Muhammad al – Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 690-19 guruh talabasi Sayfiyeva Laylo Mavzu: Kompyuterning ona platasi va arxitekturasi O’qituvchi: Axrorov Faxriddin Urinboyvich Fan: Kompyuterni tashkil etish Kompyuter haqida umumiy ma’lumot. Kompyuter – inglizcha so’z bo’lib, u hisoblovchi demakdir. U hozirda faqat hisoblovchi bo’lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi.Shunga qaramasdan, hozirda uning eski nomi – kompyuter saqlanib qolgan.Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avvalo shuni aytish lozimki, ko’pchilikning tushunchasida go’yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor xolos. - Kompyuter haqida umumiy ma’lumot. Kompyuter – inglizcha so’z bo’lib, u hisoblovchi demakdir. U hozirda faqat hisoblovchi bo’lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi.Shunga qaramasdan, hozirda uning eski nomi – kompyuter saqlanib qolgan.Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avvalo shuni aytish lozimki, ko’pchilikning tushunchasida go’yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor xolos.
- Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
Komyuterning ona platasi va arxitekturasi Biz «Tizim platasi» deb nomlayotgan qurilmamiz o‘sha siz bilgan «ona plata» yoki «materinskaya plata» dir. Qurilmaga nisbatan «ona» iborasini ishlatish biroz noqulay bo‘lgani uchun biz uni «tizim platasi» deb nomladik. Inglizchada bu qurilma «Motherboard» yoki «Mainboard» deb ataladi. Tizim bloki ochib ko‘rilsa, uning yon devoriga vertikal ravishda mahkamlab qo‘yilgan kattaroq elektron sxemaga ko‘zingiz tushadi. Mana shu «tizim platasi» hisoblanadi. Tizim platasi aynan nima ish bajaradi, qanday vazifalari bor, bularni bilish uchun avval tizim bloki (keys)ning ichida qanday qurilmalar borligini va ular nima ish qilishini qisqacha aytib o‘tamiz. 1) Ozuqa bloki («blok pitaniya»). 2) Tezkor xotira ( RAM , DDR). 3) Doimiy xotira ( Hard disk,HDD) 4) Prodsessor (SPU) 5) Videokarta (VGA) 6) Modem 7) DVD (CD) ROM 8) BIOS Ozuqa bloki («blok pitaniya»). Ma’lumki, kompyuterning barcha qurilmalari elektr energiyasi hisobiga ishlaydi. Lekin, elektr manbalaridan olinadigan elektr energiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuter qurilmalariga ulab bo‘lmaydi. Buning uchun avval elektr toki va kuchlanishini biroz pasaytirish, uni qayta ishlash kerak bo‘ladi. Ozuqa bloki aynan shu ishni amalga oshiradi. Agar u ishdan chiqsa, kompyuterning birorta qurilmasi ishlay olmaydi. Shuning uchun kompyuter yig‘dirayotganimizda quvvati kattaroq bo‘lgan ozuqa bloki olish kerak bo‘ladi. 2) Tezkor xotira (RAM, DDR). Kompyuterning ishlashi jarayonida foydalanuvchi uchun zarur bo‘lgan ba’zi ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlab turish kerak bo‘ladi. Mana shu vazifani tezkor xotira amalga oshiradi. Tezkor xotira ham, boshqa qurilmalar singari, elektron sxema ko‘rinishida tayyorlangan. 3) Doimiy xotira (Hard disk, HDD). Foydalanuvchiga tegishli bo‘lgan barcha audio, video, matnli yoki dasturiy ma’lumotlarni saqlab turish uchun kerak bo‘lgan qattiq metall yoki keramik disk. Doimiy xotiraga ma’lumotlar o‘zidan-o‘zi tushib qolmaydi. Unga fleshkalardan, CD yoki DVD disklardan, blutusdan, Internet tarmog‘idan ma’lumotlarni yozish mumkin. Va aksincha, doimiy xotiradagi ma’lumotlarni turli ko‘rinishlarda chiqarish qurilmalariga uzatish mumkin: printerga, monitorga, audio dinamikka va hokazo. 4) Protsessor (CPU). Kompyuterga foydalanuvchi tomonidan berilgan buyruqlarni qayta ishlab, bajarish, kompyuter ichida raqamli ma’lumotlarni qayta ishlash kabi vazifalarni aynan protsessor bajaradi. Protsessor hamma qurilmalar bilan «aloqada bo‘lib turadi». Kompyuterning ishlash tezligi aynan protsessorning takt chastotasiga bog‘liq bo‘ladi. 5) Videokarta (VGA). Videokarta monitorga uzatilishi kerak bo‘lgan qo‘zg‘almas yoki harakatli, ikki o‘lchamli (2D) yoki uch o‘lchamli (3D) rang-tasvirlarning hisob-kitobini qiladi. Videokarta kompyuterning asosiy protsessoriga va tezkor xotirasiga haqiqiy yordamchi vazifasini o‘taydi. 6) Modem. Agar kompyuterdan Internetga mavjud telefon tarmog‘i yoki liniyalari orqali ulanmoqchi bo‘lsak, bizning kompyuter va tashqi tarmoq o‘rtasidagi bo‘glanish va moslashish jarayonlarini aynan modem bajaradi. 7) DVD (CD) ROM. DVD disklardan ma’lumotlarni doimiy xotiraga olish uchun bu disklarni DVD disk yurituvchiga qo‘yish lozim. U lazer nuri yordamida diskka «o‘yib» yozilgan raqamli ma’lumotlarni kompyuterga «o‘qib, tushuntirib beradi». 8) BIOS. Bu doimiy xotira qurilmasi bo‘lib, unga kompyuter «ishlab keta olishi» uchun yetarli bo‘lgan dastlabki ma’lumotlar, sana, vaqt yozib qo‘yilgan bo‘ladi. Kompyuterni o‘chirib, qayta yoqqanimizda ham sana, vaqt saqlanib turadi. Buning uchun tangaga o‘xshash yordamchi batareyka o‘rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |