Davolash. Izolyatsiyalangan traxeoqizilo‘ngach teshigining yo‘qotilishi, faqat
operativ yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin. Jarrohlik muolajasi tashxis
qo‘yilishi bilan amalga oshiriladi.
Operatsiyadan oldingi tayyorgarlik. Operatsiyadan oldingi tayyorgarlikni
qizilo‘ngach-traxeal teshik klinik simptomlarining ifodalanishi bilan boshlashadi.
Bolaga og‘iz orqali ovqatlanishni to‘liq man qilinadi – barcha zarur suyuqlikni
oshqozonga bir yoki ikki kunda almashtiriladigan nay orqali kiritiladi. Birinchi
kundan faol pnevmoniyaga qarshi davolashni boshlashadi: antibiotiklar,
oksigenoterapiya, ko‘krak qafasiga UVCH toklari, antibiotiklar bilan teshik
aerosol, xantal o‘rash, qon plazmasi, vitaminlarning vena ichiga kiritilishi.
57
Bola
yuqori
namlilikka
ega
qizitiladigan
kuvezda
joylashtiriladi.
Oksigenobaroterapiyaning bir necha se
an
slarini o‘tkazishadi. Operatsiyadan oldingi
tayyorgarlik muddati turlicha: 7–10 kun (yo‘qotilish yoki pnevmoniya hodisasining
sezilarli kamayishigacha).
Izolyatsiyalangan traxeoqizilo‘ngach teshigida operatsiyani endotraxeal
narkoz va qon quyilishi bilan o‘tkazishadi. Bolaning holati – chap yonda. Ko‘krak
yoshidagi bolalarda eng qulay yo‘l – ekstraplevral.
Operatsiyadan keyingi davolash. Operatsiyadan keyingi davrda bola faol
pnevmoniyaga qarshi terapiyani olishda davom etadi, chunki,
ko‘pincha
operatsiya
o‘pkadagi jarayonning keskinlashuvi
ga sabab bo‘ladi
. Bemorga
baland joy
yaratiladi, aerosol belgilanadi, doimiy ravishda yumshatilgan kislorod beriladi,
antibiotiklar, yurak vositalari kiritiladi. Operatsiyadan keyingi birinchi kun,
chapdan ko‘krak qafasiga xantal qo‘yiladi, keyingi kundan esa o‘pka sohasiga
UVCH elektr maydonini belgilashadi. Ko‘rsatmalar bo‘yicha bronxoskopiya va
shilliqning tortilishi o‘tkaziladi.
Birinchi kunlarda bolaga parenteral ovqatlanish zarur, keyin ovqatlantirishni
operatsiyada qoldirilgan ingichka nay orqali har 3 soatda kichik dozalarda amalga
oshiriladi. Suyuqlik miqdorining hisobini bola tanasining og‘irligi va yoshiga qarab
tayyorlanadi
. 2–3 kun davomida suyuqlikning 1/3 qismini nay orqali, qolgan
miqdorni – vena ichiga tomchilatib kiritiladi. Nayni 5–6-kunlar olishadi («uchma-
uch» anastomoz yaratilganida, nay orqali ovqatlantirish 9–10 kun davom ettiriladi).
6–8-kuni bola ko‘krak sutining odatiy yoshiga mos
me’yori
ni qabul qilishi kerak.
Katta yoshdagi bolalarga operatsiyadan keyingi 7–8-kundan suyuq ovqat
belgilanadi.
Pnevmoniya hodisalari yo‘q qilinganida (ko‘krak yoshidagi bolalarda, shu
bilan birga, tana og‘irligi turg‘un oshishi lozim), bemorni 20–25-kunlari uyiga
qo‘yib yuboriladi
. Javob berishdan oldin kontrast modda bilan qizilo‘ngachni
nazorat rentgenologik tekshirishadi. Oldingi teshik sohasida siqilish
aniqlan
gan
holatlarda, operatsiyadan keyin eng kamida bir oydan so‘ng, bujirlash kursini
o‘tkazishni boshlash
kerak.
58
Do'stlaringiz bilan baham: |