Test. O’zbek tili.
1.Meni men istagan o‘z suhbatig’a arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko’nglim pisand etmas. Baytda qo‘llanilgan “ichi bo‘sh so‘zlar” tarkibida unlilarning qaysi turi ishtirok etmagan?
A. quyi keng unli B. o‘rta keng unli C. lablanmagan unli D. yuqori tor unli
2. Sendek menga bir yori jafokor topilmas,
Mendek senga bir zori vafodor topilmas. (Z.M.Bobur) Ushbu baytda qanday badiiy san’atlar qo‘llanilgan?
A. tazod, tajnis, talmeh; B. tazod, tarse’, tardi aks;
C.
tashxis ,iyhom, radd ul- matla; D. tazod, tardi aks, tashbeh.
3. Yuklamaning qaysi ma’noviy turida sifatning orttirma darajasini hosil qilishda ishtirok etadigan yuklama mavjud?
A. Ayiruv-chegaralov yuklamalarida B. O’xshatish-qiyoslash yuklamalarida C. Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalarida D. Yuklamalarning ma’no turlarida sifatlarning orttirma darajasini hosil qiluvchi yuklama mavjud emas
4.Qaysi gap ot, ravish, ravishdosh va sof fe’l turkumlaridagi so’zlardan tarkib topgan?
A. Ilhom bugun o’lgudek charchadi. B. Men bu yerga o’qigani kelganman. C. Tong otguncha manzilga yetib boramiz. D. Akam hovliqqancha tez-tez gapirardi.
5.Quyidagi so’z birikmalaridan qaysi biri bitishuv usuli bilan hosil qilinmagan?
A. bahorgi ishlar B. to’satdan kelib qolmoq C. sharoitga ko’ra yondashmoq D. qunt bilan o’qimoq
6. “Go’r” hamda “bog’” ma’nolarini anglata oluvchi so’zni aniqlang?
A. firdavs B. ujmah C. ravza D. huld
7. “Olim bo’lsang, olam seniki”, - deydi xalqimiz. Ushbu gapda qanday qo’shimchalar mavjud?
A. 1 ta so’z
yasovchi, 2ta lug’aviy shakl yasovchi va 2 ta sintaktik shakl yasovchi B. 1 ta so’z yasovchi, 1 ta lug’aviy shakl yasovchi va 4 ta sintaktik shakl yasovchi C. 5 ta sintaktik shakl yasovchi, 1 ta lug’aviy shakl yasovchi D. 4 ta lug’aviy shakl yasovchi va 2 ta sintaktik shakl yasovchi.
8.Olmosh+ ot shaklidagi bitishuv usuli bilan hosil bo’lgan birikmalarda olmoshning qaysi turlari tobe so’z vazifasida kela oladi?
A.
kishilik, o’zlik va ko’rsatish olmoshlari B. ko’rsatish, so’roq va belgilash olmoshlari C. kishilik, o’zlik, ko’ratish, so’roq D. bo’lishsizlik olmoshidan tashqari barcha olmoshlar.
9. Shamol toy ekan, Kuchga boy ekan, Yengil ko’charkan, Ko’kka ucharkan. (P. Mo’min)
Gapdagi fe’llarning nisbatini aniqlang.
A. aniq; aniq B.
orttirma; orttirma C. aniq; orttirma D. orttirma; aniq
10. Olmoshlarning qaysi turida ko’plik va kelishik qo’shimchalarining so’z o’rtasida qo’shilishi kuzatiladi?
A. o’zlik olmoshi B. belgilash olmoshi C. bo’lishsizlik olmoshi D. gumon olmoshi
11. To’liqsiz gaplarda qaysi bo’lakning tushirilishini nima (yoki kim) belgilaydi?
A. nutq sharoiti B. so’zlovchi C. tinglovchi D. matn hajmi
12. Kesimlik shakli maxsus ko’rsatkichlar orqali ifodalanmagan gapni aniqlang.
A. Vatanimizni, milliy qadriyatlarimizni chin dildan sevamiz. B. Mehnat qilgan rohat ko’radi. C. Men akademik litsey talabasiman. D. Bu – litsey.
13. . “Men o’ldirdim sizni, oyijon; men o’ldirdim, men, men, men!..”
Yuqoridagi iqrorlar qaysi asar qahramoniga tegishli?
A. “Ufq” romanidagi Tursunboyga B. “Chinor” romanidagi Akbaraliga C. “Mirzo Ulug’bek” tragediyasidagi Ulug’bekka D. “Urushning so’nggi qurboni”
hikoyasidagi Shoikromga
14. Quyidagi asarlar kimlar tomonidan yozilgan?
1) “Sog’inish” ; 2) “Meros” ; 3) “Oqsoqol”
a) A. Muxtor b) G’ G’ulom c) O’ Umarbekov d) P. Qodirov e) M. Shayxzoda
A. 1 - a, b; 2- d, e; 3- c, e B. 1- a, b; 2- b, d,e; 3- c, b C. 1-a,b,e; 2- c,d,e; D. 1- a,b; 2-d,e; 3- b,d,e;
15. Qaysi gapda asosiga –r qo’shimchasini qo’shib fe’l yasash mumkin bo’lgan so’z qo’llangan?
A. Semiz qurtning uyasi – yong’oqning kavagi. B. Buni “qaytar dunyo” deydilar. C. Qolgan ishga qor yog’ar. D. Eskisini yamaguncha esing ketadi.
16. Qaysi gap tarkibida kishilik olmoshini qo’shish orqali “ta’kidlash” ma’nosini hosil qilishga erishish mumkin?
A. Bunday hayot o’zimga ham yoqmay turibdi. B. Ishonma, yolg’onchi ular. C. Senga xiyonat qilgan bu kimsalar menga ham pand berishgan. D. Buning nimasi yomon?
17. Maxtumqulining “Namasan?” she’rida lirik qahramon ta’riflanayotgan ma’shuqani qayerda ko’rgan edi?
A. bog’da B. tushida C. sahroda D. ko’rmagan edi
18. Sahroi Kabirda yozsam ko’nglimni,
Ruhimda chinorday turding ko’karib.
… bo’lib nechun men seni
Bir umr boshimda yurdim ko’tarib? Mirzo Kenjabek qalamiga mansub ushbu she’riy parchada kimning nomi tilga olingan?
A.Mirzo Bedil B. Mirzo Bobur C. G’afur G’ulom D. Rauf Parpi
19. Ozod Sharafiddinovning mustaqillik yillarida chop etilgan kitoblari qaysilar?
1) “Istiqlol fidoyilari”; 2) “Sardaftar sahifalari”; 3) “Ma’naviy kamolot yo’llarida”; 4) “Dovondagi o’ylar”; 5) “Ijodni anglash baxti”.
A. 1,2,3,4,5 B. 1,2,3,4 C. 1,2,4,5 D. 3,4,5
20. Qaysi janrda
voqealar bayoni xuddi ertak, latifalarga o’xshasa-da, asar yakunida ta’limiy xulosa chiqariladi?
A. masal B. maqol C. topishmoq D. doston
21. “Tagida yalmog’iz kamar bor deyishadi. Bolalarni u yerga yo’latishmasdi. Meni ham dadam u yerdan quvlagani quvlagan edi…” Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A. A. Qodiriy “Jinlar bazmi” B. A. Muxtor “ CHinor” C. O. Yoqubov “Muzqaymoq” D.A. Qahhor “O’tmishdan ertaklar”
22. Biroz ko’nglimniki bo’ldim – o’ksigan,
Rabbimniki edim, shubhasiz , biroq
Borim-yo’g’im bilan seniki edim,
Seniki bo’lurman, ey Ona tuproq!... (Z. Mirzo) She’riy parchadagi qaysi turkumga mansub so’zning asosiga birgina tovushdan iborat qo’shimcha qo’shish orqali yangi so’z hosil qilish mumkin?
A. fe’l B.ot C. olmosh D. undov
23.
Millatni sevmoqlik- baxt, kurashib yashamoq- saodat. Ushbu gapdagi so’z yasovchi qo‘shimcha lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchadan keyin qo‘shilgan so‘z tarkibida qanday til undoshi mavjud emas?
A. til o‘rta B. til orqa C. til oldi D. chuqur til orqa
24. Mahallada hech zot yo’qki, uni tanimaydigan bo’lsa. Ergashgan qo’shma gapning turini aniqlang.
A. ega ergash gapli qo’shma gap B. aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap C. to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap D. kesim ergash gapli qo’shma gap
25. Ajratilgan bo’lagi – yo’q. Kiritma bor. Undalma – yo’q. Gap bo’laklarining joylashish tartibi me’yoriy. Gap bo’laklarini aniqlash bo’yicha tahlil qaysi gapga tegishli?
A. Shubhasiz, ilm va mehnat bilan baxtli bo’ladi. B. Qizim, bunaqa yigitdan sovchi bir marta keladi. C. Mehnatda, ijodda, san’atda, fanda Kattadir yoshlarning qo’shgan hissasi. D. Ko’rgali
topmagay imkon, nahot!
26.Qaysi gapda ega gap mazmunining markazini tashkil etgan?
A. Yakshanbada o’rtog’im biznikiga keladi. B. Men Abdulla Qahhor hikoyalarini o’qiyapman. C. Kecha muzeyga biz bordik. D. Akademik Sobir Yunusov dunyoga taniqli olimdir.
27.Shaxsni boshqacha nom bilan aniqlagan bo’lak qaysi gapda qo’llangan?
A. Yaxshining yaxshiligi tegar har yerda. B. Bizning eshon – kabobpazlarning piri. C. Biz boy otangizga Yormatning qizini olib bermoqchi edik. D. Kamina usta Qodirni ham ogoh etdik.
28. Bay, bay, bay, bugungi to’ydagi hashamatni qarang. Halimaxon, naq saroyning o’zi. Gapda qaysi so’z turkumiga mansub so’z qatnashmagan?
A. sifat B. yuklama C. undov D. modal
29. Urg’u quyi keng unlilardan biri ishtirokidagi bo’g’inga tushgan so’zni toping.
A. qayg’urma B. bisotimdagi C. sokingina D. afsuski
30. Qaysi bandda tilga olingan qo’shimchalar turi mavjud emas?
A. o’z va o’zlashgan qo’shimchalar B. bir va ko’p ma’noli qo’shimchalar C. sodda va murakkab qo’shimchalar D. mustaqil va yordamchi qo’shimchalar
31. Umr yo’li Usmon Nosirnikidek qisqa, biroq samarali o’tgan Abdulla To’qay qaysi xalq qalamkashi hisoblanadi?
A. arman B. tatar C. gruzin D. turk
32.Bir to’da odam. Ko’plik ma’nosi qaysi usulda hosil qilingan?
A. morfologik B. leksik C. semantik D.
leksik-morfologik
33.Tor unlilar bilan farqlanuvchi o’zaro paronim otlarni aniqlang.
A. bot, but B. burushgan, burishgan C. oxir, oxur D. sur, sir
34.Yodgor kelib-kelmay hasharni adog’iga yetkazdi. Ushbu gapda fe’lning lug’zviy shakli qaysi nisbatda?
A. aniq nisbatda B. orttirma nisbatda C. o’zlik nisbatda D. majhul nisbatda
35.Qaysi bandda o’zi ifodalagan tushuncha bilan birgalikda eskirgan birlikka misol keltirilgan?
A. mingboshi B. riyoziyot C. oblast D. uzor
36. Egasini topish mumkin bo’lmagan gap qaysi qatorda berilgan?
A. Shaftolizor bog’larni ko’rdim. B. Bugungi ishni ertaga qo’yma C. Topshiriqni o’z vaqtida bajarishi kerak. D. Oyni etak bilan yopib bo’lmaydi.