244
17.9. Gipospadiya
Gipospadiya o‘g‘il bolalarda tez - tez uchrab turadigan tug‘ma nuqson bo‘lib,
qizlarda juda kam aniqlanadi. Keyingi yillardagi ma’lumotlarga ko‘ra, har 300 ta
chaqaloqning birida gipospadiya qayd etiladi. Gipospadiyada uretraning old
devorining bo‘lmasligi, siydik chiqarish kanali tashqi teshigining qisman yoki olat
volyar yuzasining turli joylarida bo‘lishi kuzatiladi. Gipospadiya paydo bo‘lishida
embrion bilan ona o‘rtasidagi gormonlar disbalansi katta ahamiyatga ega. Bu hol
homiladorlikning boshlanish davrida ruhiy shikastlanishlar sababli aniqlanadi.
Tasnifi. Gipospadiyaning olat boshi, tana, tana-yorg‘oq, yorg‘oq va oraliq
shakllari farq qilinadi. Bundan tashqari, kasallikning «gipospadiyasiz gipospadiya»
deb ataluvchi turi ham bo‘lib, ba’zan u uretraning tug‘ma kaltaligi deb ham
yuritiladi (17.22-rasm).
17.22-rasm. Gipospadiyada uretra tashqi teshikning ochilish sohalari.
Do'stlaringiz bilan baham: