138
Pilorostenozni endoskopik tekshirishda pilorik kanalning torayganligini visual
ko‘rish imkoni mavjud (15.3-rasm).
15.3-rasm. Pilorik kanalning endoskopik ko‘rinishi.
Pilorostenozni rentgenologik belgilari: oshqozonni kengayishi, uning
bo‘shatilishini sekinlashuvi, simsimon yoki uzunlashgan va toraygan «sichqon
dumi» ko‘rinishidagi pilorik kanalni bo‘lishi, ko‘pincha gipertrofiyalangan
mushaklarnin ovalsimon chetlari hosil qilgan «yolkalar» simptomi bilan birga
keladi. Ko‘pincha shilliq qavat bo‘rtib chiqishi va uning burmalari orasida kontrast
modda ikkita chiziq ko‘rinishida yeg‘ilganligi sababli «relslar» simptomini ham
ko‘rish mumkin (15.4-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: