5- MAVZU: AVTOMOBIL YO‘LLARINI KO‘KALAMZORLASHTIRISH
TEXNALOGIYALARI.
REJA;
1.
Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamlashtirish
2.
SHovqin, gaz va changdan himoya qiladigan ko‘kalamlashtirish
3.
Avtomobil yo‘llarining me’moriy kompozitsiyasi.
Tayanch so‘z va iboralar:
Avtomobil yo‘li, ko‘kalamlashtirish,
arxitektura-
manzaraviy obodonlashtirish, dam olish joylari, transport, texnik xizmat, inshoot.
Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamlashtirish
Yo‘llarda har darxt va butalar utqazish texnik maqsadhar uchun (yo‘llarni qor
bosishidan saqlash, yo‘l tinchlik zonasidan ochiq joyga chiqadigan yerlarda
shamolning keskin shiqdatlaridan ximoyalovchi idotalar dos il qilish), shuningdek,
yo‘lni me’moriy-badiiy bezash uchun muljallangan bo‘lishi mumkin.
YOrdan ximoyalovchi usimliklar har axtlar va butalarning qalin ko‘p qatog‘li
polosalaridan iborat bo‘lib , ular yondosh xalalardan shamol uchirib (supirib)
keladigan dorni tusib qoladi. qordan ximoyalovchi usimliklarning
eng oqdiy turi
usimliklardan hosil dilingan idotalar-ikki qatog‘li qilib qalin utdazilgan har axtlar va
butalar bo‘lib , qor ularning ordasida tuplanadi.
Qor yog‘adigan palosalar, odatda, zich shox-butog‘i
past joylashgan
daraxtlarning bir nechta qatoidan tashkil qilinib, xar tomonidan bir-ikki qator butalar
bilan o`rab olinadi. Qatorlar soni ko‘p bo‘lganida baland har-xil daraxtlar (archa,
qarag`ay, qayin, terak) Xam o‘tkaziladi. O‘rmon palosasi shamol uchirib keladigan
qor yo‘lida to`da hosil qilib, shamol tezligini kamaytiradi, bu esa o‘rmon polosasida
to`da yaqin joylarda qor o‘tirib qolishiga olib keladi
5.1
rasm
Avtomobil
magistralini
manzaxali
daraxtlar
bilan
ko‘kalamzorlashtirish:
Avtomobil yo‘llari ikki xil maqsad bilan ko‘kalamlashtiriladi: himoya maqsadida
ko‘kalamlashtirish va dekorativ maqsadda ko‘kalamlashtirish:
Himoya maqsadidagi ko‘kalamlashtirishga quyidagilar kiradi:
- er emirilishiga qarshi ko‘kalamlashtirish;
- qordan himoya qiladigan ko‘kalamlashtirish;
- qumdan himoya qiladigan ko‘kalamlashtirish;
- shovqin, gaz va changdan himoya qiladigan ko‘kalamlashtirish.
Dekorativ ko‘kalamlashtirish avtomobil yo‘lini me’moriy
badiiy bezash uchun
ishlatiladi.
Emirilishga qarshi ko‘kalamlashtirish yo‘lni yog‘in suvlarining buzuvchi ta’siridan,
shamolning emiruvchi xususiyatidan himoya qilish uchun ishlatiladi. Asosan yo‘l
cheti, qiyalik va suv oqib ketadigan ariqchalarning himoya qilinmagan tuproq yuzasi
emiriladi.
Ayniqsa mayda zarrali changsimon qum, changsimon qumoq tuproq, changsimon
oddiy tuproq, sog‘ tuproq, qumoq sog‘ tuproq, tarkibida tuproq zarrasi ko‘p
bo‘ladigan oxaktuproqning emirilishga qarshiligi kam bo‘ladi.
Agar chorasi ko‘rilmasa yo‘l yoqasidagi ko‘chadigan qumlar yo‘l qatnov qismida
to‘planib qolishi mumkin.
Tuproqni emirishdan samarali himoya qiladigan choralardan biri unga ildizi 20 sm
va undan ko‘p tuproqqa kirib zich va mustahkam chim
qatlami hosil qiladigan
o‘simlik ekish hisoblanadi.
O‘simlik qatlami tuproqni himoya qilishdan tashqari yo‘lni estetik bezash elementi
ham bo‘ladi.
Emirilishga qarshi choralarga shuningdek yo‘lni kattalashayotgan jarliklardan,
yuvilishdan, seldan, tuproq ko‘chishidan himoya qiladigan ko‘kalamlashtirish ham
kiradi. Ekin har bitta holat uchun alohida ishlab chiqiladigan loihaga qarab ekiladi.
Qordan himoya qiladigan ko‘kalamlashtirishdan maqsad yo‘l
poyini qor
to‘planishidan himoya qilish bo‘ladi. Ko‘kalamlashtirishning bu turi bitta yoki bir
nechta tasma ko‘rinishida hosil qilinadi, qorning kelishi kam bo‘lsa
archa yoki
butalardan yashil to‘siq ekiladi.
Qumdan himoya qiladigan ko‘kalamlashtirish avtomobil yo‘llarida qum to‘planishi
oldini oladi, daraxt va butali ekinlardan iborat bo‘ladi, shuningdek, qumdan himoya
qilish uchun yo‘lga tutash erdagi qumga o‘t ekiladi.
SHovqin, gaz va changdan himoya qiladigan ko‘kalamzorlar yo‘lning aholi
punktlaridan, ularga yaqin joydan o‘tadigan, kurort zonalar, davolash muassasalari,
qo‘riqxonalar, ov qilish joylari, milliy bog‘lar, qimmatli qishloq xo‘jaligi ekiladigan
dalalar yaqinidan o‘tadigan qismlari yoqasiga ekiladi. Ko‘kalamlashtirishning bu
turi maxsus tanlangan, bir necha qator qilib zich ekilgan daraxt va butalardan iborat
bo‘ladi, yo‘ldan shovqin, gaz va yo‘l qoplamasi ustida yig‘iladigan chang kelishiga
samarali to‘siq bo‘ladi.
Dekorativ ko‘kalamlashtirish avtomobil yo‘lini atrof tabiat bilan uyg‘un qiladi.
Ko‘kalamlashtirishning bu turida yangi daraxtlar, butalar ekilishidan tashqari yo‘l
yoqasidagi o‘simliklar
saqlanadi, ular atrofdagi manzara bilan uyg‘un bo‘ladigan
yoki jozibasiz joylarni berkitadigan o‘simliklar bilan to‘ldiriladi.
Dekorativ o‘simliklar harakat xavfsizligini ta’minlash uchun ham ekiladi: ular uzoq
masofadagi, ayniqsa qatnov qismidan ko‘rinmaydigan joydagi yo‘l trassasini
belgilab turadi; haydovchilarni yo‘l birikishi yoki kesib o‘tishidan
ogohlantiradi;
yon tomondan keladigan shamoldan himoya qiladi va hk.
Vazifasiga va joylashishiga qarab dekorativ o‘simliklar yo‘l yoqasidagi (keng yoki
qator qilib ekilgan) asosiy o‘simliklar, guruhli o‘simliklar va aralash (ya’ni, asosiy
va guruhli o‘simliklardan iborat bo‘ladigan) o‘simliklarga bo‘linadi.