Тесты для самоконтроля. Книга будет полезной также для магистров и практикующих детских хирургов


 Siydik pufagi funksional anomaliyalari



Download 3,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/221
Sana06.09.2021
Hajmi3,87 Mb.
#166136
TuriТесты
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   221
Bog'liq
darslik fbx 2 tom-min

 
17.7. Siydik pufagi funksional anomaliyalari 
 
Pufakning  normal  funksiyalanishi  faqatgina  intakt  avtonom  va  vegetative 
innervatsiya sharoitida imkonli. Siydik pufagining detrusor mushagi ham simpatik, 
ham parasumpatik tolalar bilan innervlanadi. Siydik to‘lish funksiyasi pastki torakal 
va yuqori bel segmentlaridan (T10-L1) simpatik nerv tizimi bilan ta’minlanadi. Bu 


 
232 
jarayonning  kimyoviy  mediatori  pufakka  buyraklardan  kelayotgan  siydikni  pufak 
devoriga  hech  qanday  kuchlanishisiz  yig‘ish  imkonini  beradigan  detrusor 
relaksatsiyasini  chaqirgan  holda  siydik  pufagi  tubining  beta-adrenergik 
retseptorlariga ta’sir qiladigan noradrenalin hisoblanadi. Siydik pufak uchburchagi, 
siydik  pufagi  bo‘yinchasi  va  uretraning  yuqori  bo‘limlari  alfa-adrenergik 
retseptorlari  pufak  to‘lish  jarayoni  vaqtida  sfinkter  qo‘llab-quvvatlashini 
ta’minlaydi.  
Siydik  pufagining  to‘lganlik  hissi  odamni  siydik  pufagini  bo‘shatishga  mos 
keladigan sharoitlarni  topishga  majbur  qiladigan  javob  qaytaradi. Bo‘shatish  sodir 
bo‘lganidan, mediatori hisoblanadigan asetilxolin va parasimpatik nerv tizimi ishga 
tushadi.  Detruzorning  xolinergik  tolalari  qisqaradi,  siydik  pufagi  bo‘yinchasi  va 
uretra yuqori bo‘limlarining tolalari sfinkter funksiyani yo‘qotgan holda kengayadi 
va  qisqaradi.  Agar  bu  ixtiyoriy  tashqi  sfinkter  relaksatsiyasi  bilan  birlashsa,  unda 
siydik pufagi keyin davomli yakunlanadigan detrusor qisqarishi hisobiga bo‘shaydi, 
natijada qoldiq siydik miqdori 5 ml dan oshmaydi.  
Uyqu  yoki  uyg‘oq  bo‘lganda  siydikning  noixtiyoriy  ajralishi  miya  va  siydik 
pufagi  orasidagi  aloqalarning  qisman  yetilmaganligi  tufayli  bo‘lishi  mumkin. 
Ko‘pgina  turli  buzilish  ko‘rinishlari  siydikning  normal  yig‘ilishi  va  siydik  pufagi 
bo‘shashiga  to‘sqinlik  qilishga  qodir.  Ularni  namoyon  qilish  uchun  mos  keluvchi 
tekshiruvni  va  keyin  oxir  oqibat  siydikning  ushlanishi,  shuningdek,  yuqori  siydik 
yo‘llarini  zararlanishdan  himoyalash  uchun  yo‘naltirilgan  davolashni  o‘tkazish 
kerak.  
Siydikning  ushlanishi  va  siydik  chiqarishning  nazoratining  siydik  pufagi 
innevarsiyasiga  ta’sir  qiladigan  ma’lum  buzilish  ko‘rinishlari,  masalan 
mielodisplaziyada  imkoni  bo‘lmasligi  mumkin.  Bu  patologiyaga  ega  ba’zi 
bemorlarda  tashqi  sfinkter  innervatsiyasining  umuman  yo‘qligi  siydikning  doimiy 
ajralishiga  olib  keladi.  Siydik  pufagi  siydik  yig‘ish  uchun  zahira  sifatida  emas, 
uning  o‘tishi  uchun  quvur  yoki  kanal  sifatida  xizmat  qiladi.  Mielodisplaziyasi 
bo‘lgan  boshqa  bemorlarda  sfinkter  ongli  nazorat  qilinmasdan,  yangi  tug‘ilganlar 
yoki  ko‘krak  yoshidagi  bolalardagi  kabi  funksiyalanadi.  Siydik  pufagi  siydik 


 
233 
yig‘adi  va detrusor  siqilishiga  javoban  sfinkter  avtomatik  tarzda  bo‘shashadi, mos 
ravishda siydik davriy ajraladi.  
Normada  siydik  pufagi  hajmi  yildagi  farqqa  60  ml  qo‘shilishiga  tenglashadi. 
Klinik  amaliyotda  hajmning  bu  ko‘rsatkichlariga  sezilarli  chetlanishlar  kuzatiladi. 
Agar  pufak  kichik  hajmga  ega  bo‘lsa,  unda  siydik  chiqarish  tezlashadi.  Normal 
siydik ajralishida va siydik pufagining normal hajmida odam sutkasiga 4 – 6 marta 
siydik  chiqarishi  kerak.  Siydik  chiqarish  buzilishlari  bo‘yicha  yordam  so‘rab 
murojaat  qilgan  ko‘pchilik  bemorlarda  ancha  tez  siydik  chiqarish  yoki  imperative 
chaqiruvlar kuzatiladi, siydik miqdori esa yoshga nisbatan ancha kam.  
Imperativ chaqiruv siydik pufagining yarmi to‘lganida hosil bo‘ladigan siydik 
chiqarishga  birinchi  chaqiruv  detruzorning  keyinchalik  relaksatsiyasi  bilan  emas, 
siydik  chiqarish  hojatxonagacha  ulgurmaydigan  qisqa  vaqtda  sodir  bo‘lish  hissi 
bilan kuzatilishi rivojlanadigan holatni o‘zida namoyon etadi.  
Normal  pastki  siydik  trakti  siydik  yig‘ilishi  va  mos  keladigan  holatda  mos 
keluvchi intervallar orqali siydik pufagini bo‘shatish bilan ta’minlaydi va infeksiya 
kirishiga 
qarshilik 
qiladi. 
Siydik 
trakti 
infeksiyasi 
pufak 
siydigining 
kontaminatsiyasi  natijasida  rivojlanadi.  Ko‘pincha  infeksiya  qiz  bolalarda  hosil 
bo‘ladi,  chunki  ularning  uretrasi  qisqa  va  uretral  himoya  mexanizmi  yetarlicha 
ishonchli emas. Siydik ushlanishi va siydik pufagining to‘liq bo‘shatilmasligi unga 
moyillik omillari hisoblanadi.  
Pastki  siydik  traktining  infeksiyasi  bo‘lgan  bemorlarda  birinchi  navbatda 
dizuriya yoki og‘riqli siydik chiqarish kuzatiladi. Infeksiya natijasida siydik pufagi 
qo‘zg‘alishi  hosil  bo‘lar  ekan,  unda  shuningdek,  tezlashgan  siydik  chiqarish  va 
imperative  chaqiruvlar  paydo  bo‘ladi.  Ko‘pgina  holatlarda  siydik  traktining 
retsidivlaydigan  infeksiyasi  anatomik  anomaliyalarning  emas,  siydik  pufagi 
disfunksiyasi  natijasi  hisoblanadi.  Infeksiya  «darajasini»  aniqlash  muhim.  Pastki 
bo‘limlar  infeksiyasi  odatda  siydik  pufagi tomonidan  bo‘ladigan  simptomlar  bilan 
namoyon  bo‘ladi,  bu  vaqtda  yuqori  bo‘limlar  zararlanganda  harorat  oshishi  va 
umumiy simptomlar kuzatiladi.  

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish