TEST SAVOLLARI VA ULARNING JAVOBLARI
1. Quyidagilardan qaysi biri mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asos hisoblanmaydi?
muddatli mehnat shartnomasining muddati tugashi;
xodimning mehnat ta’tiliga chiqishi;
xodimning o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi;
xodimning vafot etganligi.
2. Quyidagi shaxslardan qaysi birini ishga qabul qilishda dastlabki sinov muddati qo‘llash mumkin?
uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga;
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilganlarga;
korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslarga;
oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilarga.
3. Xalqaro mehnat tashkilotining “Bolalar mehnatining eng yomon shakllari to‘g‘risida”gi 182-Konvensiyasiga ko‘ra, “bola” atamasi kimlarga nisbatan qo‘llaniladi?
16 yoshga to‘lmagan shaxslarga;
30 yoshga to‘lmagan shaxslarga;
18 yoshga to‘lmagan shaxslarga;
Maktabda tahsil olayotgan barcha shaxslarga.
4. Quyidagilardan qaysi biri bolalar mehnatining eng yomon shakllariga misol bo‘lmaydi?
qullikning barcha shakllari yoki qullikka o‘xshash amaliyot, masalan, bolalarni sotish va ularning traffiki, qarz asosidagi qaramlik va krepostnoy tobelik, shuningdek zo‘raki yoki majburiy mehnat, shu jumladan, bolalardan qurolli mojarolarda foydalanish uchun ularni zo‘rlab yoki majburlab jalb qilish;
qonunga xilof faoliyat bilan shug‘ullanish uchun, xususan, tegishli xalqaro shartnomalarda belgilangani kabi, narkotiklar tayyorlash va sotish uchun boladan foydalanish, uni yollash yoki uni taklif qilish;
ota-onasi qarshilik qilgan holda istalgan faoliyat bilan shug‘ullanish;
bajarish xususiyatlari yoki sharoitiga ko‘ra bolalar sog‘lig‘i, xavfsizligi va ma’naviyatiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlar.
5. Xodimga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun to‘lanadigan kompensatsiyaning miqdori qancha miqdordan kam bo‘lishi mumkin emas?
xodimning oylik ish haqidan;
o‘rnatilgan eng kam ish haqi miqdoridan;
xodimning bir yil davomida olgan ish haqidan;
ma’naviy zarar yetkazgan shaxsning oylik ish haqidan.
6. Milliy qonun hujjatlari o‘n uch yoshdan o‘n besh yoshgacha bo‘lgan shaxslarga yengil ishlarda ishlashga yoki yollanib ishlashga ruxsat etishi mumkin, agar bu:
ularning ota-onasi rozi bo‘lsa;
ularning maktabga qatnashiga, ularning vakolatli hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlangan kasbga yo‘naltirish yoki kasbiy tayyorgarlik dasturlarida ishtirok etishlariga, yoki ularning olgan o‘quvlaridan foydalanish layoqatiga zarar yetkazmaydigan bo‘lsa;
ularning olayotgan maoshi ta’lim olishi uchun to‘lovlarni qoplashga ishlatiladigan bo‘lsa;
korxona, tashkilot, muassasa rahbari ularga ziyon yetkazmasligi haqida kafolat beradigan bo‘lsa.
7. Quyidagi qoidalardan qaysi biri noto‘g‘ri?
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning belgilab qo‘yilgan normadan ortiq og‘ir yuk ko‘tarishlari va tashishlariga yo‘l qo‘yilmaydi;
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etish taqiqlanadi;
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlarga ish vaqtining muddati haftasiga yigirma to‘rt soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi;
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan shu toifa xodimlarining sog‘lig‘i, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan mehnat sharoiti noqulay ishlarda, yer osti ishlarida va boshqa ishlarda foydalanish taqiqlanadi
8. Mehnat shartnomasi xodimning aybli xatti-harakatlari munosabati bilan bekor qilingan hollarda ogohlantirish muddati to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
a) kamida 2 oy oldin;
b) kamida 1 oy oldin;
c) kamida 3 kun oldin;
d) 2 hafta oldin.
9. Mehnat munosabatlarining vujudga kelish asosi?
a) mehnat daftarchasi;
b) pasport;
c) mehnat shartnomasi;
d) ariza.
10. Quyidagilardan qaysi biri mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishga doir tamoyillarga taalluqli emas?
a) mehnat qilish erkinligi;
b) mehnatga oid munosabatlar sohasida hech qanday cheklashlar va
kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;
c) zarurat bo‘lganda majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilishi;
d) fuqarolarning mehnat qilish huquqlariga ega bo‘lishi va ulardan
foydalanishda teng imkoniyatlarga ega ekan.
11. Quyidagilardan qaysi biri majburiy mehnat deb hisoblanadi?
a) harbiy yoki muqobil xizmat to‘g‘risidagi qonunlar asosida mehnat qilish;
b) favqulodda holatlar yuz bergan sharoitlarda mehnat qilish;
c) sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan mehnat qilish;
d) biron-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlash.
12. Kirish imtihonlari topshirishga ruxsat etilgan xodimlarga oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun qancha muddat ta’til beriladi?
kamida o‘n kalendar kun;
kamida o‘n besh kalendar kun;
kamida yigirma kalendar kun;
kamida yigirma besh kalendar kun.
13. Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni muayyan haq evaziga bajarish haqidagi kelishuv qanday ataladi?
a) mehnat bitimi;
b) kontrakt kelishuvi;
c) mehnat shartnomasi (kontrakt);
d) shartnoma majburiyati.
14. O’n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlarga beriladigan yillik ta’til miqdori to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
kamida yigirma to‘rt kalendar kun;
kamida yigirma olti kalendar kun;
kamida yigirma sakkiz kalendar kun;
kamida o‘ttiz kalendar kun.
15. Mehnat shartnomalarining muddati noto‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni tanlang.
nomuayyan muddatga;
besh yildan ortiq bo‘lmagan muayyan muddatga;
o‘n yildan ortiq bo‘lmagan muayn muddatga;
muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‘ljallab tuzilishi mumkin.
16. Mehnat kodeksining 80-moddasiga ko‘ra, quyidagilardan qaysi biri ishga qabul qilishda talab etiladigan hujjatlar tarkibiga kirmaydi?
a) pasport;
b) mehnat daftarchasi;
c) harbiy bilet yoki harbiy hisobda turganlik haqida guvohnoma;
d) tavsifnoma.
17. Og‘zaki mehnat shartnomasi tuzilishiga ...
a) yo‘l qo‘yiladi;
b) yo‘l qo‘yilmaydi;
c) taraflarning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi;
d) ishning xususiyatiga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.
18. Xodim bilan mehnat shartnomasi rasmiylashtirilmagan va buyruq chiqarilmagan bo‘lsa-yu, ammo xodim amalda tegishli ruxsat bilan ishlashni boshlagan bo‘lsa...
a) amalda mehnat shartnomasi tuzilganligini anglatadi;
b) xodim ishga qabul qilinmagan sanaladi;
c) bu masalani ish beruvchi hal qiladi;
d) mehnatga oid munosabatlar vujudga kelmagan deb hisoblanadi.
19. Ishga qabul qilishda dastlabki sinov nima maqsadda belgilanadi?
a) xodimning topshirilayotgan ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish;
b) uning jismoniy qobiliyatini tekshirib ko‘rish;
c) uning xarakterini aniqlash;
d) uning ishonchlilik darajasini aniqlash.
20. Quyidagi shaxslardan qaysi birini ishga qabul qilishda dastlabki sinov muddati qo‘llash mumkin?
homilador ayollarga;
olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qabul qilinayotgan shaxslarga;
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilariga.
21. O’z xususiyati yoki amalga oshiriladigan sharoitiga ko‘ra o‘smir sog‘lig‘i, xavfsizligi yoki ma’naviyatiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday ish turiga yoki yollanma ish turiga qabul qilish uchun eng kichik yosh necha yoshdan kam bo‘lmasligi kerak?
17 yoshdan;
18 yoshdan;
20 yoshdan;
22 yoshdan.
22. Quyidagi qoidalardan qaysi biri noto‘g‘ri?
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni ish beruvchi har qanday holda ishga qabul qilishi shart;
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan barcha shaxslar dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan keyingina ishga qabul qilinadilar;
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlar o‘n sakkiz yoshga to‘lgunlariga qadar har yili majburiy tarzda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib turilishi kerak;
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatga oid huquqiy munosabatlarda katta yoshdagi xodimlar bilan teng huquqqa ega.
23. O’n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishda, mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya qilishdan tashqari, yana qaysi organdan rozilik olish kerak?
kasaba uyushmasi qo‘mitasidan;
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimning ota-onasidan;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan;
mahalliy mehnat organidan.
24. O’rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olayotgan xodimlarga diplom loyihasini (ishini) bajarish yoki bitiruv imtihonlari topshirish vaqtida qanday imtiyoz berilgan?
olti kunlik ish haftasi bo‘lganda haftada bir kun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etiladilar;
besh kunlik ish haftasi bo‘lganda haftada 18 soat o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etiladilar;
olti kunlik ish haftasi bo‘lganda oyda ikki kun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etiladilar;
olti kunlik ish haftasi bo‘lganda haftada bir kun xodim hisobidan ishdan ozod etiladilar.
25. O’rta maxsus o‘quv yurti talabalariga diplom loyihasini (ishini) tayyorlash va yoqlash davrida qancha muddat o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha ta’tillar beriladi?
ikki hafta;
bir oy muddat;
ikki oy muddat;
uch oy muddat.
Do'stlaringiz bilan baham: |