Тесты для самоконтроля. Книга будет полезной также для магистров и практикующих детских хирургов



Download 3,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/221
Sana06.09.2021
Hajmi3,87 Mb.
#166136
TuriТесты
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   221
Bog'liq
darslik fbx 2 tom-min

15.2. O‘tkir tug‘ma ichak tutilishi 
 
Bolalik davrida o‘tkir ichak tutilishi erta yoshdagi bolalarda uchraydigan, ko‘p 
o‘lim  holatlariga  olib  keluvchi  kasalliklardan  biri  hisoblanadi.  Bizningcha  bu 


 
142 
asosan kech tashxislash va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni va erta yoshdagi bolalarni 
davolash  prinsiplariga  rioya  qilmaslik  bilan  bog‘lik.  Ko‘pincha  erta  yoshdagi 
bolalarda  o‘tkir  ichak  tutilishini  tashxislashda  va  operatsiya  usulini  tanlashda, 
bolanig 
anatomo-fiziologik 
xususiyatlarini  e’tiborga  olmasdan,  kattalar 
xirurgiyasida  qo‘llaniladigan  qoidalarga  rioya  qilinadi.  Bu  kutilmagan  asoratlarga 
va davolashni samarasiz tugashiga olib keladi. 
Ichak atreziyasi- ichak tutilishining kup uchraydigan sabablaridan biri bo‘lib, 
yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ichak nuqsonlaridan 1/3 qismini tashkil qiladi, o‘g‘il 
bolalarda va qizlarda bir xil uchraydi. Atreziya bilan tug‘ilgan bolalarning o‘rtacha 
uchrashi  taxminan  1 : 2000–1 : 3000,  bu  nuqson  qizilo‘ngach  atreziyasi  va 
diafragmal  churralarga  nisbatan  2  barobar,  Girshprung  kasalligiga  nisbatan  3 
barobar ko‘p uchraydi. 
Ichak  kovagini  to‘liq  obstruksiyasiga  olib  keluvchi  atreziyadan  farqli  tug‘ma 
stenozda  qisman  ichak  tutilishi  kuzatiladi,  ko‘pincha  klinik  ko‘rinishi  kechroq 
namayon bo‘ladi. 
Tasnif.  
- Duodenal atreziya va stenoz Fater so‘rg‘ichidan proksimal va distal bo‘lishi 
mumkin,  bu  klinik  oshqozon  luqmasi  tarkibida  o‘t  aralashgan  yoki 
aralashmaganligi bilan namoyon bo‘ladi. 
-  Ingichka  ichak  atreziyasi  va  stenozi  Treyst  bog‘lamidan  ileostekal 
burchakkacha bir xil miqdorda uchraydi. 
-  Yo‘g‘on  ichak  atreziyasi  –  ingichka  ichak  atreziyasiga  o‘xshash  rivojlanish 
nuqsoni  bo‘lib,  kamroq  uchraydi  -  ichak  atreziyalarini  5  %dan  kamini  tashkil 
qiladi. 
Ichak  atreziyalari  va  stenozlarining  proksimal  segment  kengayish  va  distal 
segment  torayishi  eng  asosiy  xususiyatlaridan  hisoblanadi.  Diametrlar  farqi  2 
barobardan  15–20  barobargacha  bo‘lishi  mumkin  va  bu  obstruksiya  to‘liq  yoki 
noto‘liqligiga,  hamda  atreziyani  oshqozonga  nisbatan  joylashishigp  bog‘liq. 
Ingichka  va  yo‘g‘on  ichakning  kengaygan  qimi  uzunligi  10-15  sm  gacha  bo‘lishi 
mumkin. Mushak qavati gipertrofiyasi va atreziyalangan ichak segmentining tubida 


 
143 
vorsinkalarni  kaltalashganligi  –  homila  davridagi  peristaltik  harakatlarga  va 
homilaning ichagini sururnkali cho‘zilishi natijasi. 
Embriologiya  va  patogenez.  Embriogenez  davrida  kuzatiladigan,  duodenal, 
ingichka  va  yo‘g‘on  ichakda  tutilishiga  olib  keluvchi  protsesslar  hozirgi  vaqtda 
juda mukammal o‘rganilgan. 
12  barmoqli  ichak,  gepatobiliar  daraxt  va  oshqozon  osti  bezining  birinchi 
differensiatsiyasidagi  birinchi  o‘zgarishlar  homila  rivojlanishining  3-haftalarida, 
oldi  va  o‘rta  ichak  ulanadigan  joyda  o‘t  yo‘llari  va  oshqozon  osti  bezi  kutraklari 
shakllanish  vaqtida  hosil  bo‘ladi.  Bu  vaqtda  12  barmoqli  ichak  vakuolizatsiyaga 
uchrayotgan  epiteliy  yig‘indisi  ko‘rinishida  bo‘lib,  so‘ng  rivojlanishning  3-4-
haftalarida  rekanalizatsiya  va  ichak  nayining  kavagi  shakllanadi.  Tandler 
nazariyasiga ko‘ra, 12 barmoqli ichak o‘rta qismi rekanalizatsiyasi buzulishi kavak 
obstruksiyasiga  va  ko‘pincha  yo‘ldosh  oshqozon  osti  bezi  va  o‘t  yo‘llari  terminal 
qismi zakladkasini buzilishiga olib keladi. Bu konsepsiyaning isboti bo‘lib pancreas 
ventral zakladkasining qoldig‘i hisoblanadigan halqasimon oshqozon osti bezi ichki 
duodenal obstruksiya bilan ko‘p uchrash hollari bo‘ladi. 

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish