Тесты для самоконтроля. Книга будет полезной также для магистров и практикующих детских хирургов



Download 3,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/221
Sana06.09.2021
Hajmi3,87 Mb.
#166136
TuriТесты
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   221
Bog'liq
darslik fbx 2 tom-min

Klinika.  Izolyatsiyalangan  TQT  ancha  tekis  simptomlar  bilan  namoyon 
bo‘ladi. Anomaliyaning bu variantida, qizilo‘ngach o‘t
kazuvchan
 bo‘lganligi uchun 
bola  yutishi  mumkin.  Biroq,  kamdan  kam  holatlarda,  izolyatsiyalangan  TQTli 
bolalar  minimal  simptomlar  bilan  nisbatan 
eson-omon
  uzoq  yashashlari  mumkin. 
Odatda,  ovqatlantirish  vaqtida,  bolada  yo‘tal  va  bug‘ilish  rivojlanadi.  Ancha  katta 
yoshlarda  bu  simptomlar  quyuq  emas,  suyuq  ovqat  qabul  qilinganda  ko‘proq 
namoyon  bo‘ladi,  chunki  suyuqlik  teshik  orqali  oson  o‘tadi.  Ko‘pincha 
qaytana
digan pnevmoniya rivojlanadi, qorin shishishi kuzatiladi. Ayrim holatlarda, 
qorin  kattalashganligi  shunchalik  ifodalanganki,  hatto  Girsgprung  kasalligiga 
shubha uyg‘otishi mumkin.  
Ingichka  va  uzun  teshik  yo‘li, 
odatda
,  yangi  tug‘ilganlik  davrida  namoyon 
bo‘lmaydi.  
Bunda bolalarni ovqatlantirishda, ba’zan yo‘talning kuchli xurujlari kuzatiladi. 
Ota-onalar  bunga  e’tibor  berishmaydi,  chunki  bolaning  ma’lum  holatda 
ovqatlantirish uni xurujdan xalos etadi. Bola pnevmoniya bilan ko‘p kasallanadi.  
Keng va qisqa teshik holatida yangi tug‘ilganning ovqatlantirish deyarli doim 
yo‘tal  xuruji, 
ko‘karish
,  og‘izdan  ko‘pikli  ajralishlar  bilan  kuzatiladi.  Bunday 
bolalarda  aspiratsion  pnevmoniya  tez  rivojlanadi.  Ovqatlanishdan  so‘ng  o‘pkada 
nam  yirik  ko‘pukli  xirillashlar  miqdori  oshadi.  Bolani  tik  holatda  ovqatlantirish 
sutning teshik  yo‘li  orqali traxeyaga  tushish  ehtimolini  kamaytiradi  va  yo‘tal
  kam 
hosil bo‘ladi, ko‘karik kuzatilmaydi
.  
Ikkala  a’zo  qandaydir  masofada  bir  umumiy  trubka 
bo‘lib  ko‘ringan
  katta 


 
55 
teshik,
  birinchi  ovqatlantirishda  namoyon  bo‘ladi.  Suyuqliking  har  bir  yutilishi, 
yo‘tal  xurujini 
qo‘zg‘ay
di.  Nafasning  buzilishi  davomiy  bo‘ladi, 
keskin  ko‘karik
 
bilan  birga  keladi.  Og‘ir  pnevmoniya  va  o‘pkaning  keng  atelektazlari  tufayli 
umumiy holat 
asta-sekin
 yomonlashadi. Rentgenologik tadqiqot traxeoqizilo‘ngach 
teshigining  diagnostikasi  uchun  ma’lum  ahamiyatga  ega.  Suratlar  bilan  o‘pkada 
patologik  o‘zgarishlar  xarakterini  namoyon 
qiladi
.  Agar  klinik  va  rentgenologik 
aspiratsion  pnevmoniya  aniqlangan  bo‘lsa,  o‘pkada  jarayon  tinchlangunigacha 
maxsus tadqiqotlar (pnevmoniyani davolash operatsiyadan oldingi tayyorgarlikning 
bir qismi hisoblangan) chetga suriladi.  
Katta  bolalarda  teshik  yo‘li  qizilo‘ngachni  suyuq  kontrast  modda  bilan 
tekshirganda,  rentgenologik 
aniqlanishi
  mumkin.  Bola  rentgen  stolining  ekrani 
ostiga  gorizontal  holatda  yotqiziladi.  Kontrast  moddani  qoshiqda  beriladi  yoki 
qizilo‘ngachning  boshlang‘ich  bo‘limiga  joylashtirilgan  kateter  orqali  kiritiladi. 
Bronxial  daraxtning  kontrast  modda  bilan  qisman  yoki  to‘liq  to‘ldirilishi, 
teshik
ning 
borligini 
bildiradi, 
deb 
hisoblanadi. 
So‘nggisi, 
odatda, 
rentgenogrammada  aniqlanmaydi,  chunki  yodolipol  keng  va  qisqa  teshik  yo‘lida 
ushlanib qolmaydi.  
Kontrast  moddaning  qizilo‘ngach  orqali  o‘tishini  ekranda  e’tibor  bilan 
kuzatgan holda, ba’zan uning teshik orqali traxeyaga  o‘tish lahzasini ilg‘ab qolish 
mumkin.  
Traxeoqizilo‘ngach 
teshigining 
borligi 
haqida 
kliniko-rentgenologik 
ma’lumotlar ezofagoskopiya bilan tasdiqlanishi mumkin. Ezofagoskop kiritilganida 
va  qizilo‘ngachni  kuzatganda,  teshik  yo‘li  undan  nafas  olish  taktida  ajraladigan 
havoning  kichik  pufakchalari  bo‘yicha  ayon  bo‘ladi.  Tor  teshik,  odatda, 
ezofagoskopiyada ko‘rinmaydi, u shilliq qatlamlari orasida yashiringan.  
Traxeoqizilo‘ngach  fistulasi  borligi  shubha  qilinadigan  barcha  bolalarda, 
narkoz  ostida  o‘tkaziladigan  traxeobronxoskopiyada  teshik  yo‘li  aniq  topiladi. 
Odatda,  bronxoskopning  traxeya  bifurkatsiyasida  1–2  sm  yuqoriga  8–12  sm 
chuqurlikka  kiritilganida, uning orqa  o‘ng  sirtida  tog‘ay  halqasi oldida  joylashgan 
teshiksimon nuqson (fistula) ko‘rinadi.  


 
56 
Qizilo‘ngachga traxeyaga teshik orqali kirib, uning konturlarini belgilaydigan 
metilen ko‘k qorishmasining 1 foizi kiritilganida, fistulaning 
ko‘rinishi
 osonlashadi.  
Bolada  yutishning  buzilishi  yoki  yumshoq  tanglayning  kesilishi  bilan  birga 
keladigan  tug‘ma  jarohat  bo‘lganida,  traxeoqizilo‘ngach  teshigini  yo‘qotish  kerak 
bo‘lganida, yangi tug‘ilganlik davrida bo‘lgan bolalarda differensial tashxis qo‘yish 
qiyin.  Bunday  yangi  tug‘ilganlarni  ovqatlantirishda  yo‘tal  xurujlari,  nafas  olish 
ritmining buzilishi davriy hosil bo‘ladi va pnevmoniya o‘sadi.  
Bu holatlarda yodolipol bilan qizilo‘ngachni rentgenologik tekshirish tashxisni 
aniqlamaydi,  chunki  ikkala  kasallikda  ham  kontrast  moddaning  nafas  olish 
yo‘llariga  (bronxografiya)  tashlanishi  (aspiratsiya)  sodir  bo‘lishi  mumkin. 
Differensial  diagnostikani  o‘tkazish  uchun  bolani  faqatgina  oshqozonga 
kiritiladigan  zond  orqali  ovqatlantirishni  boshlashadi.  Aspiratsion  pnevmoniya 
bosilgan
dan so‘ng, qizilo‘ngach – traxeal teshik tashxisini qo‘yish yoki bekor qilish 
imkonini beradigan traxeobronxoskopiya amalga oshiriladi.  
Teshik,  ayniqsa,  qaytalanuvchilarning 
aniqlani
shi  ba’zan  qiyin  bo‘lishi 
mumkin. Bunday holatlarda tekshirishning qo‘shimcha usuli – qizilo‘ngach yuqori 
va  pastki  bo‘limlari  orasida  bariy  kiritish  bilan,  ularning  ballonlar  bilan 
obturatsiyasi  hisoblanadi.  Shuningdek,  qizilo‘ngachni  endoskop  orqali  kuzatgan 
holda,  metilen  ko‘kni  endotraxeal  trubkaga  kiritish  mumkin,  bunda 
kuchli
  nafas 
olishda, bo‘yoq qizilo‘ngachda paydo bo‘lishi mumkin.  

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish