10-SINF 5-VARIANT
1. Moddalar almashinuvi qanday funktsiyalarni bajaradi?
1) hujayrani qurilish materiali bilan ta`minlash; 2) signal funktsiyasini amalga oshirish; 3) transport funktsiyasini amalga oshirish; 4) hujayrani energiya bilan ta`minlash; 5) hujayrada hosil bo`lgan moddalarni chiqarish.
A.1, 2 B.2, 5 C.5, 4 D.1, 4
2.Hujayraning tuzilishi hamda tarkibining yangilanib turishini ta’minlaydigan biosintetik reaksiyalar yig‘indisi nima? 1- moddalar almashinuvi 2-plastik almashinuv 3- energetik almashinuv 4- assimilatsiya, 5-dissimilatsiya 6- anabolizm 7- metabolism 8- katabolizm.
A.1,2,3 B.2,3,7 C.2,4,6 D.1,6,8
3.Hujayrani energiya bilan ta’minlab beradigan reaksiyalar yig‘indisi nima deyiladi? 1- moddalar almashinuvi 2-plastik almashinuv 3- energetik almashinuv 4- assimilatsiya, 5-dissimilatsiya 6- anabolizm 7- metabolism 8- katabolizm.
A.1,2,3 B.2,3,7 C.2,4,6 D.3,5,8
4.Metabolizm(a) va metabolit (b)ga tegishli javobni belgilang.1-hujayra hayot faoliyatining doimiyligini saqlashni ta’minlovchi plastik almashinuv reaksiyalari yig‘indisi 2-hujayra hayot faoliyatining doimiyligini saqlashni energetik almashinuv reaksiyalari yig‘indisi 3-biosintetik reaksiyalar yig`indisi , 4-metabolizm mahsulotlari
A. a-1,2 b-4. B . a-1,4 b-2. C . a-1 b-3,2 . D. a-1 b-4,2.
5.Barcha hujayralarning universal energiya zaxirasi nima hisoblanadi.
A. ATF B.ADF C. NADF D.DNR,RNK
6.Energetik almashinuvi bosqichiga tegishli bo`lmagan javobni belgilang.1-tayyorgarlik bosqichi. 2- plastik almashinuv. 3-glikoliz.4- energiya almashinuv 5- hujayraning nafas olishi. 6-aerob va anaerob
A. 1,3,5 B.2,4,6 C. 1,5,6 D, 3,4,5
7.Energetik almashinuvining tayyorgarlik bosqichida yuqori molekulali organik birikmalar yani oqsillar(a), lipidlar(b), polisaxaridlar (c) parchalanadi 1- aminokislotalarga, 2- disaxaridlarga, 3-glitseringa, 4- yog‘ kislotalariga, 5-monosaxaridlarga 6-oqsillarga
A. a-1,2.b-2,3. c-2,5 C. a-2.b-1,3. c-2,5
B. a-1,2.b-2,3. c-6 D. a-1,.b-2,3. c-5
8.Energetik almashinuvda hujayrada qaysi moddaning kislorodsiz parchalanishi natijasida 2ta molekula ATF hosil bo`ladi?
A. oqsil B. yog` C. kraxmal D.glyukoza
9.. Glikoliz jarayonida ajralib chiqayotgan energiyaning necha foizi ATF tarkibida to`planadi?
A.40 B.10 C.60 D.70
10.Ikki molekula sut kislotaning kislorodli sharoitda to`liq parchalanishida nechta molekula ATF hosil bo`ladi?
A.2 B.36 C.38 D.10
11.Berilganlardan qaysi birida bir molekula glyukozadan ikki molekula sut kislota hosil bo`ladi? A.tayyorgarlik bosqichida B.nafas olish bosqichida
C.kislorodsiz bosqichida D.oqsillar assimilyatsiyasida
12. Moddalar almashinuvining dastlabki bosqichini aniqlang.
A.metabolizm mahsulotlarini tashqariga B.glikoliz
C. ozuqaning hazm bo`lishi D.sut kislotaning parchalanishi
13.Energiya almashinuvi jarayonining tayyorgarlik davrida ajralgan energiya ...
A. issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi
B. ATF sifatida to`planadi
C. ADF sifatida to`planadi
D. NADF sifatida to`planadi
14.Glukozaning kislorodsiz sharoitda sut kislotagacha parchalanishi tufayli ajralib chiqadigan energiyaning necha foizi issiqlik energiyasi sifatida tarqaladi?
A. 40 B. 60 C.55 D. 10
15. 180g glukozaning C, H, O atomlari orasidagi bog`larda to`plangan potensial energiyaning miqdori qancha (kJ) bo`ladi?
A. 200 B. 2600 C. 2800 D. 3000
16. Bir molekula glukozaning kislorodsiz parchalanishi natijasida jami nech (a) kJ energiya ajraladi. Bu energiyaning necha %(b ) iATFning fosfat bog‘lariga to‘planadi,necha %(c) energiya esa issiqlik sifatida
tarqalib ketadi.
A.a-200, b- 40, c- 60. B.a-180, b- 40, c- 60.
C .a-200, b-,60 c- 40. D .a-180, b-,60 c- 40.
17.Anaerob parchalanish qaysi organism hujayralarida sodir bo`ladi? 1-o`simlik, 2-musqul to`qimalarda,
3- hayvon, 4- zamburug‘, 5- ATF fosfat bog`larida 6- bakteriya 7-glikoliz
A.1,2,3,4 B.1,3,4,6 C.2,3,5,6 D.3,4,5,7
18. Kislorodli parchalanishda glikoliz jarayonida hosil bo‘lgan moddalar metabolizmning oxirgi mahsulotlari (CO2va H2O)gacha parchalanadi. Bunda (a) molekula sut kislotadan (b) molekula ATF,
(c) molekula H 2O va (d) molekula CO2 hosil bo‘ladi.
A.a-2, b-36, c-42, d-6
B.a-42, b-36, c-2, d-6
C .a-2, b-36, c-6, d-42
D .a-2, b-6, c-42, d-36
19.Kislorodli bosqichda (a) molekula sut kislotasining to‘liq parchalanishi natijasida (b) kJ energiya ajralib chiqadi. Shundan (c) kJ energiya ATFning fosfat bog‘lariga bog‘lanadi. Qolgan (c) kJ energiya issiqlik sifatida tarqalib ketadi.
A. a-1, b-2600, c-1440, d-1160
B. a-2, b-2600, c-1440, d-1160
C. a-2, b-260, c-140, d-1160
D. a-2, b-,1440 c-2600, d-1160
20.180 g glukozaning to‘liq oksidlanishi natijasida ajraladigan (a) kJ energiyaning (b) kJ hujayrada ATF shaklida to‘planadi
A.a-2800, b-1520 B.a-1520, b- 2800
C. a-2600, b-1520 D. a2800-, b-1420
21. Bir molekula glukoza sintezlash uchun qancha CO2(a) va ATF(b) sarflanadi?
A. a - 6; b – 12 B. a - 6; b – 18
C. a - 12; b – 18 D. a - 18; b - 6
21. Hujayraning asosiy membranali tuzilmalari qaysi moddalar tashkil etadi?
A.uglevod, yog`lar B.oqsil, uglevod
C)oqsil, lipid D. oqsil, mineral tuz
22.Evolutsiya jarayonida ilk bor hujayra darajasiga xos qaysi xususiyatlar paydo bo`lgan?
1-hujayra metabolizmi. 2-o`z-o`zini yangilash. 3-genetik axborotning hujayradan hujayraga berilishi.4-lipid va uglevodlar kabi biomolekulalar tashkil etgan
A.1,2 B.1,3 C.1,4 D.1,5
23.Hujayra darajasidan boshlab ..............orqali avlodlar davomiyligi va hayotning uzliksizligi ta`minlanadi.
A. Genetik axborotni nasldan naslga o`tkazish
B.Matritsali sintez reaksiyalari
C.Hujayra hayotiy jarayonlarining fermentativ boshqarilishi
D.To`qima va organlarning paydo bo`lishi
24. Rudolf Virxov......... isbot qilib berdi.
1- hujayrasiz hayot yo‘qligi, 2-hujayra faqat avval mavjud hujayralarning bo‘linishidan paydo bo‘lishi,
3- hujayra hayotning hamma xossalariga ega bo‘lgan eng kichik morfologik element ekanligi,
4- barcha ko‘p hujayrali organizmlarning rivojlanishi bitta tuxum hujayradan boshlanishini 5- hujayraning asosiy struktura elementi protoplazmasi bilan yadrosi ekanligini
A.1,2,3,4 B.1,2,4,5. C.2,3,4,5. D.1,2,3,5
25.Bakteriya hujayrasiga tegisli qiyosiy xarakteristikani belgilang.
A.zaxira modda –polifosfatlar B. Zaxira modda – glikogen
C. Zaxira modda – kraxmal D. Zaxira modda – glikogen va kraxmal
26.Zamburug` hujayrasining oziqlanish usulini belgilang
A. Oziqlanish usuli geterotrof (saprofit, parazit).
B.Oziqlanish usuli geterotrof (parazit, saprofit) va avtotrof
C. Oziqlanish usuli avtotrof, geterotrof (parazit)
D.Oziqlanish usuli geterotrof (golozoy, parazit)
27.O`simlik hujayrasida ATF sintezi sitoplazmada, mitoxondriya va xloroplastlarda sodir bo‘ladi.Bu hususiyat yana qaysi turik organizm hujayrasiga tegishli.
A. Faqat o`simlik hujayrasiga tegishli
B. Bakteriya hujayrasiga tegishli
C.Hayvon hujayrasiga tegishli
D.Zamburug` hujayrasiga tegishli.
28.Irsiy axborot sitoplazmada nukleoid va plazmidalarda joylashgan.Bu qiyosiy xarakteristika qaysi tirik organizm hujayrasoga xos?
A. Zamburug` hujayrasi B. O`simlik hujayrasi
C.Bakteriya hujayrasi D.Hayvon hujayrasi
29.O`simlik hujayrasining qobig`i........ iborat.
A.Murein moddasidan B.Xitin moddasidan
C.Selluloza moddasidan D.Yupqa pardadan
30.Hujayra nazariyasiga tegishli bo`lmagan javobni belgilang.
1-T.Shvann va M.Shleyden , 2-1838-1839 yillar , 3- 1665 yil , 4-J.B Lamarkva G.R Trevinarus, 5-R.Virxov va K.Ber, 6-yerda hayot paydo bo`lishi hujayraning paydo bol`ishi bilan bog`liq, 7-hujayra tiriklikning tuzilish, funksianal va rivojlanish birligidir.
A.3,4,6 B.1,3,6 C. 2,5,7 D.1,2,7
___________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |