Avtomobil yo‘llarining me’moriy kompozitsiyasi.
Avtomobilning harakat qilish tartibi va xavfsizligi ko‘p jihatdan haydovchi yo‘lni
qanday qabul qilishiga, ya’ni «ko‘rish muhiti» qandayligiga bog‘liq bo‘ladi.
SHahar tashqarisidagi umum foydalanadigan yo‘l
uzunligini eniga qaraganda
cheksiz uzun desak bo‘ladi. Lekin yo‘lning hammasini bir vaqtning o‘zida ko‘z
bilan
to‘liq idrok qilib bo‘lmaydi. SHuning uchun yo‘l haqidagi yaxlit tasavvur harakat
vaqtidagi ta’surotlarning ketma-ketligidan hosil bo‘ladi. SHunday bo‘lgani
uchun
(avtomobil harakat qilgandagi) qarash nuqtasi o‘tishi omillari bilan
uning harakat
tezligini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Sababi aynan shu xususiyat yo‘lning
me’morchilik loiha ob’ekti sifatida qaralishini qiyinlashtirgan bo‘lishi mumkin.
Yo‘l me’morlik loihasini tuzish ikkita miqyosda boradi:
birinchidan trassa
belgilanganda uning atrof manzaradagi asosiy, yirik elementlar bilan uyg‘un bo‘lishi
hisobga olinadi, ikkinchidan esa alohida yo‘l uchastkalarining batafsil loihasi yo‘l
o‘sha qismidagi muhit bilan bog‘lanib tuziladi. Ikkinchi vazifa birinchisidan oson
emas, sababi uni hal qilish uchun bir-birini istisno qiladigan ikkita usul ishlatiladi –
ya’ni yo‘l atrofdagi binolar, yashil muhitga mos qilinadi yoki mavjud yoki loihasi
tuzilayotgan avtomobil yo‘li qanday bo‘lishiga
qarab binolar quriladi, yo‘l
ko‘kalamlashtiriladi, bezatiladi.
Yo‘l me’morchiligidagi maqsad uning quyidagi asosiy qismlarini hosil qildi:
yo‘lning me’moriy kompozitsiyasini tuzish;
makonda yo‘l o‘tkazish;
yo‘lni manzaraga uyg‘un qilish qoida va usullarining
bir qismi sifatida manzara
loihasini tuzish.
avtomobilni haydash xavfsiz va qulay bo‘lishi uchun me’morlik ob’ekti
kompleksining bir qismi sifatida nigoh qaratiladigan (ba’zan «optik yo‘l ko‘rsatish»
ham deyiladi) ob’ektlarni barpo qilish.
insonlar va avtomobillarga xizmat qilish tadbirlarining bir qismi sifatida yo‘lni obod
qilish.
Har bitta me’morlik ob’ekti, shu jumladan, avtomobil yo‘lidagi har bitta me’morlik
ob’ekti ikkita vazifani – g‘oyaviy badiiy va hayotiy amaliy vazifani bajarishi kerak.
Yo‘l me’morligi masalasida ko‘proq makonda yo‘l o‘tkazish ya’ni atrof manzarani
hisobga olib yo‘lning makonda ravon bo‘lishini ta’minlash» usullari ko‘proq
ma’lum. To‘g‘ri
chiziq uzunligining chegarasi, uning ko‘rinarli bo‘lish bilan
bog‘liqligi belgilangan, egri chiziqlar radiusi me’yorlab qo‘yilgan, rejadagi burilish
burchaklari va yo‘lning uzun qismi o‘rtacha egriligi darajasi belgilab qo‘yilgan.
Kompozitsiya deganda hamma elementlari bir-biriga bog‘langan va uyg‘un birlikni
tashkil etadigan yaxlit asarni hosil qilish tushuniladi.
Nazorat savollari:
1.
Avtomobil yo‘llarining me’moriy kompozitsiyasi
2.
SHovqin himoya qiladigan ko‘kalamlashtirish
3.
Gaz himoya qiladigan ko‘kalamlashtirish
4.
CHangdan himoya qiladigan ko‘kalamlashtirish
5.
Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamlashtirish