Тесты для самоконтроля. Книга будет полезной также для магистров и практикующих детских хирургов



Download 3,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/221
Sana06.09.2021
Hajmi3,87 Mb.
#166136
TuriТесты
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   221
Bog'liq
darslik fbx 2 tom-min

Operativ  davolash.  Operatsiyadan  oldingi  tayyorgarlik  natijalariga  ko‘ra, 
operativ  muolajaga  ko‘rsatmalar  aniqlanganidan  so‘ng,  bemorlarni  ikki  klinik 
guruhga  ajratish  maqsadga  muvofiq:  1-guruh  –  nuqsonning  radikal  to‘g‘rilanishi 
ko‘rsatilgan  bolalar  (teshikni  olib  tashlash  va  qizilo‘ngachning  atreziyalangan 
uchlari  orasida  anastomoz  yotqizilishi), 2-guruh  –  radikal  operatsiya  xavfi  yuqori, 
shunday  ekan,  bosqichli  jarrohlik bilan  davolash  maqsadga  muvofiq  bo‘lgan og‘ir 
pnevmoniya  va  birga  keladigan  tug‘ma  patologiyaga  ega  bemorlar  (1-bosqich  – 


 
51 
ikkilik ezofagostomiya yoki gastrostomiya, 2-bosqich – radikal operatsiya).  
Operativ  muolajaning  muddatlari  juda  muhim  hisoblanadi.  Tug‘ilganlaridan 
keyin  birinchi  10–12  soatda  operatsiyalangan  1-guruh  bolalari  orasida  yashab 
ketish  90  %ni  tashkil  qiladi,  bir  sutkadan  keyin  operatsiya  qilinganlar  40  %dan 
ko‘p  holatlarda  o‘ladi,  keyingi  kunlarda  letallik  geometrik  progressiya  bo‘yicha 
o‘sadi.  
Biz nuqsonning operativ sozlanishi texnik masalalarida nafaqat ular bolalarda 
operativ  jarrohlik  haqidagi  yangi  nashrlarda  batafsil  ta’riflanganligi  sababli,  balki 
operativ  muolaja  texnikasi  fakultet  jarrohligi  dasturiga  kirmaganligi  uchun  ham 
to‘xtamaslikni  ma’qul  deb  topdik.  Bizning  nazarimizda  yangi  tug‘ilganlarning 
operatsiyadan keyin chiqarilishini bilish muhim hisoblanadi.  
Operatsiyadan  keyingi  davr.  Operatsiyadan  keyingi  davrda,  bir  necha  kun 
davomida  antibiotiklar  kiritiladi. 
Durkun
  «sog‘lom»  bolalar  operatsiyadan  keyin 
tezda  dezintubirlanishi  mumkin.  Kam  og‘irlikdagi,  «kasal»  yangi  tug‘ilganlarda, 
odatda, 
O‘SV
  talab  qilinadi.  Intubatsion  trubka  mustaqil  nafas  olish  tiklanishiga 
qarab olib tashlanadi. 
Saqlanadigan sekretsiya
 sharoit yaratadigan 
a
telektazlarning 
rivojlanishida  intubatsion  trubka  orqali  traxeyaning  sanatsiyasi  ko‘rsatilgan.  Bola 
so‘lakni  yuta  boshlamagunicha,  burun-halqumdan  shilliqni  tez-tez  so‘rib  olish 
kerak.  So‘rib  olishda  anastomozning  shikastlanish  ehtimolini  yo‘qotish  uchun 
belgili  so‘rish  kateteridan  foydalanishadi.  Belgi  burundan  quloq  solinchagigacha 
bo‘lgan masofaga teng masoda qo‘yiladi.  
Ko‘krak  qafasidagi  drenaj  trubkani  10  kunga  qoldiriladi,  chunki  aynan  shu 
vaqt davomida anastomozning holati izdan chiqishi mumkin.  
Bola  so‘lakni  yuta  boshlaganidan  suyuqlikni 
oz-ozdan
  og‘iz  orqali  kirita 
boshlashadi.  Keyin  miqdorlarini  tananing  yosh  va  og‘irligiga  moslab  hisoblagan 
holda,  qorishma  va  sutga  o‘tishadi.  Agar  gastrostoma  qo‘yilgan  bo‘lsa,  unda  u 
orqali ovqatlantirishni, odatda, operatsiyadan keyingi kun boshlashadi.  
Ovqatlantirishni 
boshlashdan 
oldin 
qizilo‘ngachning 
rentgenologik 
tekshirilishini,  chiqarishdan  oldin  esa,  nazorat  bujirlanishini  o‘tkazish  majburiy 
hisoblanadi. Operatsiyadan keyingi davrda, shuningdek, birga keladigan patologiya 


 
52 
davolanadi. QA bo‘lganida siydik tizimining anomaliyalari ko‘p uchraganligi bois, 
chiqarishdan  oldin  barcha  bemorlarga  buyraklar  UTTi  ko‘rsatilgan.  Bemor  yoshi 
bo‘yicha  enteral  ovqatlanishga  to‘liq 
o‘tgach

yutishga  qiynalmasdan  hamda
 
og‘irligi  osha  boshlaganidan,  ota-onalarga  bolani  parvarishlash  qoidalari  haqida 
ko‘rsatmalar  beriladi  va  bolani  uyiga  qo‘yib  yuboriladi.  Gastrostomik  trubkani, 
agar gastrostoma qo‘yilgan bo‘lsa, odatda, chiqarishdan oldin olishadi.  
Asoratlar.
  Operatsiyadan  keyingi  eng  xavfli 
asorat
  –  anastomoz  holatining 
yomonligi,  uning  tashxisi,  odatda,  qiyin  qo‘yilmaydi,  chunki  drenaj  trubka 
bo‘lganida  u  orqali  so‘lak  kela  boshlaydi.  Agar  qandaydir  shubhalar  bo‘lsa,  unda 
og‘iz  orqali  yomon  holatda  drenajda  paydo  bo‘ladigan  metilen  ko‘k  qorishmasi 
kiritiladi.  Tashxisni  tasdiqlash,  xarakterni  aniqlash  va  holat  yomonligini 
lokallashtirish uchun bariy bilan tekshirish maqsadga muvofiq. Barcha bemorlarga 
antibiotiklar  beriladi.  Agar 
ahvol  og‘ir
  va  erta  bo‘lsa  (operatsiyadan  keyingi 
birinchi  uch  kun),  takroriy  muolaja  ko‘rsatilgan.  Bunda  kamdan  kam  holatlarda, 
anastomozda  teshikni  tikishga  erishiladi  (keyinchalik  konservativ  davolash  bilan). 
Ko‘pincha  anastomozning  to‘liq  ajralishida  distal  bo‘limni  tikishadi,  proksimal 
bo‘limni esa bo‘yinga chiqarishadi.  
Ko‘p  uchraydigan  kichik  holat  yomonligida  anastomoz,  odatda,  mustaqil 
tuzaladi  (spontan).  Yo‘l  qanday  bo‘lganligidan  qat’iy  nazar  –  trans-  yoki 
ekstraplevral,  ko‘krak  qafasining  kuchli  drenirlanishi  zarur.  Qizilo‘ngachning 
tuzalishiga  reflyuks  haqida  bildiradigan,  shuningdek,  to‘g‘ri  ovqatlanish  bilan 
ta’minlaydigan  (parenteral  yoki  gastrostoma  orqali  ingichka  ichakka  kiritilgan 
trubka orqali) dekompression gastrostomiya olib keladi. Hech qachon oshqozonga 
ovqatni  bevosita  kirgizmaslik  kerak,  chunki  bu,  o‘z  navbatida,  anastomozning 
tuzalishiga xalal beradigan reflyuksning hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Holat 
yomonligi natijasida TQT 
qaytalanishi
 va sepsis rivojlanishi mumkin.  
Anastomoz  sohasida  qizilo‘ngach  stenozi  –  yutishning  qiyinlashishi, 
aspiratsiya  (nafas  olishning  buzilishi,  apnoe,  pnevmoniya),  jismoniy  rivojlanishda 
qoloqlik,  ancha  kechikkan  holatlarda  –  ovqat  massalari  bilan  qizilo‘ngachning 
obturatsiyasi bilan namoyon bo‘ladigan yetarlicha oddiy 
asorat
. Tashxis bariy bilan 


 
53 
rentgenlash asosida qo‘yiladi. Davo – qizilo‘ngachni bujirlash.  
Gastroezofagel reflyuks (GER) ko‘pincha operativ to‘g‘rilanishdan so‘ng QA 
va  TQT  bo‘lgan  bolalarda  uchraydi.  Reflyuks  sababi  yetarlicha  ma’lum  emas. 
Anastomoz 
sohasidagi 
taranglik 
qizilo‘ngachning 
intraabdominal 
qismi 
qisqarishiga  va  Gis  burchagining  tekislanishiga  olib  kelishi  mumkin,  deb 
hisoblashadi.  Bundan  tashqari,  izolyatsiyalangan  TQTli  GER  bemorlarda 
qizilo‘ngachning  qisqarishi  yoki  uning  operatsiya  vaqtida  tortilishi  bo‘lmaganligi 
haqida  xabarlar  bor.  Bu  ma’lumotlar  GERning  rivojlanishida  qizilo‘ngachning 
tug‘ma disfunksiyasi ma’lum rolni o‘ynaydi, degan taxminni tasdiqlaydi. Reflyuks 
simotomlari  qusish,  apnoe,  aspiratsiya,  pnevmoniya,  og‘irlik  oshmasligi,  ezofagit, 
qizilo‘ngach anastomozi zonasida siqilishlarini o‘z ichiga oladi.  

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish