20. Quyida qayd qilingan kapital turlarining qaysi biri tadbirkor kapitali bo`la oladi? A. * xususiy kapital
B. qarz-kredit kapitali
V. qo`shma hamda hamkorlikdagi kapital
G. nizom kapitali
21. Tadbirkorning xususiy kapitali qanday shakllanadi? A. * korxona foydasi evaziga
B. bankdan olinadigan kreditlar evaziga
V. amortizatsiya ajratmalari evaziga
G. chiqariladigan obligatsiyalar evaziga
22. Tadbirkorning qarz kredit kapitali qanday shakllanada? A. amortizatsiya ajratmalari evaziga
B. chiqariladigan obligatsiyalar evaziga
V. korxona foydasi evaziga
G. bankdan olinadigan kreditlar evaziga
23. Mahalliy soliqlarga qaysi bir soliq turi kiradi? A. qo`shilgan qiymat solig’i
B. aholining daromad solig’i
V. aktsizlar
G. * mol-mulk solig’i
24. Qo`shilgan qiymat solig’i stavkasini kim belgilaydi? A. Oliy Majlis
B. Vazirlar Mahkamasi
V. Moliya Vazirligi
G. * Davlat soliq qo`mitasi
25. Aktsiz solig’i stavkasini kim belgilaydi? A. Oliy Majlis
B. Vazirlar Mahkamasi
V. Moliya Vazirligi
G. * Davlat soliq qo`mitasi
2-Variant.
1. Joylarga chiqib tadbirkorlik sub`ektlarining moliya-xo`jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) qaysi nazorat qiluvchi idora tomonidan amalga oshiriladi? A. moliya vazirligining hududiy bo`limlari
B. bosh Prokuratura huzuridagi SVOJQK departamenti
V. davlat statistika qo`mitasining hududiy bo`limlari
G. * davlat soliq inspektsiyasi
2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.09.2005 yildagi PQ-186 – sonli Qaroriga asosan auditorlik, veterinariya, tibbiyot, farmatsevtika, sug’urta, birja, turizm, lombard, ulgurji savdo, qimmatbaho tosh va metallaridan zargarlik buyumlari tayyorlash faoliyatiga qancha muddatga litsenziya beriladi? A. bir yil muddatga
B. uch yil muddatga
V. * cheklanmagan muddatga
G. besh yil muddatga
3. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.10.2005 yildagi PF-3665 – sonli farmoniga ko`ra, yangi tashkil qilingan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo`jaliklarining moliya-xo`jalik faoliyatida ular davlat ro`yhatiga olingan paytdan boshlab necha yil mobaynida reja asosida tekshirish o`tkazilmasligi belgilangan? A. 2 yil
B. * 4 yil
V. 5 yil
G. 3 yil
4. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.11.2005 yildagi 242 – sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash to`g’risida”gi Nizomiga asosan ulgurji savdoga litsenziya berilganligi uchun qancha miqdorda davlat boji undiriladi? A. eng kam oylik ish haqining 3 barobari miqdorida
B. eng kam oylik ish haqining 2 barobari miqdorida
V. eng kam oylik ish haqi miqdorida
G. * davlat boji undirilmaydi
5. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2006 yildagi “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o`rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to`g’risida”gi Farmoniga ko`ra kasanachilar faoliyatini nazorat qiluvchi organlar tomonidan qaysi holatda tekshirilishi mumkin? A. NQOFMKning reja-jadvaliga asosan
B. favqulotda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida rejadan tashqari tekshirish o`tkazilganda
V. buyurtmachi korxona faoliyati qonunda belgilangan tartibda tekshirilganda
G. * kasanachilar faoliyati tekshirilmaydi