Тесты для самоконтроля. Книга будет полезной также для магистров и практикующих детских хирургов



Download 3,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/221
Sana06.09.2021
Hajmi3,87 Mb.
#166136
TuriТесты
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   221
Bog'liq
darslik fbx 2 tom-min

 
  
16.2-rasm. Girshprung kasalligi, yon proeksiyada irigogramma. 
 
 Girshprung  kasalligining  tashxisini  shubhasiz  tasdiqlaydigan  asosiy 
rentgenologik  simptom  distal,  diametrik  kattalashmagan  colon  yoki  rectum 
bo‘limidan  proksimal  kengaygan  qismga  konussimon  o‘tish  hisoblanadi  (16.3-
rasm).  
 
  
16.3-rasm. Girshprung kasalligida qisilgan qismning kengaygan tomonga konussimon 
o‘tishi. 


 
167 
 Ko‘pincha bu zona to‘g‘ri yoki sigmovid ichakda joylashadi, lekin u yo‘g‘on 
ichakning  har  qanday  bo‘limida  joylashishi  mumkin.  Ba’zan  retgenogramma 
ma’lumotlari yolg‘on bo‘ladi, bu holatlarda to‘g‘ri ichakning biopsiyasi xatolikdan 
qochish  imkonini  beradi.  Girshprung  kasalligida  aniq  gistologik  aganglioz  bilan 
yolg‘on  rentgenologik  kartinaning  (ko‘rinadigan  o‘tish  zonasining  yo‘qligi) 
birlashuvi  yangi  tug‘ilganlar  va  yo‘g‘on  ichak  total  agangliozi  bo‘lgan  bemorlar 
uchun  xos.  Bunday  holatlarda  qisman  ingichka  ichak  o‘tib  bo‘lmasligi  bo‘lgan 
bemorda  qisqargandek  tuyuladigan  va  silliq  qayrilgan  colonlarning  kichik 
diametrda  bo‘lishi  agangliozni  tasdiqlaydi  (rasm..).  saqlanadigan  ichak  qisqarishi 
va  kechiktirilgan  rentgenogrammalarda  (24  soatdan  keyin)  bariyning  ushlanib 
qolishi  to‘g‘ri  diagnostik  omil  hisoblanadi,  biroq  Girshprung  kasalligi  bo‘lgan 
ko‘pgina bemorlarda bu simptom bo‘lmaydi.  
Bariy bilan irrigografiya nafaqat o‘tish zonasini namoyon qilish, balki yo‘g‘on 
ichakli  o‘tib  bo‘lmaslikning  boshqa  anatomik  sabablarini  ham  differensiyalash 
imkonini beradi. O‘tish zonasi topilganida biopsiya yordamida tashxis tasdiqlanishi 
kerak.  Bunda  tashqari,  Girshprung  kasalligi  gistologik  tasdiqlangan  bemorlarda 
o‘tish  zonasining  o‘rnatilgan  rentgenologik  lokalizatsiyasi  operativ  muolajani 
rejalashtirish va bajarish asosida yotadi.  
Diagnostikaning yana bir metodi – afsuski, ko‘pgina jarrohlar qo‘llamaydigan 
anorektal manometriya. Girshprung kasalligi yuqori bosim va proksimal o‘zgarmas 
segmentda faol peristaltika va aganglionar zonada peristaltikaning yo‘qligi (normal 
bosimda),  shuningdek,  to‘g‘ri  ichak  cho‘zilishiga  javoban  rektal  sfinkter 
relaksatsiyasi  yo‘qligi  bilan  xarakterlanadi.  Manmetriya  irrigografiya  va  rektal 
biopsiya  kabi  keng  qo‘llanilmaydi,  chunki  maxsus  qurilma  va  vaqt  talab  qiladi, 
uning  natijalari  juda  ko‘p  variantli  va  yangi  tug‘ilganlarda  katta  yosh  bolalaridan 
ko‘ra  kamroq  to‘g‘ri.  Shu  bilan  birga  bu  ham  Girshprung  kasalligida,  ham 
anorektal 
nuqsonlarda 
rekonstruktiv 
operatsiyalar 
funksional 
natijalari 
baholanishining muhim metodi.  
Manometriya,  shuningdek,  ultraqisqa  aganglionar  segmentli  Girshprung 
kasalligi  diagnostikasida  juda  yordam  beradi.  Kasallikning  bu  shaklida  gistologik 


 
168 
tadqiqotlarda  to‘g‘ri  ichakdagi  ganglioz  hujayralar  topilishi  mumkin,  lekin, 
manoetriya ma’lumotlariga ko‘ra, ichki sfinkter gipertonusda joylashadi va to‘g‘ri 
ichak cho‘zilishiga javoban bo‘shashmaydi.  
Rektal biopsiya juda keng qo‘llaniladi. Tadqiqot uchun material olishning bir 
necha  usullari  bor.  Bu  metodning  aniqligi  o‘ta  yuqori,  agar  u,  albatta,  tajribali 
bolalar jarrohi yoki morfologlari tomonidan amalga oshirilsa. To‘liq qatlamli rektal 
biopsiya  umum  qabul  qilingan  va  biopsiya  materialini  olishning  boshqa  usullari 
oldida  ustunliklarga  ega,  chunki  ham  Auerbaxovskiy  muskul  orasi,  ham 
Meysnerovskiy  submukoz  to‘qimani  baholash  imkonini  beradi.  Bu  metodning 
qo‘llanilishi umumiy anesteziyani talab qiladi. Keskinlashuvlar (presakral  abssess) 
juda kam paydo bo‘ladi.  
Shunga  o‘xshash  umumiy  og‘riqsizlantirish  talab  qilmaydigan  metodlar 
punksion va aspiratsion biopsiya hisoblanadi. Punksion metotda biopsiyali qisqich-
ombirchalar  ishlatiladi.  Olingan  materialda  ikkala  to‘qimaning  ham  hujayralarini 
topish  mumkin.  ayrim  holatlarda  bu  metodning  kamchiligi  materialning  jam 
miqdorda  olinishi  (tadqiqot  uchun  yetarli  bo‘lmagan)  va  ba’zan  biopsiya  joyidan 
ko‘p qon ketishi hisoblanadi. Bundan tashqari, bu metodni ba’zan muloqotga kirish 
ancha qiyin bo‘lgan ancha katta yoshdagi bolalarda qo‘llash murakkab.  
Faqatgina  shilliq  va  shilliq  osti  qatlamlar  olinadigan  rektal  aspiratsion 
biopsiyaning  mashhur  bo‘lishi  metodning  oddiyligi  va  uni  ambulator  sharoitlarda 
qo‘llash  mumkinligi  bilan  tushuntiriladi.  Tadqiqotda  ganglioz  hujayralarning 
yo‘qligi va gipertrofirlangan nervlar namoyon qilinadi (16.4-rasm).  

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish