32- rasm
Ba`zi alohida modellarda PCMCIA kartasi yordamida (xatto 1 Gb sig’imigacha minidrayv qattiq disk IBM ni ham qo’llash mumkin) kompьyutersiz taqsimotni o’tkazishni tashkil etish mumkin. Sanyo kompaniyasi masalan, maxsus jadval akselerator sifatida xatto PCI yoki PCMCIA kartochkalari bilan qo’shimcha ta`minlangan kompyuterlardan foydalanadi, shu bilan birga ko’rsatish sifati analogli kabi raqamli signallar uchun ham ancha yaxshilanadi. Аlbatta turli proektorlar o’zining turli maqsadlarga mo’ljallanganligi sababli aytib o’tilgan raz`yomlarga ega bo’lishi mumkin (yoki ega bo’lmaydi) sotib olayotganda bularning hammasini hisobga olish kerak, chunki proektorlarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish (raz`yomi borligiga qarab) deyarli mumkin emas.
33- rasm
Zamonaviy multimediaproektorlari tasvir kursatkichlarini o’zgartirish bo’yicha raqamli xizmatlar imkoniyati to’plamiga ega. Masalan, prezentatsiyada sharoitlar qiyinroq bo’lib, proektorni tasvir tekisligiga (ya`ni ekranga) perpendikulyar qo’yish mumkin bo’lmaganda, tasvir chiquvchi burchakning o’zgarishi esa trapetsional buzilishlarga olib keladi, trapetsional buzilishni tuzatish xizmatidan foydalanish mumkin bo’ladi (vertikal hamda gorizontal bo’yicha ham).
34- rasm
Butun jahon ko’rgazmasidagi 60-yillarning reklama roligi. Orasta kiyingan uy bekasi — kechki ko’ylakda va baland poshnalarda, o’zining superavtomatlashtirilgan oshxonasidan chiqmasdan, videotelefon bo’yicha mebel tanlaydi, tushlikka yangi uzilgan mevalarni sotib oladi yoki dugonasining yangi taroshlangan sochini tanqid qiladi. Afsus, hali hatto butunda bunday imkoniyatlarni amalga oshirish juda qiyindir. Lekin yaqin kelajakdachi?
Xamkor bilan videotelefonda so’zlashuv olib borish, ya’ni o’zi hamsuxbatini ko’rib turib gaplashish, bugungi kunda haqiqatdir, qaerdadir еsa har kungi odatdir. Bir nechta foydalanuvchilarning guruh tarkibida hujjatlar va ilovalar bilan yoki uydagi ofislardan uzoqlashgan muloqatni ishlatganda birgalikdagi masofadan turib ishlashni tashkil qilish ham haqiqatdir (bu usul mutaxassislarni uydagi mexnatidan keng foydalanayotgan firmalarda samarali ishlatilmoqda). Videoaloqa bo’yicha konsiliumlar, o’zaro maslaxatlar, seminarlarni o’tkazish, kerakli grafikli va videomateriallarni namoyish qilib, masofadan turib o’qitish haqiqatdir va h.k.
Videoaloqa tizimlarida juda ko’p narsalar mumkin va haqiqatdir. Lekin qiyinchiliklar ham bor, ayniqsa videokonferenciyalar o’tkazishda muammolar tug’iladi, lekin aynan shu videokonferenciyalar hozir videoaloqaning еng rivojlanadigan va iqtisodiy maqsadga muvofiq varianti sifatida ko’rib chiqilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |