Тесты для самоконтроля. Книга будет полезной также для магистров и практикующих детских хирургов



Download 3,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/221
Sana06.09.2021
Hajmi3,87 Mb.
#166136
TuriТесты
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   221
Bog'liq
darslik fbx 2 tom-min

Foydalanilgan adabiyotlar 
 
1. Bolalar xirurgiyasi milliy qo‘llanma. Yu, F. Isakov tahriri ostida, М., 2010. 
2. Bolalar xirurgiyasi. K.U. Ashkaft, T.M. Holder: ingliz tilidan tarjima, Т.2. 
1997. 
3.  Chaqaloqlarda  endoxirurgik  operatsiyalar.  А.Yu.  Razumovskiy,  О.G. 
Mokrushina. М. 2015. 
4. Pediatric Surgery. Arnold G. Coran et al. Seventh edition. 2012. 
5. Newborn Surgery. Prem Puri. London, 2013. 
 
 
 
 
 


 
100 
14-bob. JIGAR VA SAFRO CHIQARISH YO‘LLARINING RIVOJLANISH 
NUQSONLARI 
 
14.1. Biliar atreziya 
 
Erta bolalik yoshida jigar va safro chiqarish yo‘llari rivojlanishining jarrohlik 
bilan  davolash  kerak  bo‘lgan  barcha  nuqsonlaridan  birinchi  o‘rinda  safro  yo‘llari 
atreziyasi  turadi.  Bundan  tashqari,  umumiy  safro  yo‘li  kistlari,  o‘t  tosh  kasalligi, 
safro 
yo‘llarining 
spontan 
perforatsiyalari 
uchraydi. 
Safro 
yo‘llari 
patologiyalarining  barcha  aytib  o‘tilgan  ko‘rinishlari  safro  yo‘llari  atreziyasi  bilan 
taqqoslaganda  kamroq  uchraydi,  lekin  aniqlanmagan  holatda,  jigar  sirroziga  va 
ba’zi holatlarda portal gipertenziya rivojlanishiga olib keladi. 
Safro  yo‘llari  atreziyasi  yoki  biliar  atreziya  –  yangi  tug‘ilganlarda  sariq 
kasalligi  bilan  namoyon  bo‘ladigan  safro  yo‘llarining  obstruktiv  zararlanishi. 
Obstruksiya  etiologiyasi hozircha  yetarlicha  aniq  tushuntirilmagan, faqat bir narsa 
ma’lum – u safro yo‘llari obliteratsiyasi (uzunligi bo‘yicha turlicha) bilan bog‘liq. 
Ko‘pchilik bemorlarda obliteratsiya barcha buyrak tashqi yo‘llarini egallaydi. Qator 
holatlarda faqat qisman obliteratsiya mavjud bo‘ladi. Biliar atreziyaning chastotasi 
yangi  tug‘ilganlarda  1:15000  ni  tashkil  qiladi.  Qiz  bolalarda  anomaliya  biroz 
ko‘proq  uchraydi,  lekin  patologiya  chastotasida  hech  qanday  irqiy  farqlar 
topilmagan. 
 Bu  nuqsonning  davolanishi  uchun  jigarda  metal  trubkalar  yordamida  yo‘llar 
yaratish,  kardial  valvulotomoya  bilan  jigar  darvozalarida  kesimlar  va  biliar 
fistulalar  yaratish  uchun  qisman  gepatektomiyani  o‘z  ichiga  olgan  holda  biliar 
obstruksiyaning  yo‘qotilishiga  yo‘naltirilgan  qator  muolajalar  taklif  qilingan. 
Jigardan  limfatik  oqimni  o‘zgartirishga  ham  urinishlar  bo‘lgan.  Alohida 
muvaffaqqiyatlarga  qaramasdan  qo‘llanilgan  metodlardan  hech  biri  safro 
yo‘llarining  to‘g‘ri  dekompressiyasi  bilan  ta’minlamagan.  Bundan  tashqari,  sariq 
kasalligi  bo‘lgan  ko‘pchilik  bolalar  jarroh  qo‘liga  juda  kech,  jigarning  qaytarib 
bo‘lmas sirrozi bo‘lganida kelib tushgan. 
Biliar  atreziyasi  bo‘lgan  kichik  bolalarni  davolash  Kasai  asrimizning  70-


 
101 
yillarida bu  anomaliyaning  to‘g‘rilanishi uchun  yangi operatsiyani  taklif  qilganida 
tubdan  o‘zgardi.  Hammualliflar  bilan  Kasaining  ma’lumotlariga  ko‘ra  hayotining 
ikki oyigacha operatsiya qilingan bemorlarning 50 %dan ko‘pida safroning effektli 
oqimi  o‘rnatilgan.  4  oydan  keyingi  yoshlarda  operatsiya  qilingan  bolalarda  bu 
ko‘rsatkich bor yo‘g‘i 7 %ni tashkil qilgan. 
Billiar  atreziyaning  etiologiyasi  qator  teoriyalar  mavjud  bo‘lsada,  to‘liq 
ma’lum  emas.  Oldin  biliar  daraxtning  anomal  rivojlanishi  natijasida  hosil 
bo‘ladigan, ehtimol, rekanalizatsiya jarayoni buzilishi bilan bog‘liq tug‘ma nuqson 
deb  hisoblangan.  Bunday  oddiy  mexanizm  biliar  atreziyaning  ko‘pgina  klinik 
namoyon bo‘lishlarini tushuntirish imkonini bermaydi. 
Ushbu  patologiyaning  15  %  holatlari  boshqa  anomaliyalar  bilan  birlashadi, 
eng  ko‘p  uchraydiganlari  –  polispleniya  sindromi,  malrotatsiya,  preduodenal 
darvoza  venasi,  pastki  kavak  venaning  yo‘qligi,  ichki  a’zolarning  teskari 
joylashuvi.  Bunday  kombinatsiyalar  erta  bosqichlarda  qorin  ichidagi  rivojlanish 
buzilishini taxmin qilish imkonini beradi (gestatsiyaning taxminan 6-haftasida). Bu 
patologiyaning  genetik  tabiati  keladigan  bo‘lsak,  unda  bu  taklif  qabul  qilinishi 
qiyin,  chunki  patologiyaning  oilaviy  xarakteri,  shuningdek,  bu  nuqsonning 
egizaklarda  borligiga  ko‘rsatmalar  yo‘q.  Ko‘pchilik  o‘z  nuqtayi  nazarini  biliar 
atreziyaning  o‘lik  tug‘ilgan  yoki  yangi  tug‘ilgan  bolalarda  ifodalanganligi 
kamligiga  asoslangan  holda, gestatsiyaning  erta bosqichlarida  rivojlanish  buzilishi 
haqidagi  teoriyaga  qarshi  chiqishadi,  garchi  bu  nuqsonning  topilishi,  u  va  bu 
holatida ham ta’riflangan bo‘lsa-da. 
Kichik  bolalarda  obstruktiv  xoangiopatiya  gipotezasi  biliar  atreziya,  umumiy 
safro  yo‘li  kistalari  va  neonatal  gepatitning  rivojlanishiga  yagona,  ehtimol  virusli 
tabiatga ega jarayon olib kelishi haqida taklif beradi. Bu xolangiopatik jarayon jigar 
parenximasi  hujayralari  destruksiyasini,  shuningdek,  safro  yo‘llari  epiteliysini  va, 
bu  zararlanishlardan  qaysi  ustun  kelishiga  qarab  (jigar  parenximasi  yoki  safro 
yo‘llarining zararlanishi), yo neonatal gepatit, yo biliar atreziya, yoki umumiy safro 
yo‘li  kistasi  rivojlanadi.  Garchi  hech  qachon  va  hech  kim  etiologik  rolni  berish 
mumkin  bo‘lgan  qandaydir  ma’lum  virusni  aniqlay  olmagan  bo‘lsada,  lekin  3-


 
102 
tipdagi reovirus qiziqish uyg‘otadi. 
Ushbu  taxmin  3-tip  reovirus  bilan  zararlangan  kichik  sichqonlarda  biliar 
atreziyani  yodga  soladigan  obliteratsiya  va  natijada  –  buyrak  tashqi  yo‘llar 
yallig‘lanishi  rivojlanganligiga  asoslanadi.  Serologic  va  immunogisto-kimyoviy 
tadqiqotlar  3-tip  reovirus  haqidagi  konsepsiyani  sababli  agent  sifatida  tasdiqladi, 
lekin ancha keyingi tadqiqotlar butunlay qarama-qarshi xulosalarga kelishga imkon 
berdi. 
Ishemiya biliar atreziya sababi sifatida bir necha bor ko‘rib chiqilgan, chunki 
gestatsiyaning  mos  keluvchi  davrida  umumiy  safro  yo‘lining  ishemiyasi  tajribada 
biliar atreziyani eslatadigan morfologik o‘zgarishlarga olib keladi. Garchi umumiy 
safro  yo‘lining  fibroz  obliteratsiyasi  tajribada  ishemiya  bilan  chaqirilgan  bo‘lishi 
mumkin  bo‘lsada,  biroq  odamda  biliar  atreziya  hosil  bo‘lishi  bu  mexanizmining 
ishonchli isbotlari yo‘q. 
Safro  yo‘llarining  toksik  zararlanishi  haqida  taxminlar  ham  keltirilgan,  lekin 
hech kim qandaydir ma’lum toksik agentni ajratib ko‘rsata olmagan. Anomal safro 
kislotalari  ta’siri  ostida  safro  o‘tishining  buzilishi  bu  kislotalarning  urg‘ochilarga 
homiladorlikning  so‘ngi  bosqichlarida  yoki  ularning  yangi  tug‘ilgan  bolalariga 
kiritilishida isbotlangan. 
Biliar  buzilishlarning  yana  bir  sababi  mavjud  taxminlarda  umumiy  safro 
yo‘lining  kistalarida  sodir  bo‘lganidagi  kabi  biliar  daraxtga  pankreatik  sirning 
reflyuksi  bo‘lishi  mumkin.  Bunday  konsepsiya  biliar  atreziya  holatlarida 
autopsiyada  aniqlanadigan  umumiy  safro  va  pankreatik  yo‘llarning  ulanish  joyida 
anomal uzun umumiy kanalning yuqori chastotasi bilan tasdiqlanadi. 
Afsuski,  mavjud  hech  bir  etiologik  teoriyalar  biliar  atreziyaning  polispleniya 
sindromi  bilan  birlashishini,  sariq  kasalligining  postnatal  davrda  ko‘p  paydo 
bo‘lishi  va  axolik  stulning  borligini,  shuningdek,  egizaklarning  birida  sariq 
kasalligining  yo‘qligini  va  o‘lik  tug‘ilganlarda  safro  yo‘llari  atreziyasining  kam 
uchrashi sabablarini tushuntirib berolmaydi. 

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish