Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida ikkita hal qiluvchi vazifa birdaniga amalga oshirildi. Birinchisi, ma’muriy buyruqbozlik tizimi oqibatlarini yengish; tanglikka barham berish; iqtisodiyotni barqarorlashtirish; ikkinchisi, respublikaning o‘ziga xos sharoit va xususiyatlarini hisobga olgan holda:
institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirish;
bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish;
agrar islohotlarni amalga oshirish;
iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish;
o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |