Ziyoli ziyokorlar ziyosi https://t.me/Tilchi_Adab_NasriddinRahmonovdtm
Test sinovi**6-sinf ona tili**2-chorak
1. Sifatlardan yasalgan fe’llarni aniqlang.
A) qishlamoq, muqovalamoq B) sizlamoq, so‘zlamoq
C) pachaqlamoq, qoralamoq D) isimoq, sovimoq
2. Qaysi so‘zdan fe’l yasalganda fonetik (tovush) o‘zgarish
kuzatilmaydi?
A) yosh, son B) qon, boy
C) o yin, qiyin D) Barchasida kuzatiladi
3. Jo‘mrakni burab ketgan edim-ku. Ostiga chizilgan so‘z
qaysi qatorda morfemalar (asos va qo`shimcha)ga to‘g‘ri
ajratilgan?
A) bura-b B) bur-ab C) bu-rab D) bur-a-b
4. O‘timsiz fe’llar qatnashgan gaplarni belgilang.
1. Mashina yurdi. 2. Rahima yozdi. 3. Murodilla bajardi.
4. Navbatchilar kuzatishdi. 5. Eshik taqilladi. 6. Fayzulla kashf
qildi. 7. Arslonbek ko‘rdi. 8. Chaqaloq uxlayapti. 9. Biz tomosha
qildik.
A) 1,3,4,6,8 B) 1,5,8 C) 1,2,5,7,8,9 D) 3,4,5,7,8,9
5. 6-„V" sinf o‘quvchilari o‘zlariga biriktirilgan yer
maydonchasida nihol o‘tkazishmoqda.
Ushbu gapda qaysi so’zni qo’llash bilan bog’liq xato bor?
A) biriktirilgan so’zi noo’rin qo’llangan
B) maydonchasida so’zidagi kelishik qo’shimchani –ga
qo’shimchasi bilan almashtirish kerak
C) o‘tkazishmoqda so’zi noo’rin qo’llangan
D) 6-„V" sinf birikuvida qo’shtirnoq noo’rin ishlatilgan
6. -sa+kerak shakllidagi birikmalarda qanday ma’no ifodalanadi?
A) ushalmagan orzu, istak ma'nosi C) taxmin ma'nosi
B) shart yoki payt ma'nolari D) imkoniyat ma’nosi
7. Qaysi gapda hozirgi zamon ma’nosi ifodalanmagan?
A) Bahor fasli.
B) Bolalarning qo‘li-qo‘liga tegmayapti.
C) Men tabiatshunoslik litseyiga o‘qishga kiraman.
D) Biz hammamiz ahil bo‘lib, mehnat qilmoqdamiz.
8. Xabar mayli fe'l asosiga qaysi qo'shimchalarni qo'shish
orqali shakllanadi?
A. nisbat, zamon B. mayl, shaxs-son
C. zamon, shaxs-son D. ravishdosh, zamon
9. Qaysi gapda buyruq-istak maylidagi fe'l ishtirok etgan?
A. Bola chaqqonlik bilan o'zini suvga otdi.
B. Kimki farog'atli kunni istasa, u fe'l-ntvorini sozlashi,
to'g'rilik va rositlikni tanlashi lozim.
C. Kunduzi bo'lishiga qaramay, birdan hammayoq qop-
qorong'i bo'lib ketdi.
D. Hayot saboqlarini o'rgangin, chunki hayotni o'rganish zarur.
10. Xabar maylidagi fe’l ishtirok etgan gapni toping.
A. Qarilikning ham o'z gashti bor. B. Dada, keling uxlaylik.
C. Hayot saboqlarini o'rgangin. D. Jahl kelsa, aql ketadi.
11. Fe'lning zamon, shaxs-son qo'shimchalarisiz qismi
nechanchi shaxs va qaysi mayl ma'nosini ifodalaydi?
A. II shaxs xabar mayli B. II shaxs buyruq-istak mayli
C. III shaxs buyruq-istak mayli D. I shaxs xabar mayli
12. Shart maylidagi so'zlar qanday so'zlar bilan qo'llansa, orzu-
istak ma'nosini ifodalaydi?
A. kerak so'zi bilan B. istak so'zi bilan
C. shart so'zi bilan D. edi, ekan so'zi bilan
13. Fe'l asosiga zamon va shaxs-son qo'shimchalarini qo'shish
bilan shakllanadigan maylni belgilang.
A) xabar B) shart C) buyruq-istak
D) Barcha fe'l mayllari zamon va shaxs-son qo'shimchalarini
qo'shish bilan shakllanadi.
14. Quyidagi shakllardan qaysi biri kelasi zamon hosil
qiladi? 1) -(a)y; 2) -(a)r; 3) -di; 4) -moqda; 5) -ajak;
6) -gandi; 7) -moqchi
A) 2, 3, 6, 7 B) 3, 5, 6, 7 C) 1, 4, 5, 7 D) 1, 2, 5, 7
15. Fe'lning noaniq shakli tarkibida qanday qo'shimchalar
bo'lishi mumkin?
A) zamon shaklini hosil qiluvchi qo'shimchalar
B) mayl shaklini hosil qiluvchi qo'shimchalar
C) nisbat shaklini hosil qiluvchi qo'shimchalar
D) shaxs-son shaklini hosil qiluvchi qo'shimchalar
16. To'liqsiz fe'llar mustaqil (yetakchi) fe'lning qanday
shakllaridan so'ng keladi?
A) munosabat shakllari mavjud bo'lmagan fe'l asoslaridan
so'ng
B) zamon shakllari mavjud bo'lgan fe'llardan so'ng
C) shaxs-son shakllari mavjud bo'lgan fe'llardan so'ng
D) nisbat, zamon va shaxs-son shakllari mavjud bo'lgan
fe'llardan so'ng
17. Qaysi qatordagi fikr noto'g'ri?
A) Buyruq-istak mayli shakllari shaxs-son ma'nosini ham
ifodalaydi.
B) Shart mayli shakli orzu-istak ma'nosini ham ifodalaydi.
C) Fe'lning hech qanday qo'shimchalarsiz asosining o'zi
xabar mayli hisoblanadi.
D) Shart mayli shakli kerak so'zini olib kelganda, taxmin-
gumon ma'nosini bildiradi.
18. Pastda esa odamni oqizadigan katta suv xarsanglarga
urilib, shovullab oqayapti. Berilgan gapda qaysi turkumga oid
so'zni yozishda imloviy xatoga yo'l qo'yilgan?
A) ravish B) fe'l C) ravishdosh D) ot
19. Qaysi qatordagi gapda sodda tub fe'l ishtirok etgan?
A) Kunlardan bir kuni Durroj: "Men tuzoqqa tushdim!"- deb
sherni aldadi.
B) Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda.
C) Bir-birimiz bilan eski qadrdonlardek suhbatlashdik.
D) Dunyoda pok odamlar qanchalik ko'paysa, nopok odamlar
shunchalik kamayadi.
20. Qaysi gapdagi fe'l tarkibida ko'makchi fe'l mavjud?
A) Hakim bobo har bir niholni parvarish qilardi.
B) O’yin-kulgi, askiya yarim kechagacha cho'zilib ketdi.
C) Onam bilan miriqib suhbatlashdik.
D) Choyxonachi patnisda non bilan qand-qurs, kabobpaz
kabob olib keldi.
21. Fe'1+fe'l shaklidagi qo'shma fe'llarni toping.
A) sotib yubormoq, o`ylab qolmoq
B) olib qochmoq, ishlab chiqarmoq
C) quvonib keldi, shoshirib qo`ydi
D) isib ketdi, yozib bordi
22. Ko'makchi fe'lni qabul qiluvchi ravishdosh shakli...
A) ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi sanaladi
B) qo'shma fe'l sanaladi C) yetakchi fe'l sanaladi
D) qo'shma fe'l hosil qiluvchi yetakchi fe'l sanaladi
23. Yetakchi fe'l tarkibida ham, ko'makchi fe'l tarkibida ham
kelishi mumkin bo'lgan qo'shimchalarni toping.
A) -di, -dir, -sh B) -gan, -ma, -in
C) -man, -(i) m, -ma D) -il, -ma, -ish
24. –gusi qanday qo`shimcha hisoblanadi?
A) buyruq-istak mayli qo`shimchasi
B) kelasi zamon qo`shimchasi
C) sifatdosh qo`shimchasi D) ravishdosh qo`shimchasi
25. Talaffuzi va imlosida farq bo`ladigan qo`shimchani
belgilang.