Talabalar uchun qisqa tanaffus paytida “ Oson kitob yuklash” tizimini yaratish
Kirish. 1. Ishni boshlash va tugatish sanasi: 04.04.2022-30.04.2022. 2. Buyurtmachi tashkilot nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti. 3. Loyiha ishtirokchilari nomi: TATU, “Axborot kutubxona tizimlari” kafedrasi. 4. Manbalar ishlarning hajmi va moliyalashtirish tartibi. 5. Texnik iqtishodiy asosni olib borishda qo’llaniladigan me’moriy-huquqiy hujjatlar: O’RQ-280 sonli qonun, PQ-4354 sonli qaror, VMq-198 sonli qaror.
2. Obyekt va mavjud boshqaruv tizimining harakteristikasi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (sobiq Toshkent elektrotexnika aloqa instituti) 1955 yilda tashkil topgan. 2002 yil 30 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PF-3080 Farmoniga binoan Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga aylantirildi. Universitet va uning mintaqaviy filiallarida 10242 talaba tahsil oladi, jumladan 9858 bakalavriat talabalari va 384 nafar magistrantlar tashkil etadi. Universitet axborot resurs markazi umumiy fondining 322 mingdan ortiq adabiyotni o‘z ichiga oladi, undan 194 ming o‘quv adabiyoti, 100859 – ilmiy fondi, 13 mingdan ortig‘i esa elektron adabiyotni tashkil etadi. Ingliz tilidagi chet el o‘quv adabiyotlari fondi 16 mingni tashkil qiladi. ARM ikkita dastur IRBIS va ARMAT da ishlaydi. ARM barcha fondi bu ikki dasturga kiritilgan. ARM fondida 58 ta doktorlik dissertatsiyasi mavjud.Universitet 5 ta katta binodan iborat bolib, asosan ARM bitta asosiy binodaa joylashgan. Ushbu lohiyamizni amalga oshirishda ya’ni yaratadigan tizimimizni samaradorligini ko’rsatishda ushbu universitet har tomonlama mos keladi.
3. Tizimni yaratish maqsadi, me’zonlari va yaratish to’siqlari. Tizimni yaratishdan asosiy ko’zlangan maqsad: Foydalanuvchilarga ma’lumotlarni tez va oson yetkazish. Hozirgi kunda ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish tezligi ortib ketmoqda. Bunga sabab foydalanuvchilarning talabi hisoblanadi. Malumotlarni yetkazish tezligi yuqori bolgan tizimlarga talab kuchaymoqda. Albatta bu foydalanuvchilar uchun vaqt unumdorligini yuzaga keltiradi. Universitet ARM foydalanuvchilari qisqa tanaffus yoki qisqa vaqt ichida oson ma’lumotlarni qo’lga kirishlari mumkin. Bunda ulardan ARM ga tashrif buyurish talab qilinmaydi. Chunki, ular har bir binoga kiraverishda “ Oson kitob yuklash” tizimidan foynalanishlari mumkin.
Tizimni yaratish to’siqlari: 1. Universitet ushbu tizimni o’zida mujassamlashtirishga texnik jihatdan tayyor emasligi. 2. Moliyaviy iqtisodiyotning yetishmasligi. 3. Tizimni rivojlantiradigan tajribali mutaxassislarning yetishmasligi. 4. Fontda mavjud ba’zi hujjatlarning elektron shakli mavjud emasligi.
4. Yaratilgan tizimning funksiyalari va vazifalari. ● foydalanuvchilardan ushbu tizimdan to’liq foydalanishlari uchun “kitobxonlik guvoxnoma”sidagi 4 xonali raqam talab qilinadi. ● foydalanivchi kerakli hujjatni topishi uchun hujjatning nomini yoki muallifini bilishi lozim. ● foydalanuvchilarga ARMda mavjud barcha hujjatlarni va ma’lumotlarni QR kod orqali taqdim etadi. ● foydalanuvchilarda ortiqcha vaqt va masofa talab qilmaydi. ● foydalanuvchilar ma’lumotlarni 3 tilda o’zbek, rus, ingliz tillarida izlashlari mumkin. ● agar foydalanuvchida qarzdorlik mavjud bolsa, ekran tepasida qarzdorlik aks etib turadi. ● agar foydalanuvchida qarzdorlik ko’p bo’lsa, ushbu foydalanuvchi tizimdan foydalana olmaydi.
5. Tizimni yaratishdan kutilayotgan texnik-iqtisodiy natijalar. - Universitetdan uchbu tizim texnikasini mujassamlashtirish uchun alohida maxsus xona yoki joylar talab qilinmaydi, texnika asosan devorga o’rnatiladi. - “Oson kitob yuklash” tizimini bilan ishlaydigan mutaxassislar uchun ishchi o’rin ajratish. - tizimni yaratish uchun universitetni texnik jihozlar bilan ta’minlash. - tizimni butun davlat bo’yicha ( ish xonalar, maktablar va hokazo ) keng rivojlantirish .
6. Xulosa va takliflar.
Tizimni yaratishdan maqsad foydalanuvchilarning qisqa vaqt ichida kutubxona fondiga murojaatlarini oson amalga oshirish. Chunki qisqa tanaffuz vaqtida foydalanuvchilar kutubxonaga murojaat qilishga ulgura olmasliklari mumkin va bu foydalanuvchilarda har xil noqular holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Ushbu tizim foydalanuvchilaga ma’lumotlarni oson topishga va ortiqcha vaqt sarflamasliklariga yordam beradi.
Bu tizimni yaratishdan maqsad kutubxonaga bo’lgan ehtiyojni oshirish, kutubxona foydalanuvchilar sonini ko’paytirish va kutubxonachilik yo’nalishida yangi innovatsion goya va imkoniyatlarni vujudga keltirish.