Kasallikda kuzatiladigan simptomlar: obstruktiv megaureter bilan bolalar
qorin sohasidagi og‘riqqa shikoyat qilishadi, gematuriya, siydik yo‘llari infeksiyasi
(leykosituriya), sababsiz tana haroratining ko‘tarilishi yoki qorinda o‘smasimon
hosilaning paypaslanishiga shikoyat qilishadi. Kasallikning eng erta belgilaridan
biri homiladorlikning erta davrlarida ultratovush tekshiruvida homilaning yuqori
siydik yo‘llarida jom kosacha tizimida kengayish aniqlanadi.
Diagnostikasi: Fizikal tekshirish. Bemorning qorin bo‘shlig‘ini palpatsiya qilganda o‘smasimon hosilani paypaslash mumkin.
221
Laborator tekshirish. Siydik tahlilida leykosituriya va bakteriuriya
kuzatiladi. Qon tahlilida anemiya, EChT oshishi kuzatiladi. Qonning bioximik
tahlilida mochevina va kreatinin miqdoriga e’tibor berish lozim.