Тесты для самоконтроля. Книга будет полезной также для магистров и практикующих детских хирургов



Download 3,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/221
Sana06.09.2021
Hajmi3,87 Mb.
#166136
TuriТесты
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   221
Bog'liq
darslik fbx 2 tom-min

Klinika  va  tashxislash.  Atreziya  bilan  kasallangan  yangi  tug‘ilgan 
chaqaloqlarda  ko‘pincha  homila  davridagi  chak  qon  aylanishi  buzulishi  va 
reparatsiya stadiyasidagi mekoniyli peritonit kuzatiladi. Atreziya ba’zan segmentar 
buralish,  mekoniyli  ichak  tutilishi,  ichak  invaginatsiyasi,  gastroshizis,  siqilgan 
churra,  tug‘ma  tortmalar  va  bitmagan  sariqlik  yo‘li  atrofida  buralishlar  bilan 
birgalikda  uchraydi.  Ichak  tutilishi  tashxisi  prenatal  davrda  qo‘yilgan  bo‘lsa, 
tug‘ilgandan  so‘ng  bu  tashxisni  tasdiqlash  kerak,  chunki  UTT  ma’lumotlari 
noto‘g‘ri  izoxlangan  bo‘lishi  mumkin.  Shu  maqsadda  bola  tug‘ilishi  bilan, 
oshqozonni  zondlash  va  bo‘shatish  lozim.  Oshqozonda  o‘t  bilan  aralashgan 
suyuqlik bo‘lishi yoki o‘t miqdori 25 ml dan ko‘p bo‘lishi, ichak tutilishiga gumon 
qilishga olib kelishi kerak. Duodenal yoki yuqori ingichka ichak atreziyasida, bola 
tug‘ilishi  bilan  o‘t  aralash  qusish  kuzatiladi,  areziya  pastroq  joylashganda,  bu 
simptomlar  kechroq  -  bir  necha  soatdan  1-2  kungacha  namoyon  bo‘ladi.  Ichak 
stenozida chaqaloqlar bir necha hafta va undan ko‘p vaqt davomida ovqatni yomon 


 
144 
hazm qiladilar. Vaqti-vaqti bilan ularda qusish va aspiratsiya bo‘ladi. 
Och  ichakdan  pastroq  joylashgan  qorin  dam  bo‘lishi,  ichak  tutilishi  bilan 
og‘rigan  bolalarning  80  %da  kuzatiladi.  Bunda  kengaygan  ichak  qovuzloqlarini 
aktiv  peristaltkasi  ko‘rinadi.  Qorinni  kuchli  dam  bo‘lishi,  diafragmani  baland 
ko‘tarilishi  sababli  respirator  buzulishlarga  olib  keladi.  Qorni  qaiqsimon  yoki 
normal  qorinli  yangi  tug‘ilgan  chaqaloqda  o‘t  aralash  qusish  kuzatilsa,  duodenal 
yoki  yuqori  och  ichak  ichak  tutilishiga,  boshqa  tekshirish  usillari  yordamida 
kuyilishidan ancha ilgari gumon qilishga imkoniyat beradi. 
Mekoniy  kelmasligi  ichak  tutilishi  tashxisini  tasdiqlaydi,  duodenal  atreziyali 
bemorlarni  30  %  va  20  %  ingichka  ichak  atreziyasi  bilan  tug‘ilgan  bemorlarda, 
tug‘ilganidan  so‘ng  oz  vaqt  ichida  normal  mekoniy  kelishi  kuzatiladi.  40% 
proksimal  atreziya  bilan  va  20%  bir  oz  dista  atreziyasi  bor  bolalarda  terisida 
sariqlik  aniqlanadi.  Sariqlik  bog‘lanmagan  bilirubin  miqdori  oshganligi  sababli 
bo‘lib, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar ichagi shilliq qavatida V-glukoronidaza bo‘lishi 
bilan  bog‘liq.  Ichak  tutilishi  bo‘lgan  bolalarda  bu  enzim  bog‘langan  bilirubinni 
ajratib, uni jigar ichi restirkulyatsiyasini ko‘paytiradi. 
Tashhisni  tasdiklash  va  ichak  tutilishi  joylashuvini  aniqlash  uchun 
rentgenogrammalar oldi (gorizontal va vertikal holatda) va yonbosh proeksiyalarda 
qilinadi.  Suyuqlik  satxi  bilan  ikkita  gaz  pufagi  (Kloyber  ikkita  kosachasi)  bo‘lsa, 
duodenal obstruksiya tashxisini tasdiklaydi, lekin aynan atreziyani emas. Duodenal 
stenozi  bo‘lgan  bolalarda ba’zan  12  barmokli ichakdan  distalrok oz  miqdorda gaz 
aniqlanadi, lekin proksimal qismlar tutilishi belgilari bo‘lmasligi mumkin. Bunday 
holatlarda  nazogastral  zond  orqali  me’daga  50  ml.  havo  kiritilgach,  qorin  bilan 
yotgan holatda kilingan rentgenografiya ichak tutilishi tashxisini tasdiklaydi. Bariy 
eritmasi  bilan  tekshirish  qilish  mumkin  emas.  Lekin  bir  necha  kunlik  kichik 
yoshdagi  bolalarda,  o‘tkir  ichak  tutilishida  1–2  ml  suvda  eruvchi  kontrast  bilan 
o‘tkazilgan  tekshiruv  obstruksiyani  tashxislashda  qimmatli  yordam  berishi 
mumkin.  Ingichka  ichak  proksimal  qismining  qush  tumshug‘i  yoki  Z  simon 
konfiguratsiyasi va uni spiralsimon tutilishi malrotatsiya simptomiga va o‘rta ichak 
buralishiga xos. Bunday holatlarda shoshilinch operatsiya lozim. 


 
145 
Och  ichak  proksimal  qismi  atreziyalarida  rentgenogrammada  oz  miqdorda 
suyuqlik  sathi  bilan  gaz  pufakchalarini,  va  qorin  pastki  qismlarida  gaz  yo‘qligini 
kurish  mumkin  (15.6-rasm).  Atreziya  qanchalik  past  joylashgan  bo‘lsa, 
rentgenogrammada  shunchalik  suyuqlik  sathlari  ko‘p  bo‘ladi.  Ba’zan  ichakning 
kengaygan qismi, suyuklik bilan to‘lganligi sababli tasviriy rentgenda ko‘rinmaydi 
(15.7-rasm). 

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish