Terrorchilik va ozodlik harakati
Menimcha, terrorchilik bilan mustamlakatga qarshi olib borilayotgan ozodlik harakatlari o’rtasini
aralashtirib yuborish “terrorchilik” ta’rifi va tushunchasida kelisha olmaslikning asosiy omilidir. Shuning uchun ham, g’arb, asosan Amerika tarafi Falastin va Livan janubidagi Isroilga qarshi, shuningdek Iroqdagi Anglo Amerika bosqinchiligiga qarshi olib borilayotgan ozodlik harakatlarini “terrorchilik” deya tavsiflamoqda. “Hizbulloh”, “Hamas”, “IslomiyJihod” va
“FalastinOzodlikTashkiloti”
Kabi uyushma va tashkilotlar Amerika Tashqi Ishlar vazirligi raportlarida
“terrorchi tashkilot va uyushmalar” qatori dan o’rin olgan.
Sem tog’aning hujjatlarida isroil va amerikaliklar qilayotgan jinoyatlar “terror” va “terrorchilik” jumlalari qayd etilgan paytda tilga olinmaydi!!
Terrorizm
G’arb madaniyatidagi “irhob-terrorizm” tushunchasining ma’nosi haqida Qohira Dorulfununi o’qituvchisi doktor Yahyo Abdulmubdiy shunday deydi: “”Irhob” so’zi ingliz tilida “terror” so’ziga “ism” qo’shimchasini qo’shish bilan (terrorism) “qo’rquv”, “dahshat” ma’nolarini ifodalaydi. Agar “terrorize” fe’li shaklida iste’mol qilinsa “qo’rqitdi”, “dahshatga soldi” ma’nolarini bildiradi” (4).
“Terrorism” istilohi ilk bor G’arb madaniyatida jumhuriyatchi Yakobinchilar davrida, tarixiy Fransiya burjua inqilobi ushbu inqilobga qarshilik ko’rsatgan burjua tarafdorlari bilan qirol tarafdorlari o’rtasidagi ittifoqqa qarshi qo’llagan kuch ishlatish siyosati uchun iste’mol qilingan. “Reign of Terror” deb nomlangan bu terrorchilik oqibatida 300 000 (uch yuz ming)dan ortiq shubhali odam qamaldi, 17 000 (o’n etti ming) kishi qatl etildi va minglab begunoh kishilar qamoqxonalarda tergovsiz, mahkamasiz o’lib ketdi.
Ba’zilar “terrorchilik” istilohi tarixning bundan-da qadimroq davrlarida ham iste’mol qilinganini taxmin qilishadi. Ularning fikricha, terrorchilik bashariyat tarixining har bir davrida jahonnning barcha davlatlarida bo’lgan va bo’lib kelmoqda. Yunonlik tarixchi Ksenofon (Xenophon – meloddan avval (m.a.) 430-349 yy.) G’arb madaniyati haqida so’z yuritar ekan, ruhiy ta’sirlarning urushga, terrorchilikning esa xalqlarga o’tkazadigan ta’siri haqida to’xtalib o’tadi (5).
Tiberius (Tiberius – 14-37 yy.) va Kaligula (Caligula – 37-41 yy.) singari ba’zi Rim hukmdorlari o’z saltanatlariga qarshi bo’lganlarni bo’ysundirish uchun zo’ravonlik, mol-mulklarni musodara qilish va o’lim jazosini qo’llar edilar.
Germaniyada Adolf Gitler tuzgan fashistlar hukumati, Sovet Ittifoqida Iosif Stalin boshliq kommunistlar hukumati kabi ba’zi hukumatlar terrorchilikni o’z siyosiy rejalarining ajralmas bir bo’lagi deb hisoblaganlar. Shuning uchun ham, iqtisodiy, siyosiy va madaniy manfaatlarni ro’yobga chiqarish uchun g’oyaviy-ideologik pardalar ortida davlat terrorchiligini amalga oshirganlar.
Jahonda yuzlab terrorchilik uyushmalari mavjud. Ular ichida eng ko’zga ko’ringanlari: Olmoniyadagi “Bader maynxuf”, Italiyadagi “Qizil gvardiya”, Yaponiyadagi “Qizil Armiya”, Irlandiyadagi “Respublikachilar Armiyasi”, Perudagi “Nurli tuproq” va Bask orolidagi “ETA” uyushmasi. “ETA” – g’arbliklarning aytishicha, yigirmanchi asr tarixidagi eng mashhur terrorchilik uyushmasi hisoblanadi.
Amerika Qo’shma Shtatlari ham qora tanlilarni va o’zgacha fikrlovchilarni yo’q qilish bilan dong taratgan “Kukluksklan” tashkiloti kabi jahondagi yuzlab terrorchilik uyushmalariga in bo’lib kelgan.
Yahudiylar ham tarixdagi ilk terrorchilik uyushmalarining o’chog’i bo’lib, jahondagi eng mashhur “Hagana”, “Argun” va “Shtern” nomli terrorchilik tashkilotlarini tuzgan xalqdir.Hatto Isroil davlatining o’zi – bashariyat uchun benazir terrorchilik timsoliga aylanib qoldi.Bu haqiqatni ochiq idrok etish uchun Isroil davlati tashkil topganidan beri qo’l urgan og’ir jinoyatlarga bir nazar tashlash kifoya.
Sosiolog Aleks Shmidtning terrorchilik tushunchasiga oydinlik kiritish uchun yuzta mutaxassis va olimga bergan savollariga olgan javoblar, uning siyosiy terrorchilik haqida yozgan kitobida (1983 yil) mavjud. Uning so’rovlariga mazkur mutaxassislar bergan javoblarning mushtarak xulosasi quyidagicha:
terrorchilik – aniq cheklangan mohiyatga ega bo’lmagan tushunchadir;
bir ta’rifning o’zi bu istilohning barcha ma’nolarini qamrayolmaydi;
turlita’riflarterrorchilikningturliqismlarigamushtarakbo’lib, u kimga qaratilgan ekaniga va qurbonlariga qarab belgilanadi.
“Robitat ul Olami lIslamiyya” (Islom Olami Ligasi) qoshidagi Islomiy Fiqh Uyushmasi “terrorchilik”ni: “Terrorchilik – shaxslar yoki jamoatlar yoxud davlatlar tarafidan insonning dini, qoni, aqli, moli va nomusiga qarshi ishlatiluvchi zo’ravonlikdir. Terrorchilik – qo’rqitish, ozorlash, tahdid solish,
Nohaq o’ldirish va Yer yuzida buzg’unchilik yoyishning barcha turlarini o’zichiga oladi ”- debta’rifladi.
Bundan tashqari, g’arblik mutafakkir olimlar va tashkilotlar “terrorchilik” haqida o’nlab ta’riflaraytgan bo’lib, ularning barchasi
“Siyosiy maqsadlarni ro’yobga chiqarish yo’lida qonuniy bo’lmagan kuch va tahdidni ishga solish” ta’rifida mushtarakdir.
Shunday olimlardan biri Jonatan Uayt,
Terrorchilikka oid mavzuga kirishishishdan avval (1991 -yil) uni siyosiy yo’nalishlar tarafidan tushunish bilan kifoyalanmasligimiz zarurligini uqtiradi. Chunki sosiologiya fani bu mavzuga kata e’tibor bermoqda va terrorchilik tushunchasining yagona ta’rifi yo’q ekanini ta’kidlamoqda.
Shuning uchun ham Jonatan Uayt terrorchilikni turli ta’riflarni o’z ichiga olgan o’lchovlar bilan ta’riflash kerak, deb taklif qiladi:
terrorchilikning oddiy va sodda ta’rifi. Ya’ni,
“xavf tug’dirish va yo’nalishni o’zgartirish maqsadidagi zo’ravonlik va tahdid”;
terrorchilik ta’rifi uchun qonuniy qolip-o’lchov. Ya’ni, “terrorchilik – qonunni poymol qiladigan va davlat tarafidan jazolashni taqozo etadigan jinoiy zo’ravonlik”;
terrorchilikning tahliliy ta’rifi. Ya’ni,
har bir terrorchilik ortida turgan muayyan ijtimoiy va siyosiy omillar;
davlatning terrorchilikni himoya qilishi ta’rifi. Ya’ni,
ayrim guruhlarning ayrim davlatlar panohida boshqa davlatlarga hujum qilish uchun terrorchilik qilishlari;
davlat terrorchiligi uslubi. Ya’ni,
davlat hukumatining o’z fuqarolariga nisbatan terrorchilik foliyatida bo’lishi. (Isroil bunga yaqqol misol bo’la oladi).
Xalqaro terrorchilikning yoyilishiga yordamchi bo’lgan bu omillardan tashqari, hozirda yangi omillar ham paydo bo’lganki, ular terrorchilikning xalqaro xatarlarini yanada oshiradi. Masalan:
ko’plab davlat va hukumatlarning xalqaro terrorchilik uyushmalari bilan hamkorlik qilishi, xalqaro terrorchilik uyalari va tizimining saraton kasalligidek yopirilishi, bu uyushmalarning yangi va rivojlangan telekommunikasiya tizimidan ma’lumotlar to’plash uchun ustalik bilan foydalanishi hamda taraqqiy topgani lmiy jihozlar bilan ta’minlanishi kabi. Bu uyushmalarning barchasi g’arb terrorchilik uyushmalari bo’lib, ularning a’zolari Islomdiniga mansub emasdir.
Bugungi kunda yurtboshimiz tashabbuslari bilan, mustaqil
O`zbekistonimizda olib borilayotgan ishlar samarasi o`laroq, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo. Davlatimizda yuqorida qayd etilgan terroristik tashkilotlarni tuzish, tashkil etish va ularga amaliy va moddiy yordam ko`rsatish qat`iyan man etiladi. Bu haqda bosh qomusimiz Konstitusiyamizda ham belgilab qo`yilgan.“Konstitutsiyaviy tuzumni zo`rlik bilan o`zgartirishni maqsad qilib qo`yuvchi, davlatning suverenetiga tahdid soluvchi noqonuniy tashkilotlarni tuzish man etiladi”,- 57-modda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch”
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
www.google.uz
www.google.com.
www.lex.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |