Тесты для самоконтроля. Книга будет полезной также для магистров и практикующих детских хирургов



Download 3,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/221
Sana06.09.2021
Hajmi3,87 Mb.
#166136
TuriТесты
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   221
Bog'liq
darslik fbx 2 tom-min

Tashqi anal sfinkter. Tashqi anal sfinkteri (TAS) ko‘ndalang yo‘l-yo‘l mushak 
tolalaridan  tashil  topgan  va  mos  ravishda  davriy  qisqaradi.  IAS  ga  o‘xshab,  TAS 
qandaydir  darajada  tonik  qisqarishga  qodir,  lekin  TAS  tonusi  to‘liqligicha  effektli 
nervli  ta’sirga  bog‘liq.  Fazali  qisqarishlar  ham  ixtiyoriy,  ham  beixtiyor  bo‘lishi 


 
190 
mumkin.  Tashqi  sfinkter  sfinkter  kompleksining  qoldiq  tonusini  qisman 
ta’minlaydi.  Ba’zan  tashqi  sfinkter  qisqarishining  kuchayishi  qoldiq  defekatsiya 
yoki anal kanalining distal bo‘limlari bo‘shashiga olib kelishi mumkin.  
To‘g‘ri ichak cho‘zilishida TAS tashqi reflektor yoy ta’siri hisobiga reflektor 
qisqaradi  –  «to‘lish  refleksi».  Bunda  shuningdek,  puborektal  mushak  reflektor 
qisqaradi.  Bu  mushaklar  to‘g‘ri  ichak  cho‘zilish  vaqtida  ushlashni  kuchaytirish 
uchun  birga  «ishlashadi».  Defekatsiyadan  so‘ng  TAS  va  puborektal  mushak  yana 
reflektor  qisqaradi  –  «refleks  bo‘shash»,  bu  rektal  kanal  distal  bo‘limlaridan 
tarkibning «quvilishiga» sharoit yaratadi.  
TAS innervatsiyasi faqat jinsiy nervlar orqali orqa miya dumg‘aza bo‘limidan 
ta’minlanadi. п. pudendus zararlanishi TAS falajiga olib keladi.  
Ichki  va  tashqi  sfinkterlar  to‘g‘ri  ichak  cho‘zilishiga  javoban  birgalikda 
ta’sirlanadi.  Tashqi  sfinkter  bunda  tashqi  reflektorli  o‘tish  yo‘llari  bilan 
boshqariladigan  reflektor  qisqaradi,  bu  vaqtda  ichki  sfinkter  ichki  o‘tish  yo‘llari 
ta’siri natijasida reflektor bo‘shashadi. Bel anesteziyasi tashqi sfinkter qisqarishini 
to‘xtatadi, lekin ichki sfinkter relaksatsiyasiga ta’sir qilmaydi.  
Rektal  cho‘zilishda  tashqi  sfinkterning  reflektor  qisqarishi  –  ushlashning 
yetakchi omillaridan biri. Defekatsiya sodir bo‘lishi uchun sfinkter qarshiligi yo (a) 
intraperitoneal va rektal bosimning ixtiyoriy oshishi, yo (b) oddiy holatlarda rektal 
cho‘zilish  oshishi  hisobiga  o‘tiladi,  bu  to‘g‘ri  ichak  tarkibi  hajmi  maksimumga 
yetganda TAS va puborektal mushakning reflektor total tormozlanishini chaqiradi.  
Puborektal  mushak.  Barcha  levator  mushaklardan  puborektal  eng  oldda  va 
maksimal  chuqurda  joylashgan.  U  to‘g‘ri  ichak  ortki  yarim  doirasi  atrofida  halqa 
hosil qiladi. Puborektal mushak orqada mahkamlanishga ega emas, shuning uchun 
ham  qisqarganda  u  rektal  burchak  hosil  qilgan  holda  to‘g‘ri  ichakni  oldinga 
«tortadi». Boshqa levator mushaklar orqaga mahkamlanadi. Mos ravishda ularning 
qisqarishi  to‘g‘ri  ichakni  voronkasimon  siqqan,  lekin  anorektal  burchakni 
o‘zgartirmagan  holda  vertikal  tekislikda  sodir  bo‘ladi.  Puborektal  mushak 
funksiyasini yo‘qotganida ichki va tashqi sfinkterlar qanday holatda joylashishidan 
qat’iy nazar, deyarli darrov ushlanmaslik kelib chiqadi.  


 
191 
Anorektal  burchak  normada  vertikal  holatda  joylashgan  har  qanday  odamda 
bo‘ladi.  Yotgan  holatda  puborektal  mushak  nisbatan  relaksatsiyalangan,  lekin 
gorizontal  pozitsiyada  ushlanish  bu  burchak  bo‘lmaganida  ham  ta’minlanishi 
mumkin.  Vertikal  holatga  o‘tilganda  puborektal  mushak  tonusi  sezilarli  o‘sadi, 
anorektal burchak o‘rnatiladi va ushlash mexanizmi ishga tusha boshlaydi.  
Puborektal  mushak  tonik  qisqarish  holatida  qolishi  mumkin,  garchi  oldin  bu 
xususiyat  faqatgina  silliq  mushak  mushaklariga  xos  deb  hisoblangan  bo‘lsada. 
Puborektal  mushak  ham  ixtiyoriy,  ham  beixtiyoriy  fazali  qisqarishlarga  qodir,  bu 
uning tonusini kuchaytiradi. Doimiy tonus holatida bo‘lish propriotseptiv reflektor 
mexanizmi  bilan  bog‘liq.  Sensor  retseptorlar  umurtqaning  lyumbosakral  bo‘lim 
gangliyalari  bilan  bog‘liq  puborektal  va  levator  mushaklar  ichida  joylashgan. 
Beixtiyor  fazali  qisqarishlar  reflektor  yoy  bilan  puborektal  sensor  retseptorlardan 
umurtqaning bel-dumg‘aza bo‘limiga va teskari ta’minlanadi.  
Lyumbosakral  bo‘limdan  yuqorida  orqa  miyaning  kesishuvi  bu  beixtiyor 
fazali qisqarishlarga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ixtiyoriy qisqarishlar esa kortikal markaz-
lardan boshqariladi, shuning uchun ham ular orqa miya kesishuvida yo‘qoladi.  
Ichki  va  tashqi  sfinkterlar  va  puborektal  mushakning  birgalikda  normal 
funksiyalashi  ham  shakllangan,  ham  suyuq  tarkibning  ushlanishini  ta’minlaydi. 
Shakllangan  kal  massalari  yoki  ham  zich,  ham  yarimshakllangan  massalarning 
katta  hajmini  ushlab  turish  ko‘proq  puborektal  mushak  bilan  yaratiladigan  in-takt 
anorektal  burchak  hisobiga  ta’minlanadi.  zich  bo‘lmagan  tarkib  yoki  yarim 
shakllangan  kalning  kichik  hajmlarini  ushlash  asosan  sfinkter  funksiyasi  bilan 
ta’minlanadi.  Anal  kanalining  shakllanmagan  kal  massalarini  ushlashdagi  eng 
muhim  qismi  –  bu  uning  eng  distal  2  santimetri,  ya’ni,  puborektal  mushakdan 
pastda joylashgan soha.  
Pastofiziologiya.  «qotish»  tushunchasi  stul  ushlanishi  ko‘rinishida  namoyon 
bo‘ladigan  ichakni  o‘z  vaqtida  va  doimiy  bo‘shatilish  qobiliyatining  buzilishi 
sifatida  aniqlanadi. Qotish sabablari  ko‘p, lekin ulardan asosiylari quyidagilar:  (1) 
besh  defekatsiya  jarayonlarining  har  qandayidagi  buzilish;  (2)  yo‘g‘on  yoki 
ingichka ichakning ancha proksimal bo‘limlaridagi o‘zgarishlar yoki harakatlanish 


 
192 
faolligining  umumiy  (total)  buzilishi;  (3)  normal  harakatlanish  faolligi  va 
defekatsiya  jarayoni  o‘zgarishi  bo‘lmaganida  anomal  stulning  bo‘lishi.  Garchi 
bolalardagi  qotish  ming  yillar  davomida  ma’lum  bo‘lgan  anorektal  funksiyaning 
eng  ko‘p  uchraydigan  buzilishlaridan  biri  hisoblansada,  biroq  hatto  bu 
tushunchaning  («qotish»)  aniqlanishi  shifokorlar  orasida  muzokaralarning  doimiy 
predmeti bo‘lib qolmoqda.  
Normal  deb  baholanadigan  defekatsiya  jarayoni  sog‘lom  bolalar  orasida  juda 
variatsiyali.  Va  bir  ota-onada  havotir  uyg‘otadigan  bu  jarayonning  buzilishi 
boshqalari tomonidan xotirjamlik bilan qabul qilinadi. Bir yoshdan o‘tgan bolalarda 
stul ham kuniga bir necha marta, ham 5  – 7 kunda bir marta bo‘lishi mumkin. Va 
unisiyam  bunisiyam  normal  holat  kabi  baholanishi  mumkin.  Qotishlar  haqida  kal 
massalari juda zich bo‘lganida, ichakning bo‘shatilishi qiyinchilik bilan bo‘lganida 
yoki og‘riq hislari bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarda gapirish mumkin.  
Hayotning  birinchi  yili  davomida  kun  ora  ichakning  bo‘shatilishi  havotir 
chaqirishi  va  sabab  qidirish  uchun  asos  bo‘lishi  kerak.  Yangi  tug‘ilganlik  davrida 
mekoniy  bo‘shatilishining  har  bir  ushlanishida  qandaydir  patologiya  borligi 
ehtimoli  haqida  o‘ylash,  va  mos  ravishda,  eng  e’tiborli  tekshiruv  uchun  barcha 
kerakli  choralarni  ko‘rish  kerak.  Garchi  homilaning  turli  buzilishlarida  mekoniy 
qorin ichida ajrala boshlashi mumkin bo‘lsada, biroq normada 94–98 % muddatida 
tug‘ilgan bolalarda va  76  %  muddatidan oldin tug‘ilganlarida mekoniy  hayotining 
birinchi  24  soati  davomida  ajraladi,  va  100  %  muddatida  va  98,8  %  muddatidan 
oldin tug‘ilgan bolalarda – birinchi 48 soat davomida ajralib bo‘ladi.  
Qotishlar  bilan  bog‘liq  muammolar  ahamiyatli  va  ahamiyatsiz  bo‘lishi 
mumkin. 
Qotishlarning 
sabablari 
turli 
yoshlarda 
katta 
chegaralarda 
variyatsiyalanadi,  lekin  har  qanday  holatda  ular  5  asosiy  guruhdan  biriga  tegishli 
bo‘ladi:  (1)  stul  xarakterining  o‘zgarishi;  (2)  tuzilmali  (anatomik)  buzilishlar;  (3) 
nervologik  yoki  mushak  (tashqi)  buzilishlar;  (4)  harakatlanish  faolligining  ichki 
buzilishiv va (5) funksional sabablar.  

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish