Diagnostikalash ob’yekti avtotransport vositasi va (yoki) uning tarkibiy qismlari bo‘lishi mumkin.
Diagnostikalash ob’yekti diagnostikaning zarurati va imkoniyatlari bilan tavsiflanadi. Uning zarurati texnik holat o‘zgarishi qonuniyatlari va iqtisodiy maqsadga bog‘liq bo‘lsa, imkoniyati —diagnostik ta’minotga bog‘liq. Diagnostik ta’minot avtotransport vositasi hayoti siklining barcha bosqichlarida diagnostikalashni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qoida, usul, algoritm va vositalarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan majmuini tashkil etadi. Ob’yektning diagnostikalashga moslashganligini ta’minlash uchun loyihalash bosqichida diagnostik ta’minotni ishlab chiqish kerak. Buning uchun diagnostika modeli tahlil etiladi.
Avtotransport vositasining berilgan vositalar bilan diagnostikalash (nazorat)ga yaroqliligini tavsiflaydigan xususiyatini diagnostikalashga moslashganlik (nazoratga yaroqlilik) deb ataladi.
Diagnostikalashga moslashganlik avtotransport vositasi konstruksiyasida kirish moslamalari, nazorat nuqtalari, doimiy o‘rnatilgan datchiklarning borligi, diagnostika o‘tkazishning texnologik qulayligi, diagnostika vositalarini ulash uchun ajratish-yig‘ish ishlarini kamaytirish hamda ulardan foydalanishda fiziologik qulaylik talablari bilan tavsiflanadi.
Nazoratga yaroqlilik koeffitsiyenti (bitta diagnostik amalni bajarganda):
bu yerda: Ta — bevosita diagnostikalash mehnat sarflarini tavsiflaydigan asosiy mehnat hajmi (kerakli ish tartibotlari va texnik diagnostikalash vositalarini belgilash, o‘lchash, o‘lchangan qiymatni me’yoriy qiymat bilan solishtirish, o‘lchov natijasini qayd etish );
Tq - qo‘shimcha mehnat hajmi (diagnostikalash amallarini bajarish uchun kerak bo‘ladigan o‘lchov o‘zgartgichlari va boshqa moslamalarni o‘rnatish va yechish mehnat hajmi va nazorat nuqtalariga kirishni ta’minlash va diagnostikalashdan so‘ng ob’yektni avvalgi holiga qaytarish uchun sarflanadigan mehnat hajmi).
Bo‘laklarga ajratmasdan diagnostikalash koeffitsiyenti quyidagicha topiladi:
bu yerda: Pn — o‘lchash uchun ajratish-yig‘ish ishlarini talab etmaydigan mazkur diagnostikalash buyumining nazorat parametrlari soni;
Pu — mazkur diagnostikalash nazorat parametrlarining umumiy soni.
Avtotransport vositasining diagnostikalashga moslashganlik xususiyatiga uni loyihalayotganda asos solinadi. Ob’yekt va uning tarkibiy qismlari konstruksiyasi nazorat nuqtalariga qulaylik bilan yaqinlashishni uzel va mexanizmlarni bo‘laklarga ajratmasdan ta’minlashi kerak (texnologik tuynuk va tiqinlarni ochishdan tashqari). Diagnostik jihozlar ulanish joylarining konstruktiv shakli iloji boricha sodda bo‘lishi kerak (tiqinli rezbali teshiklar, qulflash moslamasi, tuynukchalar). Diagnostikalash samaradorligi ko‘pincha ijrochi (operator-diagnost)ga bog‘liq. Diagnostikalashni yuqori malakali va tajribali avtokorxona xodimlari o‘tkazishi kerak. Zamonaviy diagnostikalash jihozlari ob’yektning texnik holati to‘g‘risida axborot olish bo‘yicha katta imkoniyatlariga ega. Olingan axborotdan foydalanish esa ko‘nikma va malakani talab etadi. Avtotransport vositalarini diagnostikalashni tashkil etish, diagnostikalash natijalarini yig‘ish va foydalanishda ijrochining roli juda muhimdir.
Odam his etish organlaridan foydalanib o‘tkaziladigan sub’yektiv diagnostikaning roli jihozning avtomatlashtirilishi va avtotransport vositalarining diagnostikalashga moslashganligining o‘sishi bilan pasayib boradi. Ayrim hollarda bu imkoniyatdan dastlabki amallarda foydalaniladi, olingan ma’lumotlar diagnostikalash vositalari yordamida oydinlashtiriladi. Masalan, inson eshitish organlari orqali qabul qilish va baholash uchun qulay bo‘lgan dvigatel shovqini tavsifining o‘zgarishi diagnostikalash vositalaridan foydalanish zarurligi to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini beradi va ayrim hollarda, agar diagnostning ko‘nikmalari imkon bersa, nuqson qidirishning keyingi yo‘nalishlarini belgilaydi. Umuman olganda, sub’yektiv omil zamonaviy diagnostik jihozni boshqarishda iloji boricha kamaytiriladi, diagnostikalash natijasiga operator yanglish harakatlarining ta’siri istisno qilinadi. Diagnostik jiqoz ekspluatatsiyasini soddalashtirish va uni o‘rta malakali xodim boshqara olishi avtotransport vositalarini diagnostikalashni keng qullashga shart-sharoit yaratadi. Diagnostikalash tizimining tasnifi 3.6- rasmda keltirilgan.
Diagnostik model diagnostikalash masalalarini yechish va algoritmlarini ishlab chiqish uchun kerak buladigan, ob’yektning faqat shaklga e’tibor beradigan (formal) tavsifidir. Tavsif analitik, jadval, vektor, grafik va boshqa shakllarda keltirilishi mumkin. Modellar ob’yekt va uning elementlari parametrlari, signallar o‘tish jarayoni, ayrim elementlar o‘rtasidagi aloqa va ta’sir hamda bu elementlarning diagnostikalash ob’yekti parametrita ta’sirini tavsiflaydi.
Aniq modellar diagnostikalash obyektining soz va har bir mumkin bo‘lgan nosoz holatlari tavsifini o‘z ichiga olaди. Aniq modellardan nisbatan oddiy diagnostikalash ob’yektlarini tavsiflash uchun foydalaniladi.
Diagnostikalash modellari funksional va tuzilmaviy bo‘lishi mumkin. Funksional modellar ob’yekt ishchi kirish va ishchi chiqishlariga nisbatan aniqlangan diagnostikalash obyektining bajaradigan vazifalarini, tuzilmaviy modellar esa ob’yektning ichki tashkil etilishiini —uning tuzilmasini tavsiflaydi. Butun ob’yektga nisbatan, ko‘proq, qidiruv chuqurligi bilan diagnostikalash uchun tuzilmaviy modellar talab etiladi. Ko‘pincha, ikkala tur modellar elementlaridan foydalaniladi.
Nihoyat, modellar aniq va ehtimoliy bo‘lishi mumkin.
Pnevmoyuritmali tormoz tizimining tuzilmaviy-natijaviy shakli 3.7- rasmda keltirilgan.
Bu shaklda diagnostikalash ob’yektining asosiy elementlari, uning tuzilmaviy parametrlari (S1…S6), xarakterli nosozliklari va diagnostik parametrlari (D1….D3) o‘zaro bog‘langan. Tuzilmaviy-natijaviy shakl strukturaviy parametrlarga, ularga tegishli diagnostik parametrlar to‘plamini mos qilib qo‘yish va tuzilmaviy parametr o‘zgarishining diagnostik parametr o‘zgarishiga bo‘lgan mantiqiy ta’sirining borligini aniqlash imkonini beradi. Keltirilgan tuzilmaviy natijaviy sxemadan ko‘rinib turganidek, tuzilmaviy parametrlar qiymatlarining o‘zgarishi tegishli diagnostik parametrlar qiymatlarining o‘zgarishiga olib keladi.
3.8- rasmda diagnostik matritsa deb ataladigan jadval keltirilgan. U pnevmatik yuritmali tormoz tizimi - diagnostikalash ob’yekti misolida qurilgan. Jadval ikki qiymatli diagnostik model bo‘lib, diagnostik va tuzilmaviy parametrlar orasidagi bog‘lanishni bildiradi. S1...S6 ustunlar diagnostikalash obyektining kutilishi mumkin bo‘lgan nosozliklari,
D1...D3 qatorlari esa qo‘llanadigan diagnostik parametrlarni bildiradi. Qator va ustun kesishgan joyidagi «1» raqami diagnostik va tuzilmaviy parametrlar o‘rtasida bog‘lanish borligini, «O» raqami esa bunday bog‘lanish yo‘qligini bildiradi. Shunday qilib, «tormozlanish yo‘li» nomli diagnostik parametr uchrashi mumkin bo‘lgan barcha nuqsonlarning birdaniga paydo bo‘lish imkoniyatini baholaydi va eng kam ma’noli diagnostik parametr bo‘lib hisoblanadi. U kompleks diagnostik parametr sifatida tormoz tizimining texnik qolatini butunicha baholash imkonini beradi.
Nuqsonning qidiruv chuqurligini oshirish uchun «g‘ildirakdagi tormozlanish kuchi» va «tormoz tizimining ishlab ketish vaqti» kabi diagnostik parametrlardan foydalaniladi. Ular 3.7- rasmda ko‘rsatilgan bog‘lanishlarga muvofiq nuqson qidirishning keyingi yo‘nalishini cheklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |