To’g’ri javob: a) Shavvol oyida, Payg’ambar s.a.v. bilan nikohlari shu oyda bo’lgani sababli
Izoh: Abu Ubayd ibn Musanna aytadilar: “Oisha onamiz r.a. o’z qarindosh ayollarining to’yi shavvolda bo’lishini mustahab sanar edilar. Rasululloh alayhi va sallam shavvolda meni o’z nikohlariga oldilar, shavvolda men bilan birga yashashni boshladilar, u zotning qay ayollari mendan ko’ra nasibaliroq, der edilar.” (“Hadis va Hayot”, 25 juz’, 64 bet).
Hadija r.a. tomonlaridan Rasululloh s.a.v.ga yuborilgan sovchi kim edi?
To’g’ri javob: d) Nafisa binti Munayya
Izoh: Ibn Sa’d r.a. “Taboqot” nomli kitobida Nafisa binti Munayyadan rivoyat qiladilar: “Hadija binti Xuvaylid azmu qarorli, kuch-quvvatli, sharafli ayol edi….
Bir kuni Hadija binti Xuvaylid meni Muhammadning oldiga uning karvoni ila Shomdan qaytib kelganidan so’ng kishi bilmas yubordi. Men borib:
“Ey Muhammad, seni uylanishingga nima mone’lik qiladi?” dedim.
“Uylanish uchun qolimda hech narsa yo’q”, dedi.
“O’sha narsadan kifoyalansang va jamol, mol, sharaf va o’z tengingga da’vat qilinsang, xo’p deysanmi?” dedim.
“Kim o’zi u?” dedi.
“Hadiyja”, dedim.” (“Nubuvvat xonadoni xonimlari” 26-bet)
Do'stlaringiz bilan baham: |