Bu diagnostik matritsada ob’yektning bitta aniq nosozligining paydo bo‘lishini ko‘rsatadigan bir ma’noli diagnostik parametr yo‘q. Nosozlikning vujudga kelish hodisalari har doim ham teng ehtimolli emas. Diagnostik matritsani ishlab chiqayotganda diagnostik parametr o‘zining me’yoriy qiymatiga yetganida, ob’yekt nosozligi vujudga kelish ehtimolligini hisobga olish mumkin.Diagnostik modellar avtotransport vositasining ekspluatatsiya sharoitlari va ishlab chiqilayotgan konstruksiyasi asosida quriladi. Ularni tadqiq qilish orqali nosozlik va buzilishlarning yuzaga kelishi natijasida xususiyatlarning xarakterli o‘zgarishlari, tuzilmaviy va diagnostik parametrlar va diagnostik parametrlarni baholash usullari belgilanadi, ishlash qobiliyati sharoitlari aniqlanadi, diagnostikalash algoritmlari ishlab chiqiladi.