ma’lumotni o‘qish qurilmasi (rider) bir paytning o‘zida bir necha metkani o‘qiy oladi, bunda metkalar to‘g‘ridan to‘g‘ri riderning «ko‘rish zonasida» bo‘lishi shart emas, bu hol kitob berish jarayonini tezlashtiradi.

Ma’lumotlarni avtomatik ravishda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lgan skaner qurilmalaridan foydalanganda, shtrix kod skanerning ko‘rish zonasiga aniq o‘rnatilishi kerak edi. RFID texnologiyasi yordamida kitob berish va qaytarib olish jarayonlari avtomatlashtirilganda, kitobxon chiptasini skaner qurilmasi orqali o‘qish, har bir kitobni alohida qo‘lga olib, uni skaner orqali o‘qishga ehtiyoj qolmaydi. RFID qurilmasi bir yo‘la bir necha kitobni va kitobxon chiptasini avtomatik tarzda o‘qiy oladi va kitoblarni kitobxonning elektron formulyariga yozib qo‘ya oladi hamda berilayotgan kitoblardagi «o‘g‘rilashga qarshi» funksiyani faolsizlantiradi. RFID texnologiyasini kutubxonadagi inventarizatsiya jarayonlarini tezlashtirishda muvofaqiyat bilan qo‘llash mumkin. Bunda stellaj tokchasidagi har bir kitobni tokchadan olish, undagi shtrix kodni skaner yordamida o‘qish, kitobni o‘z joyiga qo‘yish operatsiyalari o‘rniga, stellaj tokchalari yonidan rider qurilmasi bilan bir marotaba o‘tish kifoya qiladi. Rider tokchadagi barcha kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kompyuterga uzatadi. Umuman olganda, RFID texnologiyasidan foydalanish kutubxonalagi inventarizatsiya jarayonini 20 martaga qisqartirish imkoniyatini berar ekan.

O‘z faoliyatini «ochiq fond» tartibida tashkil etgan kutubxonalarda fondni himoya qilish uchun maxsus RFID eshik o‘rnatilishi kifoya. Bu eshik, kutubxonadan ruxsatsiz olib chiqilayotgan har bir kitobga nisbatan tovush yoki nurli signal berish orqali e’tibor qaratadi. Eshik kutubxonaning AKAT ga ulangan holda kompyuter ekranida kimning qanday kitob olib chiqayotganligi aks etadi. Bunday holda fondni o‘g‘rilashga qarshi standart metkalar bilan ta’minlashga hamda bunday metkalarni faolsizlantiruvchi va faollashtiruvchi qurilmalarga ham hojat qolmaydi. Radiochastotali metka xotirasidagi sektor o‘g‘irlashga qarshi funksiyani ham bajaradi.

RFID tizimi ko‘pdan beri jahondagi juda ko‘p kutubxonalarda muvofaqiyat bilan qo‘llanilmoqda. Bu sohadagi eng yirik loyiha Singapurdagi milliy kutubxonada amalga oshirilgan. Bu yerda kutubxonani avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi RFID tizimi asosida amalga oshiriladi. Singapur milliy kutubxonasida RFID texnologiyasini tatbiq qilishdan asosiy maqsad, kitobxonlarni kutish vaqtini qisqartirish bo‘lgan. Avval kitobxonlar navbatda turib kitob olishga bir soatdan ortiq vaqt sarf qilsalar (tig‘iz paytda), RFID texnologiyasini tatbiq qilinganda bu ko‘rsatkich 10 minutga qadar pasaygan. Kutubxonadan foydalanuvchilar va qatnovlar soni keskin oshgan. Albatta, bunda «ochiq fond» g‘oyasini to‘g‘ri va ilmiy asosda amalga oshirilishining ham hissasi bo‘lgan.

Kutubxona avtomatlashtirilgan kitob berish va kitoblarni qaytarib olish imkoniyatini beruvchi stansiyalar bilan ta’minlangach, kitobxonlar tomonidan tanlangan kitoblar mustaqil ravishda rasmiylashtiriladi (kitobxon tomonidan tanlangan kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, kitob berish stansiyasi yordamida, kitobxonlarning elektron formulyariga yozib qo‘yiladi). Kitoblarni qaytarib olishga mo‘ljallangan robot-saralagich mustaqil ravishda kitoblarni saralaydi, kutubxonachi esa kitoblarni tokchalaga joylashtiradi xolos.

Vatikan kutubxonasi fondini inventarizatsiya qilishning o‘zoq vaqtga cho‘zili RFID texnologiyasini tatbiq qilishga olib kelgan. Bu kutubxonada inventarizatsiya jarayoni ikki oy davom etib, bu ishga ko‘plab xodimlar jalb qilingan. Kutubxonada RFID texnologiyasini tatbiq qilingach, ko‘p millionli fondni inventarizatsiya qilish, ikki xodim tomonidan bir kunda bajarilgan. Vatikan kutubxonasidagi kitoblarning ko‘pchiligi qadimiy kitoblar bo‘lgani uchun ham ularni o‘z o‘rnidan siljitmay inventarizatsiya o‘tkazish juda muhim bo‘lgan. 2007 yildan boshalb, Germaniyaning Gamburg shahridagi ommaviy kutubxonalarda RFID texnolgiyasidan foydalanish rejalashtirilmoqda. Yillik kitob aylanishi 2 000 000 birlikdan iborat bo‘lgan kutubxonalarda hujjatlarni berish va qaytarib olishni avtomatlashtiruvchi terminallar o‘rnatilishi ko‘zda tutilmoqda. Terminallar dastlab kutubxonaning bo‘limlarida keyinchalik esa markaziy binoda o‘rnatiladi. Loyiha ishlarini boshlash 2007 yilning aprel oyidan va 2008 yilning yoz fasliida uni tugallash mo‘ljallanmoqda. RFID tizimi amaldagi bar-kod tizimi o‘rniga tatbiq qilinadi va u kitob berish va berilgan hujjatlarni qaytarib olish operatsiyalari uchun sarf bo‘ladigan vaqtni qisqartiradi hamda fondni inventarizatsiya qilish, o‘g‘rilashga qarshi funksiyalarni bajaradi. Kutubxonadagi barcha hujjatlarga (kitoblar, jurnallar hamda DVD disklar) 13,56MHz chastotada ishlovchi passiv RFID-metkalar yopishtiriladi. Kitobxonlar kutubxonaning ixtiyoriy bo‘limidagi «ochiq fonddan» o‘zlariga kerakli kitoblarni mustaqil ravishda tanlash va qaytarib topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Kutubxonaning markaziy binosida o‘z o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi 7 ta terminal, 17 ta bo‘limning har birida bittadan terminal o‘rnatish mo‘ljallanmoqda.

Kitobxon o‘ziga kerakli kitobni tanlab uni 80x80X60sm o‘lchamli stol ustiga qo‘yadi, terminal stoliga o‘rnatilgan RFID-o‘qish qurilmasi metkadagi identifikasion unikal nomerni o‘qiydi va kerakli ma’lumotlarni kompyuterga uzatadi. Kitobni qaytarib berish operatsiyasi ham xuddi shunday bo‘ladi. Kompyuter tizimidagi AKAT sensorli ekranda kitobni qaytarib berish to‘g‘risidagi ma’lumotni tasdiqlanishini so‘raydi. Kitob qaytarib topshirilgach, tizim kitob uchun o‘g‘rilashga qarshi funksiyani faollashtiradi. Kitobni olgan kitobxon uni terminal stoli ustiga qo‘ymasa, kitobxon eshikdan chiqish paytida signalizatsiya ishlaydi. Tanlangan kitob yoki biror bir hujjatni olgan kitobxon o‘ziga kutubxonadan foydalanish huquqini beruvchi shaxsiy kartasini maxsus slotga o‘rnatishi lozim. Programma ta’minoti kim tomonidan qanday kitobni qachon olganligini nazorat qilish imkoniyatini beradi. Oktabr oyidan boshlab, kutubxona xodimlari hujjatlarni markirovka qilishni boshlaydilar. Har bir hujjatga o‘zi yopishib qoluvchi kvadrat shaklidagi RFID-metka yopishtiriladi.

Bugungi kunda RFID texnologiyasidan jahondagi juda ko‘plab kutubxonalar foydalanishmoqda. 2006 yilning birinchi yarmida turli tipdagi 250 dan ortiq kutubxonalarda mazkur texnologiyalar tatbiq qilingan. Shunday qilib, kutubxona texnologiyalari avtomatlashtirishda AKAT laridan foydalanish quyidagi kutubxona texnologiyalarini avtomatlashtirish imkoniyatini beradi:

• kitobxonlar elektron formulyarini yaratish;

• kutubxona elektron katalogini shakllantirish va foydalanish;

• kitoblarga buyurtma berish;

• berilgan buyurtmalarni bajarish;

• turli sabablarga ko‘ra rad etilgan buyurtmalar tahlili;

• kitob berish va qaytarib olishni nazorat qilish;

fondni butlashga oid masalalar;

• masofadan turib elektron katalogdan foydalanish va buyurtmalar berish;

• korporativ kataloglashtirish;

• kutubxonani boshqarish va boshqalar.

RFID texnologiyasidan foydalanish AKATlar bajara olmaydigan kutubxonadagi quyidagi:

• mustaqil ravishda (kutubxonachining ishtirokisiz) kitob berish va qaytarib topshirish;

• kutubxona fondini inventarizatsiya;

• o‘z o‘rniga qo‘yilmagan kitoblarni izlab topish;

• kitobni ruxsatsiz kutubxonadan olib chiqishga chek qo‘yish texnologiyalarini avtomatlashtirishga imkon yaratadi.

Arm va AKM xujjatlar fondining tarkibi va tuzilishini yoritib berish

Elektron hujjat - bu intellektual faoliyat maxsuli hisoblanadi. Bilim va

axborotlarni aholiga an'anaviy bosma shaklida taqdim qilishdan farqli ravishda, ularni

ixcham va qulay elektron shaklda taqdim etish - hozirgi davrda jamiyatning

rivojlantirishning harakterli jabhasi hisoblanadi. Oqibatda turli xil axborot va

ma'lumotlarga ega axborot makoni yuzaga keldi. Elektron hujjatlar va axborot

tizimining yaxlitliligi, bir birini to‟ldirishi elektron makonni yuzaga keltiradi, Bu esa

o‟z navbatida elektron kutubxonalar rolini kuchaytirishni, ularning vazifalarini qayta

ko‟rib chiqishni taqozo etadi.

Axborotlarni to‟plashning yuqori surati kerakli axborot makonidan zudlik bilan

zarur bilim va axborotlar olishning samarali yo‟llarini ochib beradigan zamonaviy

yangi usullarni qo‟llashni talab qilmoqda. Ana shunday usullardan biri elektron

kutubxonalar texnologiyalaridan foydlanishdir.

Hujjatning elektron shakli axborotlarni ixcham va ishonchli holda saqlanishi

tufayli u kutubxonalarda va boshqa axborot markazlarida, manbalarida axborot

jamg‟arma joyini tejaydi.

Elektron kutubxona - elektron hujjatlarni alohida kriteriyalar va talablarga

muvofiq tartibli to‟playdigan, ularni uzoq saqlanishini ta'minlaydigan va jamoatchilik

uchun foydalanishga yetkazib beradigan o‟ziga xos jamgarma hisoblanadi.

Elektron hujjatning to‟liq matni bo‟yicha biron bir ma'lumotni izlash katta

axborotlar makonidan relevant manbaalarni topish imkoniyatini vujudga keltiradi.

Hozirgi davrda elektron hujjatlar kutubxona faoliyatining ajralmas ob'yekti deb

tan olinmoqda. Shuning uchun kutubxonlar jamgarmasi tizimida sohasi va

yo‟nalishiga qarab ajratib olingan maxsus to‟plamlar yaratilmoqda.

Kutubxona asosan to‟rt muhim elementdan (qismdan), ya'ni foydalanuvchi,

kutubxona jamg‟armasi, kutubxona xodimi va moddiy texnik bazadan tashkil topgan.

Elektron hujjatning yana bir ustunligi uni tashkil etuvchi so‟zlari darajasida oson

bo‟linib ketish imkoniyatiga egaligidir. Shuning uchun zamonaviy dasturiy vositalar

hujjatning tarkibini to‟liq proindeksatsiya qilishlari mumkin.

Elektron hujjatdan zarur kalit so‟zlarni ajratib olish va so‟rov uchun

shakllantirish imkoniyati axborotni mutlaqo yangi texnologik asosda differension

bibliografik axborot yetkazishni tizimini yaratadi. Shunday qilib, elektron hujjatdan

foydalanuvchilarda juda katta hajmdagi axborotlarni zudlik bilan ko‟rib chiqish,

izlanayotgan mavzu bo‟yicha yangi manbaalarni topish imkoniyati tug‟iladi.

Elektron hujjatdan foydalanishning yana bir afzalligi shuki, uni bir necha

marotaba nusxa olish mumkin, bunda uning sifati kamayib qolmaydi, balki ayrim

holatlarda qo‟shimcha kompyuter ishlovidan so‟ng uning sifati ortadi.

Elektron hujjatlarni aloqa kanallari orqali tez uzatilishi foydalanuvchilarga

dunyoning bir necha mamlakatlarida va kutubxonalarida suralgan ma'lumotlarni to‟liq

tekst shaklida olish imkoniyatini yaratadi. Shunday qilib, kutubxonalarda va axborot

markazlarida elektron hujjatlardan foydalanish axborot bibliografiya xizmati

ko‟rsatish sifatini oshiradi, tezkorligini ta'minlaydi va samaradorligini oshiradi.

Kutubxonalar elektron hujjatlarni saqlash, ularni topish va ulardan foydalanishda

muhim rol o‟ynaydi.

Elektron hujjatlar bo‟yicha mavjud huquqiy baza.

Hozirgi zamon axborot texnologiyalarining taraqqiyoti to‟plangan

axborotlarni nafaqat zudlik bilan elektron shakliga o‟tkazish, balki yangi axborot

resurslarini elektron ko‟rinishda yaratish imkoniyatini bermoqda.

Axborotlarni izlash, olish va foydalanish bo‟yicha, shuningdek elektron

hujjatlarni yaratish, foydalanish va saqlash bo‟yicha xar bir davlatda zarur huquqiy

baza yaratilgan. O‟zbekiston Respublikasida ham mustakillikning dastlabki yillaridan

boshlab ilm olish, axborot resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan bir qator

qonun hujjatlari amalga kiritilgan. O‟zbekiston Respublikasida axborot, axborot

resurslari va manbalari, va uning xavsizligini ta'minlash borasida bir qator qonunlar

va qonun osti me'yoriy hujjatlari qabul qilingan. Jumladan, 2002 yil 12 dekabrda

qabul qilingan O‟zbekiston Respublikasining «Axborot erkinligi prinsiplari va

kafolatlari to‟g‟risida»gi Qonunining 1-moddasida «Ushbu qonunning asosiy

vazifalari axborot erkinligi prinsiplari, va kafolatlariga rioya etilishini, xar kimning

axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, foydalanish va

saqlash huquqlari ro‟yobga chiqarilishini, shuningdek axborotning muxofaza

qilinishini hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavsizligini

ta'minlashdan iborat» deb ko‟rsatilgan.

2003 yil 11 dekabrda O‟zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish

to‟g‟risida»gi, 2011 yil 13 aprelda «Axborot kutubxona faoliyati to‟g‟risida»gi,

qonunlari qabul qilinishi respublikada axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot

tizimlaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishda katta ahamiyat

kasb etdi.

«Axborot xavfsizligi to‟g‟risida», «Elektron hujjatlar va ularning aylanishi

to‟g‟risida»gi qonunlar qabul qilingan va amalga kiritilgan.

Elektron hujjatlar tipologiyasi.

Elektron hujjatlarni boshqarish tizimi bu elektron hujjatlarni yaratish,

saqlash, manipulyatsiya qilish va joylashtirish jarayonlarini samarali tashkil etishga

imkon beruvchi kirilmalar va dasturlar to‟plamidir.

AKM da elektron hujjatlar fondini yaratish va undan

foydalanish afzalliklari.

Fan va texnikaning misli ko‟rinmagan yutuqlariga ega hayotning o‟zi

axborotlarni yangicha, ilg‟or usulda tez yaratish, saqlash, uzatish va ularga ega

bo‟lishning qulay yo‟llarini ko‟rsatib bermoqda.

Kutubxonalar o‟z faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalarini, axborot

yetkazuvchilardan keng foydalana boshladilar. Bu o‟z navbatida axborotlarni elektron

holida tez va qulay usulda olish imkoniyatini yaratdi.

Zamonaviy kutubxonalarda axborot texnologiyalari yutuqlarini keng joriy

etilishi, elektron axborot olish usuli bosma axborot olish usulidan anchagina

qulayligini isbotlab bermoqda.

Axborot makoniga kirish, axborot olish usullari osonlashgani uchun

kutubxonalardan foydalanuvchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Bugungi kunda

elektron kutubxonalardan ilmiy-texnik axborot muassasalari, ilmiy-ta'lim jamoalari,

nashriyot va jurnallarning tahririyatlari, internet tizimidan foydalanuvchi tashkilotlar,

arxivlar, mo‟zeylar va ilmiy izlanuvchilar keng foydalanmoqdalar.

Axborot kutubxona muassasalarida elektron hujjatlar fondini boyitishdagi

muammolar.

Axborot kutubxona muassasalarida elektron resurslardan samarali foydalanish

uchun, kutubxonalarning texnik va texnologik iqtisodiy va kadrlar muammolarini xal

etish talab etiladi.

Ushbu muammolarni batafsil ko‟rib chiqamiz. Elektron hujjat intellektual

faoliyat maxsuli bo‟lganligi uchun u o‟zining qiymatiga, ya'ni ma'lum bir bahosiga

ega. Elektron hujjatning bahosi - mavjud manbalardan bepul olinadigan maxsus

bo‟lmagan axborotlarni takrorlab qayd etish yo‟li bilan olingan axborotlar, yoki milliy

va madaniy qadriyatlarni o‟z ichiga olgan oddiy ma'lumotlardan kelib chiqishi

mumkin. Ilmiy tadqiqotlar yoki texnik ishlanmalar uchun zarur bo‟lgan ma'lumotlar

qimmat turadi, shuning uchun bu ma'lumotlar foyda keltirishi mumkin. Aynan

shuning uchun ilmiy-texnik kutubxonalar uchun elektron ma'lumotlar bazasi (MB)ni

olish, oddiy ommaviy kutubxonalardan farqli o‟laroq ko‟proq moliyalashtirishni talab

etadi.

Elektron hujjatlardan foydalanish kutubxonalarni texnik jihatdan qayta



ta'minlashni taqozo etadi. Elektron resurslarni ishlab chiqaruvchilar doimiy ravishda

zamonaviy dasturiy ta'minotni foydalanish uchun o‟ta qulay bo‟lgan interfeys va

servisdan foydalangan holda kutubxonalarga yetkazib beriladigan ma'lumotlar

bazasi(MB) hajmini kupaytirib borishga intiladilar.

Resurslarga boy dasturlardan foydalanish hisoblash texnikalarini doimo

modernizatsiya qilib borishni va qo‟shimcha moliyalashni talab etadi.

Hozirgi zamon kutubxonalarining texnik jihatdan ta'minlanganlik darajasi

ulardagi kompyuterlar soni bilan emas, balki ularning konfiguratsiyasiga ham bog‟liq.

Ammo kutubxonalarning texnik jihatdan ta'minoti bo‟yicha tegishli vazirlik va

idoralardan olinadigan tahliliy ma'lumotlarda ularni nechta personal kompyuter

texnikalari bilan ta'minlanganligini ko‟rsatadi xolos. Bu holat kutubxonlar to‟g‟risida

haqqoniy ahvolini bilish imkoniyatini bermaydi. Yangi konfiguratsiyaga ega bo‟lgan

kompyuterlarni emas, balki eski kompyuter texnikalarini yetarlicha to‟plab olgan

kutubxonalarni kanday qilib zamonaviy texnikalar bilan ta'minlangan deb hisoblash

mumkin. Demak, kutubxonalarni elektron hujjatlar resursini maksimal darajada

saqlay oladigan zamonaviy kompyuter texnikalari bilan ta'minlash ham o‟ta muhim

ahamiyatga ega ishdir.

Elektron hujjatlarni o‟zok muddat saqlab turish muammosi ham kutubxonalar

uchun jiddiy muammolardan biridir.

Hisoblash va kompyuter texnikalarini ishlab chiqaruvchilar doimo ishlab

chiqarilayotgan uskunlarni va axborot o‟zatuvchilarni takomillashtirib borishga

intilmoqdalar. Lekin kutubxonalar amalda ma'lumotlarni dasturiy texnik saqlash

imkoniyatlarini bir biriga mos emasligi muammosiga duch kelmoqdalar. Masalan,

ilgari mavjud bo‟lgan DOS, WINDOWS 95, WINDOWS NT muhitida ishchi

kuchlarini avtomatlashtirish yoki ma'lumotlar bazasi(MB)ni amalga kiritishga

qaratilgan dasturiy ta'minot mavjud texnikalarning texnik imkoniyatlari bilan mos

kelmay qolmoqda.

Shuning uchun ma'lumotlarni yangi uzatkichlarini paydo bo‟lishi kutubxonalarni

zamonaviy hisoblash texnikalari, kompyuterlar va nusxa ko‟chirish texnikalari bilan

ta'minlashni taqozo etadi.

Kutubxonalarda elektron hujjatlarni jismonan but saqlash muammosi ham

mavjud. Kutubxonalarda axborot resurslarinining o‟zlaridan zarur nusxalar ko‟chirish

tizimi yo‟lga qo‟yilgan. Lekin elektron hujjatlarni yetkazuvchi resurslar ko‟payib

borayotgan bir paytda ularning asl nusxasini arxivlar uchun saqlab qo‟ymaslik

muammosi ham mavjud.

Misol uchun Respublika ilmiy-texnika kutubxonasida jami mavjud fond hajmi

36,5 mln. nusxani tashkil etadi, uning 35,5 % optik uzatkichlardagi hujjatlardir.

Mazkur kutubxona arxiv hujjatlar nusxalarini optik disklarda tayyorlashga kirishgan.

Birinchi navbatda o‟zlashtirilgan va Respublikada birichi bo‟lgan hamda patentga ega

bo‟lgan ma'lumotlar bazasi(MB)ning arxivi yaratiladi. Arxiv nusxalarini yaratish

qo‟shimcha ravishda uskunalarni va xarajat qilinadigan materiallarni sotib olishni

talab kiladi. Ayrim hollarda elektron hujjat resursi egasidan nusxa ko‟chirishdan

himoya qiladigan to‟siqni olib tashlash bo‟yicha kelishuvlar o‟tkazishga to‟g‟ri keladi.

Masalan Belorus Respublikasining «Avtorlik huquqi va aralash huquqlar

to‟g‟risida»gi Qonunida kutubxonalarga arxiv nusxalarini yaratishga ruxsat etildi,

lekin ulardan foydalanish faqat hujjatning original ya'ni asl nusxasini shikastlangan

holda yoki umuman yo‟q qilingandan so‟ng foydalanish mumkin.

Kutubxonalarda boshqa kututbxonalar va axborot markazlaridagi elektron

kataloglar(EK)ga va ma'lumotlar bazasi(MB)ga kirishning olib tashlanganligi ham

ishni bir oz kiyinlashtirmokda. Elektron hujjatlardan foydalanuvchilarni aloqa

kanallarining o‟tkazish imkoniyati, matnni tushuntirish uchun jadvallar va chizmalari

mavjud bo‟lgan katta-katta hajmdagi fayllarni yuklab olishning kiyinligi

qoniqtirmaydi. Bu holatdan chiqish uchun fikrimizcha aloqa kanallari xizmatlari

uchun haq to‟lashda kutubxonalar intilishlarini birlashtirish va ularga qandaydir

imtiyozlar berish maqsadga muvofiqdir.

Hozirgi zamon kutubxonlarining yana bir muammosi shundan iboratki, ularda

material axborot o‟zatuvchining yo‟qligidir. Ilm-fan va texnikaning taraqqiyoti

kutubxonalarga ma'lumotlar bazasi(MB)ga Internet tizimi orqali kirishni taklif etdi.

Kutubxonalar o‟zlarining o‟quvchilarining ehtiyojini ko‟ndirish maqsadida ushbu

qulaylikdan keng foydalana boshladilar. Bunda kutubxona axborotning material

uzatkichiga ega bo‟lmasdan faqat ma'lum vaqt oralig‟ida internet tarmog‟idan zarur

elektron hujjatlarni olish huquqiga ega bo‟ladi xolos. To‟liq matnga ega ma'lumotlar

bazasi(MB)ning asl nusxasini olish juda qimmat turadi. Kutubxonalarning ushbu

iqtisodiy muammosini xal qilishning birdan bir yo‟li ularni birlashmalarga yoki

konsorsiumlarga birlashishidir. Ammo birinchidan, moliyaviy kiyinchilik tufayli biror

bir kutubxonaning birlashma yoki konsorsiumdan chiqib ketishi, birlashma yoki

konsorsiumning boshqa a'zolar uchun xizmat haqini avtomatik ravishda oshib

ketishiga olib keladi. Oqibatda kutubxonalar birlashmasi yoki konsorsiumi tugatilib,

tarqalib ketishi mumkin. Ikkinchidan, davlatlararo siyosiy kelishmovchiliklar va fors

major holatlarining yuzaga kelishi ham birlashma yoki konsorsium

foydalanuvchilarining yo‟qolib qolishiga sabab bo‟lishi mumkin.

Chet el analitik xizmatlari kitobxonlarning ma'lumotlar bazasi(MB)dan chiqarib

tashlangan so‟rovlarini tahlil qilib borishlari fan texnika sohasida ularga yangi

ishlanmalar to‟g‟risida qimmatli ma'lumotlar taqdim etishi mumkin. Bu holat chuqur

ilmiy izlanishlarni talab qiladigan milliy texnologiyalar va maxsulotlarga ega bo‟lish

imkoniyatlarini cheklashi mumkin. Shunday qilib, ilmiy-texnik tematika doir chet el

ma'lumotlari bazasi(MB)ni sotib olishga qaratilgan mablaglarni iqtisod qilish katta

iqtisodiy zarar keltirishi va axborot xavfsizligiga rioya qilinmasligiga sabab bo‟lishi

mumkin.

Hozirgi iste'molchiga to‟liq matnga ega bo‟lgan ma'lumotlar bazasi(MB)ga

kirish zarurdir. To‟liq matnga ega bo‟lgan ma'lumotlar bazasi(MB)ni yaratish ishi

juda kiyin jaroayondir. Faqat yirik axborot markazlari va kutubxonalar to‟liq matnga

ega bo‟lgan ma'lumotlar bazasi(MB)ni yaratishilari mumkin. Lekin ma'lumotlar

bazasi(MB)ni yaratuvchilar o‟zlarining turli ichki formatlardagi ma'lumotlar

bazasi(MB)ni yaratish uchun turli dasturiy ta'minotlardan foydalanadilar. Bu holat esa

elektron hujjatni pechat qilishdan oldin, tarmoq preiferiy uskunasini izlash va

sozlashda dasturlarning bir biriga to‟g‟ri kelmasligi, yagona interfeysni yaratish

imkoniyatini cheklashga olib keladi.

Shuning uchun axborot resurslarini biri biriga mos keladigan formatlarda

yaratishning yagona standartlarini ya'ni andozalarini qabul qilish chora-tadbirlarini

ko‟rish zarurdir.

Bu elektron hujjat bilan ishlaydigan axborot markazlari, kutubxonalar va boshqa

davlat tashkilotlarining axborot almashinuvi borasidagi hamkorligini yengillashtiradi.

Elektron hujjatlarni kuzatib boradigan dasturiy maxsulotlar soni tobora ortib

bormoqda. Masalan, respublika ilmiy-texnik kutubxonasida 80 dan ortiq dasturiy

maxsulotlar mavjud.

Kutubxonalarda dasturlovchilardan tashqari elektron hujjatlar ma'lumotlar

bazasi(MB)ni qayta ishlaydigan veb-usta va tarmoq administratori ham talab etiladi.

Bu og‟ir ishlar yo‟lga kuyish katta malaka va ish tajribaga ega bo‟lgan

mo‟taxassislarga bog‟liq. Dasturlovchilarning malakasini oshirish uchun katta

moliyaviy mablaglar talab etiladi. Shu sababdan dasturlovchilarning malakasini

oshirish markazlarini tizimini tashkil etish va uni amalga oshirish zarurdir.

Shuningdek dasturlovchilarning oylik maoshlarini ko‟tarib borish ham hozirgi

zamon talabidir.

Elektron hujjatlarni yaratish, saqlash va uzatishda mualliflik

huquqiga rioya etish.

Elektron hujjatlari fondini yaratishning turli usullari mavjud. Ulardan biri

Generatsiya usulidir.

O‟zining elektron hujjatlar fondi hujjatlarini generatsiya qilish usuli bilan

yaratilgan hujjatlarga, - raqamlashtirilgan kam nusxali nashrlar, kamyob nashrlar,

monografiyalar, kam nusxada nashr qilingan sarg‟aygan adabiyotlar,

konferensiyalarning mexnat maxsullari, leksiyalar, ilmiy tadqiqot ilmgoxlarida chop

etilgan institut xodimlarining yubiley maqola to‟plamlari, yoki ularning nashrlar

uchun tayyorlagan elektron maketlari, dissertatsiyalar va yordamchi hujjatlar kiradi.

Hujjatning original nashr maketidan elektron hujjatlar fondi(EXF)ga kiritish

uchun foydalanish - iqtisodiy va texnologik nuqtai nazardan optimal variant

hisoblanadi.

Agregatsiya deb, avvaldan elektron hujjatlar fondida (EXF) da saqlanayotgan

elektron hujjatlar kolleksiyasini mualliflik huquqiga rioya etgan holda ochiq

foydalanishga ruxsat etilgan yoki kirishi litsenziyalanlgan shartlarda o‟zining elektron

hujjatlar fondiga kiritib olishga aytiladi.

Elektron hujjatlar almashinuvi. Elektron hujjatlar fondi boshqa tashkilotlar

bilan amalga oshiriladigan elektron hujjatlar almashinuvi natijasida to‟ldirib boriladi.

Bu usul elektron hujjatlar fondini boyitish maqsadida tegishli tashkilotlarning o‟zaro

hamkorligi natijasida amalga oshiriladi va mexnat hamda material xarajatlarni

sezilarli ravishda tejaydi.

Elektron hujjatlar fondi(EXF)ni shakllantirish manbaalari kuyidagilardan iborat:

- EXF da mavjud hujjatlarni raqamlashtirish;

- Elektron hujjat muallifi yoki nashriyotchisidan hujjatning elektron

versiyasini olish;

- olib yuriladigan uzatkichlardan elektron hujjatning qonuniy nashrini sotib

olish.


Mualliflik huquqi. Elektron axborot resurslaridan foydalanuvchilarining

axborot resurslariga erkin kirib borishlarini ta'minlash, bunda mualliflik huquqiga

rioya etish muammosi ham ijtimoiy muammolardan hisoblanadi.

Bugungi kunda axborot kutubxona muassasalari(AKM) mualliflik huquqi

muammosiga ham duch kelmoqdalar. Mualliflik huquqiga rioya qilish muammosi

kutubxonalar va axborot markazlari uchun dolzarb muammolardan hisoblanadi.

Bir tomondan qonun bo‟yicha kutubxonalar va axborot markazlari mualliflik

huquqiga kat'i rioya qilishlari shart. Ammo, ikkinchi tomondan ular

foydalanuvchilarga o‟qib o‟rganish, fan ta'lim, ilmiy ishlar va izlanishlar uchun yetarli

shart sharoitlar yaratib berishlari lozim. Mualliflik huquqi masalasi axborot

texnologiyalari sohasida xizmat ko‟rsatishning hal qiluvchi rol o‟ynaydi.

O‟zbekiston Respublikasining «Mualliflik huquqi to‟g‟risida»gi Qonuniga

muvofiq kutubxonalarga jismoniy shaxslarga ommaviy axborot vositalarida, ya'ni

gazeta jurnallarda va to‟plamlarda chop etilgan ayrim maqolalardan va kichik

hajmdagi asarlardan nusxa ko‟chirishga ruxsat etilgan. Elektron hujjatdan nusxa

ko‟chirish turlari har xil bo‟lishi mumkin. Ularni SD disklarga yoki fleshkalarga

yozib berish mumkin.

Ammo kutubxona ma'muriyati axborot resursi muallifi bilan tuzgan

shartnomada ularni foydalanuvchilarga va ma'lumot tarqatuvchilarga qay tarzda nusxa

ko‟chirib berish masalalarini aniq belgilab olishi zarur.

Axborot resursi (maqola yoki ilmiy ish) muallifi o‟zining ma'lumotlar

bazasi(MB)dan ayrim maqolasi yoki ilmiy ishlaridan nusxa olishga ruxsat berishi va

aksincha nusxa olishni taqiqlashi ham mumkin.

Ma'lumotlar bazasi (MB) egalari uchun qonundagi umumiy talab ularning

ma'lumotlar bazasi(MB)dan to‟liq nusxa ko‟chirish va ularni uchinchi shaxslarga

berish taqiqlanadi.

Ayrim foydalanuvchilarning «Mualliflik to‟g‟risida»gi Qonun talablarini

bilmasliklari oqibatida ular ba'zan kutubxonalar yoki axborot markazlaridagi

ma'lumotlar bazasini to‟liq sotib olish yoki ulardan to‟liq nusxa ko‟chirish taklifi bilan

murojaat qilishadi. Bu vaziyatda kutubxona yoki axborot markazlari vakillari

foydalanuvchilarga elektron resurslar mualliflarining yoki elektron resurslar

tarqatuvchilarining manzillarini berishga xarakat qilishadi va shu bilan bir qatorda

ushbu ma'lumotlar bazasi(MB)ning reklamasi bilan ham shug‟ullanishadi.

Axborot kutubxona muassasalarida mualliflik huquqi to‟g‟risidagi qonun

talablarini buzilishi holatlari ularga nisbatan jinoiy ish ochilishiga va tegishli sudlarga

da'vo arizalarini kiritilishiga sabab bo‟ladi. Xorijiy mualliflarning mualliflik

huquqlarini buzilishi esa xalqaro maydonda kungilsiz siyosiy tortishuvlarga va

xalqaro sudlarda o‟z manfatlarini himoya qilishlariga majbur kiladi.

O‟zbekiston Respublikasi milliy kutubxonalari ham xorijiy mualliflarning

mualliflik elektron hujjatlarini xalqaro kitob almashinuvi bo‟yicha olib turishini

hisobga olsak, mualliflik huquqi borasidagi qonun hujjatlar talablariga rioya etish

muammosi bizning kutubxonalarimiz va axborot markazlarimiz uchun ham o‟ta

dolzarbligini tushunamiz.

Kutubxonalar va axborot markazlari Internet tarmog‟ida ham mualliflik huquqini

buzilishi muammosiga ham duch kelmoqdalar. Global kompyuter tarmog‟i - kun

sayin jadal rivojlanib borayotgan bugungi kunda axborot resurslarini taqdim etadigan

yangi yirk vosita hisoblanadi.

Tarixdan ma'lumki, qonun ijodkorligi har doim ham, tez rivojlanib borayotgan

axborot texnologiyalari taraqqiyoti bilan birga yuravermaydi. Ayrim hollarda elektron

axborot resurslaridan foydalanishda, ularni qayta ishlash va uzatish muammolarga

duch kelganimizda qonun hujjatlarimizning orqada qolib ketganini sezamiz. Oqibatda

bir qator vazifalarni butkul hal etish to‟g‟risida karor qabul qilishga to‟g‟ri keladi.

Bugungi kunda tez o‟zgarib borayotgan hayotning o‟zi Internet tarmog‟idan

olinayotgan axborot resurslaridan foydalanish bo‟yicha qonun hujjatlarimizni ham

takomillashtirib borishni talab etmoqda.

Yuqorida qayd etilgan muammolarni xal etishda va boshqa zarur vazifalarni

bajarilishini ta'minlashda nafaqat respublikamiz axborot texnologiyalari bo‟yicha

faoliyat yuritadigan tashkilotlar, axborot kutubxona muassasalarining, balki

O‟zbekiston bilan bu borada hamkorlik kilayotgan ilg‟or davlatlarning

mo‟taxassislarining bilim va tajribalarini o‟rganish, ularni birlashtirish zarur.

Ilmiy texnik, iqtisodiy va huquqiy vazifalarni hal etishda yagona strategik,

texnologik qarorlar qabul qilish elektron hujjatlarni yaratish, saqlash va tarqatishda



axborot resurslaridan foydalanuvchilarga va axborot tarqatuvchilarga samarali xizmat

ko‟rsatish imkoniyatini yaratadi.
Download 21,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish