likning notekis qizdirilgan gorizontal qatlamida yacheykali struktu-
ralarning, turbalentlikni, uyurmalilarning va h.k. yuzaga kelishi.
Kuchli nomuvozanat ochiq sistemalarda qaytmas jarayon-
larda, umuman, hamma hodisalarda tartiblashgan struktura-
larning yuzaga kelishi katta guruhdagi molekulalarning birga-
likdagi (kooperativ) harakatidir. Nemis olimi G.Xaken shunday
o‘zi tashkillashgan jarayonlar uchun «sinergetika» (grekcha
synergia - birgalikda yoki kooperativ ta’sir) atamasini taklif qildi.
Sinergetikaning fizikaviy tabiati shundan iboratki, muvoza
nat holatdan uzoqda, nochiziqli sohada sistema barqarorlikni
yo'qotadi va kichik fluktuatsiyalar yangi tartibga (rejimga) -
ko‘p zarralarning birgalikdagi harakatiga olib keladi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |